1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


Trend  — narxlar o‘zgarayotgan yo‘nalish.  Venchur korxonalar



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   206
M.A.

Trend 
— narxlar o‘zgarayotgan yo‘nalish. 
Venchur korxonalar
— jumladan, yirik firmalar buyurtmalari va davlat subkontraktlari bo‘yicha 
ilmiy tadqiqotlar, muhandislik ishlanmalari, yangiliklar yaratish va joriy etish bilan shugullanuvchi 
tashkilotlar (korxonalar, muassasalar). 
Xalqaro marketing
— firmalar, kompaniyalar, korxonalar va davlat tomonidan qo‘llanadigan bir 
vosita. Jahon bozorlariga chiqishda tashqi muhitni tadqiq qilish, konkret bozorni aniqlash va 
belgilab olish, unga kirish uslubini va marketing rejasini ishlab chiqish, xalqaro bozorda axborotlar 
ta’minoti va raqobat muhitini o‘rganish kabi muammolar yechimini topishga qaratilgan bo‘ladi. 
Xalqaro marketing muhiti
— jahon bozoridagi o‘zgarishlar maydonini, aniqrog‘i, iqtisodiy, 
siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-madaniy omillar va boshqalarda namoyon bo‘luvchi mamlakatning tashqi 
marketing muhitini ifodalovchi termin. 
Xizmatlar marketingi
— xizmat ko‘rsatish doirasida marketing tovarlar ijarasi, ularni ta’mirlash 
yoki o‘zgartirish va shaxsiy xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Obyektiv jihatdan ba’zida tovarlar va 
xizmatlar farqlanishi qiyin kechadi, umuman olganda, xizmatlarning to‘rt xil xarakteristikasi 
mavjud: payqay olmaslik, saqlashga qobiliyatsizligi, xizmat ko‘rsatuvchidan ajratib bo‘lmasligi va 
sifat jihatdan o‘zgaruvchanligi. 
Yagona ulgurji narx
— sanoat mahsulotlari bir xildagi turlariga — ishlab chiqarish vositalari va 
iste’mol predmetlariga alohida korxonalar, bitta mintaqa, bozordan qat’iy nazar tayinlangan ulgurji 
baho. 
Yalpi milliy mahsulot 
— ma’lum bir muddat (odatda, bir yil) ichida mamlakatda ishlab chiqarilgan 


mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy qiymati. 
G‘oyalar marketingi (ingl. creative marketig) — 
o‘zaro bir-birini tushunishga, dunyoqarashi, 
e’tiqodini o‘zgartirish, istalgan reaksiya va xulq-atvorga undash maqsadida kompaniya tomonidan 
g‘oyalar ishlab chiqilishi va maqsadli auditoriyaga taklif etilishi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin