1-ma’ruza: 1-mavzu: Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja


Ekologiyaning qishloq xoʻjaligida



Yüklə 100,5 Kb.
səhifə5/5
tarix13.09.2023
ölçüsü100,5 Kb.
#143178
1   2   3   4   5
1-ma\'ruza ekologiya

4. Ekologiyaning qishloq xoʻjaligida va inson hayotidagi ahamiyati
Ekologiyani oʻrganishning ikki aspekti (tomoni) bor. Birinchisi, ta­biiy muhitni faqat bilish uchun (undan foydalanish uchun emas) oʻrganish. Ikkinchisi, tashqi muhit toʻgʻrisidagi toʻplangan ekologik bi­limlarni tashqi muhit bilan bogʻlangan u yoki bu muammolarni yechishga qaratish va ularni yechish. Ekologiyaning bu ikki aspekti bir vaqtning oʻzida taraqqiy etib borgan. Tabiat hodisalarini tushunti­rishda fizika va kimyo fanlarining qonuniyatlaridan foydalanib ke­linmoqda. Masa­lan, choʻl zonasidagi ekinlarni sugʻorish jarayonini kuzatsak, bunda tu­proqdagi tuzlar tuproqning yuqorigi qatlamlaridan yuvilib ketmaydi, aksincha kuchli bugʻlanish natija­sida suv yuqoriga koʻtarilib, tuzlar tu­proqning yuza qatlamida toʻplanib qoladi, demak, kimyo va fizika fanining umumiy qonunlariga asoslanib aytish mumkinki, irrigatsiya notoʻgʻri tashkil qilingan koʻpchilik vaqtlarda choʻl zonasi tuproqlarni soʻzsiz shoʻrlantirishga olib kelishi mumkin.
Populyasiyalar ekologiyasini matematik usullar bilan oʻrganish shuni koʻrsatadiki, yirtqichlar individlari koʻpayib ketganda populyatsiyadagi individlar soni qisqarib ketadi. Shuning uchun u yoki bu yov­voyi hay­vonlar ustidan ov qilinganda eng intensiv ov qilish u yoki bu yovvoyi hayvon populyatsiyasi individlar soni eng past dara­jada qoldirish va bu qoldirilgan individlarning intensiv koʻpayishi uchun ozuqa yetarli da­rajada saqlanib qolishi lozim.
Intensiv ov qilishni tartibga solib turish lozim. Ov qilinadigan xoʻjaliklarda, ularning samaradorligini oshirib tu­rish uchun ov qilish muddatlari, ov qilishning kunlik meʼyorini, qurol ishlatish va hattoki litsenziya qiymatlarini ham tartibga so­lib turish lozim.
Koʻpincha ekologiyaga maslahat tariqasida kamdan-kam murojaat qili­shadilar. Vaholanki, koʻpchilik xoʻjalik va boshqa ishlar ekolo­giyasiz hal boʻlishi qiyin. Masalan, seleksionerlar bir necha yillar seleksion ish­lar olib borishlari natijasida har xil kasalliklarga va zararkunanda­larga chidamli navlarni yetishtirishga harakat qiladilar. Biroq ular se­leksion ishlar bilan bir qatorda hayoliga keltirmasdan shu yangi yaratila­yotgan navlarga moslashgan hasharotlar, viruslar va zambu­rugʻlarning yangi liniyalarini ham tanlab boradi­lar. Natijada yaratil­gan "ideal" nav ka­sallanadigan boʻlib qoladi.
Sugʻorish va gerbisidlarni ishlatish oʻsimlikning hosildorligini, zararkunandalarga chidamlilik xususiyatlarini oshirishi mumkin, xuddi shunday boʻladi ham. Biroq shu tadbirlarga ajratilgan kimyoviy moddalar va irrigatsiya ishlari uchun ketgan xa­rajatlar oʻzini qoplamasligi ham mumkin. Masalan, qachonlardir Kosta-Rikada gʻoʻzani introduksiya qilib oʻstira boshladilar. Birinchi vaqtlarda bu davlatda paxtachilik gullab yashnadi. Lekin, bu yerda ham boshqa davlatlardagidek paxtaga hasharotlar bora-bora koʻproq zarar keltira boshladi. Avval kamroq miqdorda ishla­tilgan kimyoviy moddalar hasharotlarni zararsizlan­tirgan boʻlsada, keyinchalik hasharotlar bu xil kimyoviy moddalarga moslasha boshladilar va ularga qarshi kuchli va koʻp miqdorda ishlatil­gan moddalar ishlatila bosh­landi. Shundan keyin, pestisidlarga ket­gan xarajat paxtadan keladigan da­romaddan oshib ketdi va bu Kosta-Rikada paxta yetishtirishga chek qoʻydi. Tabiiy jamoalarning yemiri­lishiga sababchi boʻlgan in­sonning salbiy taʼsirini quyidagi misolda ham koʻrish mumkin. Ka­liforniyaning chiroyli oromgoh manzaralarida Klir-Leyk koʻli boʻlib uzunligi 30 km ga teng. Qachonlardir bu koʻl baliq ovlaydigan, suv chanasi suzadigan va odam­lar dam oladigan oromgoh boʻlgan. Bu davrda odamlar uchun tashvish so­luvchi kichik ikki qanotli pashshalar paydo boʻlgan. Ular odamlarni chaqmagan, faqat sham, chiroq yoqqanlarida, yorugʻlik atrofida toʻplanib yur­gan. Ikkinchi jahon urushi tugagunga qadar ham bu pashshaga qarshi kura­shishning samara­dor usuli yoʻq edi. Faqat DDD va DDT olingandan soʻng 1949 yilda koʻl shu pestisidlar (0,02 %) bilan qayta ishlandi. Na­tijada keyingi 2-3 yil mo­baynida pashshalar deyarli yoʻqoldi. Koʻl atro­fida turning juda kam­dan-kam individlari qolgan edi. Biroq 1951 yil­dan soʻng pashshalar soni yana koʻpaya boshladi va 1954 yilda koʻl DDD bi­lan qaytadan ish­landi va natijada pashshalar yana kamaydi. Biroz vaqt oʻtgandan keyin, suvda suzib yuruvchi qushlar pestisidlardan zararla­nib oʻla boshladi. Bunga koʻpchilik eʼtibor ham berishmadi. DDD bi­lan qayta ishlangan­dan soʻng, pashshalar populyatsiyasi birinchi ishlov­dan ham koʻproq tik­lana boshlandi va 1957 yilda qilingan uchinchi qayta ishlash samarasi juda kam boʻldi. Shundan keyin pashshalar DDD ga nisbatan moslashib, chidamli boʻlib qolganliklari toʻgʻrisida olimlarda tushuncha paydo boʻla boshladi. Suvda suzib yuruvchi qushlar oʻlimi koʻpayib ketdi va oʻlgan qushlarni ekspertiza qilganda bu pes­tisidlarning taʼsiri ekan­ligi maʼlum boʻldi. Bu tadbir DDD ga chi­damli pashshalar liniyala­rini hosil qilishga, suvda suzib yuruvchi qushlar populyatsiyasining qisqarishiga va suvdagi baliqlar hayotiga xavf tugʻdirishiga olib keldi. Bu tadbir tarafdorlari pashshalar populyatsiyasining zaharli pestisid­larga nisbatan chidamli boʻlib qolishlik xususiyatini, DDD qol­diqlarining hayvon organizmida toʻplanib, ozuqa zanjiri orqali bir oʻljadan ikkinchisiga oʻtib ke­tish holatlarini eʼtiborga olishmagan boʻlsalar ajab emas.
Shu sababli hayotni, shu jumladan inson hayotini saqlab qolish uchun muhim boʻlgan ekologiyaning asosiy prinsiplarini aniqlash va ularni joriy qilish bizning vazifamizdir.


Muhokama savollari



  1. Ekologiya fani nimani oʻrgatadi va u qachon paydo boʻlgan?

  2. Ekologiyaning rivojlanishida qanday bosqichlar mavjud boʻlgan?

  3. Ekologiyaning qanday boʻlimlarini bilasiz va ularning vazifala­rini ayting.

  4. Ekologiya obektini oʻrganishning qanday usullari mavjud?

  5. Ekologiyaning qishloq xoʻjaligida va inson hayotidagi ahamiyatini yoritib bering.

Yüklə 100,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin