4. Xulosa Xalqaro marketing sohasida Evropa marketing jamiyati (ESOMAR), Xalqaro marketing federasiyasi (IFM), shuningdek, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan Amerika marketing assosiasiyasi (American Marketing Association – AMA) kabi xalqaro tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Xalqaro marketing ko‘pincha mamlakatlar chegarasidan tashqaridagi tovar va xizmatlar marketingi yoki mahsulot va xizmatlarni ikki yoki undan ortiq mamlakatda ishlab chiqaruvchi va taqsimlovchi xalqaro kompaniya tomonidan amalga oshiriluvchi marketing sifatida ta’riflanadi. Xalqaro marketing konsepsiyasining mazmuni va uning rivojlanish yo‘nalishlari tovar va xizmatlar jahon bozori bilan aloqasi xarakteri va kengligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu aloqalarni quyidagilar yordamida tavsiflash mumkin:
Korxona mahsulot eksportchisi ham, importchisi ham bo‘lmaydi va xalqaro mehnat taqsimotining boshqa hech qanday shakllarida ishtirok etmaydi.
Korxona vaqti-vaqti bilan tayyor mahsulotlarni eksport qiladi hamda chet eldan tovar va xizmatlarni import qiladi.
Korxona xalqaro mehnat taqsimotida import materiallar yoki tarkibiy qismlar, nou-xauni iste’mol qilish orqali ishtirok etadi yoki aksincha, u etkazib beruvchi material va yarim tayor mahsulotlar yakuniy mahsulot tarkibida eksport qilinadi.
5. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Багиев Г.Л., Тарасевич В.М., Анн Х. Маркетинг: Учебник для вузов. 3-е изд. /Под общ.ред. Г.Л. Багиева – СПб.: Питер, 2006.
2. Панкрухин А.П. Маркетинг: учеб. Для студентов, обучающихся по специальности «Маркетинг» /А.П. Панкрухин; Гильдия маркетологов.-4-е изд., стер.-М.: Омега-Л, 2006.
3. Романов А.Н. Маркетинг, учебник. М.: ЮНИТИ, 2005.
4. Qosimova M.S., Ergashxo’jaeva Sh.J., Abduxalilova L.T., Muxitdinova U.S., Yuldashev M.M. Strategik marketing. O’quv qo’llanma. -T.: O’kituvchi, 2004.
1 Кревин, Дэвид, В. Стратегический маркетинг, 6-е изд. – М.: «Вильямс», 2018. 512 с.