1-Maruza. Axborot texnologiyalarining ta’limdagi o‘rni. Oficce dasturlaridan foydalanishda gipertexnologiyalarni qo‘llash. Matnli va jadval axborotlarni qayta ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix27.01.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#81111
  1   2   3   4   5   6   7   8
1-Ma’ruza.



1-Maruza.Axborot texnologiyalarining ta’limdagi o‘rni. Oficce 
dasturlaridan foydalanishda gipertexnologiyalarni qo‘llash. Matnli va jadval 
axborotlarni qayta ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari. Ta’lim 
jarayonida axborotlarni taqdim etish usullari. Taqdimotlarga qo‘yiladigan 
texnik va estetik talablar. Ta’lim muassasalarda ma’lumotlar bazasi va banki 
tushunchasi. 
Reja 
1. Taʼlimda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
2. Zаmоnаviy ахbоrоt tехnоlоgiyаlаrining tа’lim jаrаyonlаrigа jоriy etilishi: 
3. Taqdimotlarga qo‘yiladigan texnik va estetik talablar 
Tayanch iboralar: axborot texnologiyalari, kompyuter, operatsion tizimlar, 
tarmoqlar, pedagogik dasturiy vositalar, Virtual borliq 
Bugungi kunda kompyuter texnologiyalari ta’lim tizimiga innovatsion 
texnologiyalarning zamonaviy metodlarini, usullarini va dasturiy vositalarini tatbiq 
etish bo’yicha yanada kengroq imkoniyatlarni yaratib berdi. Uzluksiz ta’lim tizimida 
bu imkoniyatlardan samarali foydalanish o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berishning 
murakkab vazifalarini hal etish o’qituvchilarning bilimi, malakasi, kasbiy mahorati, 
iqtidori, iste’dodi va madaniyatiga hamda dars jarayonida yangi pedagogik va 
axborot texnologiyalaridan foydalana olish faolligiga bog’liqdir. Shuning uchun 
ham bugungi kunda respublikamizda yangi zamonaviy ta’lim texnologiyalari tizimi 
yaratilib, uning asosiy vazifasi ta’lim tizimidagi ta’lim mazmuni uzluksizligi va 
uzviyligini ta’minlash, fanlarni o’qitish uslubiyatini takomillashtirish, o’quv 
jarayoniga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishdan iborat 
bo’ladi. Bugungi kunda barcha ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan barcha 
o’quvchilar kompyuter va axborot texnologiyalarini mukammal o’rgangan, 
o’zlashtirgan va amaliyotga tatbiq eta oladigan bo’lishi dolzarb masalalardan biriga 
aylanmoqda. Ayniqsa, dars jarayonida fanlarni bir-biri bilan bog’lab o’tish, o’tilgan 
mavzuni osonroq tushunishga va ularni o’zlashtirishga olib keladi. Fan sohasining 
har qanday yangiligi, loyihasi va ishlab chiqarish tarmog’i murakkab matematik 
hisoblashlarsiz amalga oshirilmaydi. Bunday hisoblashlarni yengillashtirish 
maqsadida ko’plab zamonaviy va universal integrallashgan tizimlar, ya’ni amaliy 
dasturlar paketi yaratilmoqda. Amaliy dasturlar paketi amaliy va tizimli dasturlar 
bilan birgalikda foydalanish orqali kompyuterlarning amaliy darajasini oshirishga 
qaratilgan dasturiy ishlanmalarning keng doirasini o’z ichiga oladi. Ana shunday 
zamonaviy dasturlar majmuasidan foydalanish ko’nik-malarini shakllantirish uchun 
matematika darslarini tashkil etishda ular bilan ko’proq muloqot qilish kerak bo’ladi. 
Darslarini axborot texnologiyalari yordamida tashkil etish etish, bir tomondan dars 
sifati va samaradorligini oshirsa, ikkinchi tomondan o’quvchilarda shu vositalarni 


chuqur o’rganish bilim va ko’nikmalarini hosil qiladi. Axborot va kompyuter 
texnologiyalari atamalari kundalik turmushda eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar 
desak mubolog’a bo’lmaydi. Chunki hayotning qaysi sohasini olmaylik, qanday 
amallarni bajarmaylik, albatta, axborotlar bilan ish ko’ramiz. Ya’ni axborotlardan 
foydalanish, axborot almashish, ularni uzatish, o’zlashtirish inson faoliyatining 
asosiy negizini tashkil etadi. Umuman olganda, axborot texnologiyasi jamiyatning 
jadal rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim omildir. Axborot texnologiyasi 
insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo’lsa-da, hozirgi 
zamon axborotlashgan jamiyatning o’ziga hos xususiyati shundaki, sivilizatsiya 
tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch 
– energiya, xom – ashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan 
harajatlardan ustunlik qilmoqda, yani axborot texnologiyalari mavjud yangi 
texnologiyalar orasida yetakchi o’rinni egallamoqda. Ta'lim bizning hayotimiz 
uchun nima qiladi? Har qanday o'zgarish keltiradimi? Yoki hayotning har xil 
turlarini olib keladi? Dunyoda ta'limning jiddiy va ta'sirchan ta'siri bormi? Bu 
savollarga javob berish bizni yanada aniq va amaliy yondashishga olib keladi. Ta'lim 
nafaqat bizning hayotimizga, balki jamiyatimizga ham katta o'zgarishlarga olib 
keladi. Yangi texnologiyalarni joriy etish va ta'limni tarqatish modellari vaqt, joy, 
ishonchlilik, almashish va bilimlarni yaratish (ta'limning eng muhim ustuvorligi) 
nuqtai nazaridan ta'limning ko'plab jihatlarini aks ettirishimizga, qayta ishlash va 
ko'rib chiqishga imkon beradi. Shunday qilib, ta'limda axborot texnologiyalarini 
qo'shish, ko'proq o'quvchilar ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Yuqorida keltirilgan uchta so'z 
bitta tushunchaga o'xshash bo'lishi mumkin, ammo bu to'g'ri emas. Uning orqasida 
yashirin tushunchalar bir xil, lekin ikkita atama birlashtirilgan. Ta'lim va axborot 
texnologiyalari uzviy bir-biriga bog’liq tushunchalardir. Ta'lim sohasining asosiy 
qismiga aylanib borayotgan axborot texnologiyalari izchil ravishda sezilarli 
o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ta'lim sohasidagi axborot texnologiyalarining 
qo’llanilishi, barqaror o'zgarishlar dunyoda hayotga mazmunli ta'sir ko'rsatdi. Yangi 
texnologiyalarning paydo bo'lishi barcha an'anaviy ta'lim, ta'lim va tarbiya usullarini 
ishga solidi, o'quv dasturlarining barcha sohalariga katta ta'sir o'tkazadigan 
ishlarning eng muhim qismi hisoblanadi. Ishda, uyda va ta'lim muassasalarida 
axborotga bo'lgan yaqin munosabat bilan tezkor muloqot qilish ta'limning hayotiy 
faoliyatga aylanishini anglatadi. Ta'lim - bu davom etadigan jarayon, shuning uchun 
dunyoning har qanday burchagida istalgan vaqtda amalga oshiradigan odamlar 
ehtiyojiga aylanadi. Ta'lim sohasidagi axborot texnologiyalarining rivojlanishi uzoq 
vaqt davom etadigan hodisadir. Ta'lim, muayyan shaklda, turli xil o'quvchilarning 
ehtiyojlari bilan bog'lanishiga bog'liq va axborot texnologiyalari istalgan ehtiyojni 
qondirish uchun juda muhimdir. Multimediali vositalar - rejalashtirish, audio va 
vizual ta`lim, materiallarni va asboblarni ishlab chiqarish, ovozni o`z ichiga olgan 
holda, ta'lim maqsadlariga ko`maklashish. Audio va vizual ta'limning rivojlanishi 
nafaqat texnologiyani, balki ta'lim nazariyasini ham aks ettiradi. Innovatsion 


kommunikatsiya texnologiyalari va ta'lim muassasalariga bo'lgan ortiqcha talabning 
o'zgarishi, o'quvchilar o'z uylariga o'qish va boshqa xarajatlarni kamaytirishga 
yordam berishi, masofadan o'rganish har bir o'quvchiga(geografik uzoqlik, 
individual nogironlik, oilaviy sharoit) kirish imkoniyatini kengaytirishi bilan birga 
ta'lim sohasidagi axborot texnologiyalari savodxonligini oshirishga xizmat qiladi. 
Shu bilan birga jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmushi 
darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishiga, iqtisodning 
o’sishi hamda fan – texnika taraqqiyotining jadallashishiga xizmat qiladi. Jamiyatni 
axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yo’nalishga ajratish mumkin: - mehnat, 
texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avtomatlashtirish; - 
ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini axborotlashtirish; - 
tashkiliy – iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish; - aholiga xizmat ko’rsatish 
sohasini axbomatlashtirish; 
- ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini 
axborotlashtirish. Har qanday fan borliqning ba’zi tushunchalarini umumlashgan, 
bir-biriga bog’langan holda o’rganadi. Masalan, fanlarni o’qitishda turli usul va 
uslublardan foydalaniladi. O’qitishning asosini nazariy bilim va o’zlashtirilgan 
bilimni amaliyotda tekshirish tashkil etadi. Har ikkala holda ham materialni 
o’zlashtirishda ma’lum darajadagi axborotlar majmui o’quvchilar ongiga 
yetkaziladi. Bilim olishda, yani ma’lum turdagi axborotlarni o’zlashtishda 
kompyuter tizimining yordami benihoya kattadir. Axborot qanday ko’rinishda 
ifodalanishdan qat’iy nazar, uni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va foydalanishda 
kompyuter texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi: Birinchidan, o’qitishda yangi 
axborot texnologiyalaridan foydalanish standart (an’anaviy) tizimga nisbatan o’quv 
jarayonini jadallashtirib, o’quvchida ilmga qiziqishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini 
o’stiradi, bilim berishga differensial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, 
mustahkamlash va nazorat qilishni yengillashtiradi, o’quvchini o’quv jarayonining 
subyektiga aylantiradi. Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim – 
tarbiya jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin bo’ladi: - muayyan 
predmetlarni o’qitishda kompyuter darslari; - kompyuter darslari – ko’rgazmali 
material sifatida; - o’quvchilarning guruhli va frontal ishlarini tashkillashtirishda; - 
o’quvchilarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda; - o’quvchilarning o’qishdan 
bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil qilish masalalarini hal etishda va h. k. Umumta’lim 
maktablarida fanlarni o’rganish jarayonida zamonaviy kompyuter va axborot 
texnologiyalari vositalari bilan bevosita muloqot qilishda o’quvchilar kompyuter 
texnologiyalardan kelgusida o’zining amaliy faoliyatida undan foydalanish 
imkoniga ega bo’ladilar. Shu bilan birga o’quvchilarda yangi axborot 
texnologiyalari va ularning dasturiy vositalariga bo’lgan qiziqishi ancha sezilarli 
darajada ijobiy o’zgaradi. Bu esa o’z navbatida o’quvchilarning nafaqat 
o’qitiladigan fanlar bo’yicha, balki kompyuter va axborot texnologiyalari bo’yicha 
ham yetarlicha chuqur bilimga ega bo’lishlariga imkon yaratadi. 



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin