1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə16/56
tarix05.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#173184
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56
1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari

3.Hammuhtojlik fenomeni
Zamonaviy nuqtai nazarlarga muvofiq oila nafaqat tobe axloqning sodir bo’lishida, balki quvvatlanishida ham ahamiyatli rol o’ynaydi. Qarindoshlarning o’zlari garchi real tarzda azoblansalar-da, ko’pincha addiktni ko’tarilishga qo’zg`aydigan turlicha psixologik muammolarga ega bo’lishlari mumkin. Addiktning qarindoshlaridan oila a`zolaridan kimdir addiktiv axloqni uzoq muddat saqlagan holda, birinchi navbatda, jiddiy muammolar paydo bo’ladi va hammuhtojlik holati rivojlanadi. Hammuhtojlik tushunchasi ostida shaxsdagi salbiy o’zgarishlar va oila a`zolaridan kimningdir tobe axloqi oqibati tushuniladi [2, 17]. Qarindoshlarning psixologik holatida aniq ko’rinuvchi jarohatli o’zgarishni qo’zg`atuvchi oilaning tobe a`zosi va qarindoshlari (ko’pincha ota-onasi) o’rtasidagi o’zaro munosabatlar nazarda tutiladi. Bu nafaqat oiladagi janjalli vaziyatni samarali hal qilishga, balki tobelikni engish jarayoniga ham to’sqinlik qiladi. Hammuhtojlik muhtojlikni qo’llab-quvvatlaydi. SHunday qilib, hammuhtojlik – bu oilaviy psixologik muammolarning yopiq doirasidir.
Masalan, giyohlarga tobe bo’lib qolgan o’smirlarning ota-onalari giyohlarni iste`mol qilish jarayoniga tortilgan bo’lishi mumkin. Ularning barcha oilaviy hayoti bolaning giyohlarni qabul qilish tsikli atrofida aylanadi. Oila miflar, o’zaro navbatma-navbat va`dalar va illyuziyalar bilan yashaydi. Navbatdagi ko’tarilishdan keyin o’smir samimiy afsuslanadi. U o’z gunohini silliqlashga tayyor va oliyhimmat va`dalar beradi. Ota-onalar evaziga “zaif” o’smirlar bilan yaqinlik hissiyoti va umidni olgan holda eng dahshatlisi ortda qoldi deya o’zlarini qayta va qayta aldashga tayyordirlar.
Bog`lanib qolish muammosi bilan to’qnash kelganda oila juda turli-tuman oilaviy miflar, proektsiya, muammoni inkor etish, yolg`izlikni kuchaytiruvchi muammo haqida indamaslik va boshqa muhofaza tizimlarini quradi. Qarindoshlari o’zlari anglamagan holda addiktni ko’tarilishga itaradilar. “Iste`mol qilmagan” muddatda oilada asta-sekin zo’riqish, xavotir o’sadi, shubha va gumonlar kuchayadi. Nihoyat, zo’riqish shunday yuqori bo’ladiki, kimdir chiday olmaydi – ko’tarilishni anglatuvchi janjal chiqaradi. Hammasi qayta takrorlanadi.
Paradoksal tarzda, biroq addiktsiya oilani mutelik ob`ekti bilan kurashda jipslashtiradi, u yaqinlik illyuziyasini beradi.
Oila a`zolari yotoqxonada turganday yashaydilar. Ularda faqat bitta umumiy masala mavjud – uydan axlatni chiqarib tashlamaslik.
Munosabatlar tipidan qat`i nazar hammuhtoj oilalar a`zolarining o’zlarini his qilishlari yomonlashadi. Oila a`zolari quyidagi o’zgarishlarga duch qilinadi:
– shaxsiylik yo’qoladi, iste`molga fiksatsiya sodir bo’ladi;
– addiktning axloqi oilaning boshqa a`zolarining hissiy holatini to’liq belgilaydi;
– shiddatlilik,aybdorlik, umidsizlik affektlari ustunlik qiladi;
– o’z-o’zini baholash va o’z-o’zini hurmatlash keskin pasayadi, masalan “biz yomonmiz, biz hamma narsada aybdormiz” hissiyoti keladi;
– yolg`on turi kuchayadi: qurbon («nima uchun menga shunday qiynoqlar»), qutqaruvchi («men uni menga nima bo’lishidan qat`i nazar qutqaraman»);
– hissiy meros bo’lib qolish va apa­tiya holati his qilinadi; yolg`izlanish boshlanadi;
– surunkali stress fonida hech so’zsiz salomatlik yomonlashadi: somatik kasalliklar zo’rayadi, ruhiy azoblanish holati rivojlanadi.
Ruhiy azoblanish holati nafaqat ishga qobiliyatni pasaytirishi bilan, balki o’zini his qilishni yomonlashtirishi bilan ham xavflidir. Ruhiy azoblanish holati suitsidal axloqni uyg`otadi. SHunday qilib, tobe axloq muammosi oilaviy buzilishgacha kengayadi.



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin