4.Antiijtimoiy shaxs Yuqorida ko’rib chiqilgan ichki va tashqi sharoitlar delinkvent axloqning shakllanishiga imkon beradi. Ayni damda, qonunbuzarlikni yoritib, ko’pchilik mualliflar delinkvent axloqning paydo bo’lishida shaxsantiijtimoiy yo’nalganligining hal qiluvchi roli haqidagi xulosaga yonbosadilar. Gap qonunga qarshi axloqning bevosita sababi bo’lib chiquvchi maxsus motivatsiya haqida boradi. V.N.Kudryavtsev [11] shaxsning antijamoatchilik orientatsiyasi to’g`risida so’zlaydi. Boshqa mualliflar o’xshash atamalardan foydalanadilar: shaxsning kriminogenli deformatsiyasi, antijamoatchilik ko’rsatmalari, antiijtimoiy yo’nalganlik, qonunga qarshi motivatsiya. Ushbu atamalar shaxsning birmuncha turg`un va ustun bo’lgan sabablar – ichki ishonch istagi, ehtiyoj, ko’rsatmalar, qadriyatlar, manfaatlar va .... e`tiqod tizimini belgilaydi.
A.I.Dolgova [5] o’smirlar misolida shaxs deformatsiyasining zo’ravon va g`arazli tiplarini ajratadi. Zo’ravonlik tipida o’z-o’zini tasdiqlashga intilish, o’zini kuchli, haqiqatgo’y, har doim yordamga tayyor mehribon natura deb tasavvur etish xohishi mavjud. Biroq haqiqatgo’ylik haqidagi tasavvur bunday shaxslarda noto’g`ri, ish mohiyati bo’yicha ularning axloqi jinoyatchining axloqi hisoblanadi. Ular uchun guruhli egoizm, norasmiy guruhlarga zich bog`langanlik, shafqatsizlik, kuchga ibodat qilish, o’z axloqining to’g`riligiga ishonch tipikdir. G`arazli tip uchun guruhli emas, individual egoizm xarakterli. Uning vakillarida qadriyatli orientatsiya ancha nuqsonli, ular o’z harakatlarining qonunga qarshi xarakterini to’la anglaydilar. Bunday o’smirlarni sirlilik, axloqsizlik, g`arazli ko’rsatmalarning mavjudligi, anchagina chuqur ijtimoiy qarovsizlikni farqlaydi. Amaliyotning kattagina qismida ko’rsatilgan tiplarning kombinatsiyasi bilan ish olib borishga to’g`ri keladi.
N.F.Kuznetsova [5] katta odamlarning qonunga bo’ysunishining motivatsiyasini aniqlash maqsadida so’rovnoma o’tkazdi (1984). So’ralganlar orasida 52,3 foizi qonun va tartibning foydaliligiga o’z ishonchlarini; 27,4 foizi – qonunga amal qilish odatini ta`kidladilar. YAkka javoblar (4 tadan 1,5 foizgacha) – boshqalar namunasining ta`siri, atrofdagilarning ishonchini yo’qotish qo’rquvi, shaxsiy hisob-kitob, muhokamadan qochish istagi. Faqat 0,9 % respondentlar qonunga bo’ysunishning sababi sifatida jazodan qo’rqish ekanini ta`kidlaganlar. YOshlarda jazodan qo’rqish hiyla ifodalangan: 7 foiz so’ralganlar shu sababni aytganlar. Biroq umuman olganda jazodan qo’rqish jinoyat sodir etishga qarshilik qilmaydi. Tadqiqotlar ma`lumotlari bo’yicha 2 mingta maxkumlardan faqat 4 foiz respondentlargina jinoyat sodir etayotib uning ortidagi jazo haqida o’ylanganlar. Ushbu tadqiqotlarning ko’rsatishicha, jinoyatchilarda qonunga bo’ysunish me`yoriy odamlarnikiga qaraganda 5-9 marta past.
Rejissyor Lyuk Bessonning “Leon” (1996) filmida delinkvent axloqning ikkita motivatsion chiziqlarni qarama-qarshi qo’yadi.
Birinchi chiziq – “tozalovchi”, vijdonli kallakesar, boshidanoq tanlash imkoniyatidan maxrum bo’lgan Leon obrazida gavdalantirilgan. Italiyadan kelgan savodsiz emigrant Leon (Jan Reno) Amerikaga hech bir kasb va yashash uchun mablag`siz keladi. “Marhamatli qariya” Toni Leonga killerlik ishini topib berib, undan foydalangancha “yordamlashadi”. Leon yashashni istash va hayotni sevish nima ekanini bilmaydi. U shunchaki yolg`iz o’zi bu shafqatsiz hayotda yashaydi. U o’z ishini “faqat ayollar va bolalar emas” qat`iy tamoyilga rioya qilgan holda vijdonan bajaradi. Uning hayotida oilasini yo’qotgan Matilda ismli qizning tasodifan paydo bo’lishi Leonda insoniy mohiyatni – xayrixohlik, g`amxo’rlik, muhabbatni uyg`otadi. Leon o’zining yagona sevgisini himoya qilgancha asl qotillar bilan kurashda halok bo’ladi.
Ikkinchi chiziq qahramon Garri Oldman – giyohvand moddalar bilan kurash bo’yicha bo’limni boshqaruvchi psixopat-politsiyachi bilan taqdim etilgan. Hokimiyatni beruvchi o’tkir shaxsiy sifatlarga ega bo’lib, ulardan nozik jinoyatlarni sodir etishda foydalanadi. Bu, shubhasiz, delinkvent shaxsning yagona qonuni – qonunsizlikdir. Ko’p narsaga ega bo’lib, u faqat bitta narsadan – boshqa odamning yuzida o’lim qo’rquvining mushohadasidir