1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə14/56
tarix05.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#173184
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56
1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari

Takrorlash uchun savollar:

  1. SHaxsning qonunga zid axloqi bilan bog`liq asosiy tushunchalarni ochib bering.

  2. Delinkvent axloq va qonunbuzarlar tipining asosiy shakllarini sanab bering.

  3. Delinkvent axloqning ichki va tashki sharoitlarini sanang.

  4. Delikvent axloqni shakllanishiga ijtimoiy sharoitlarni ta`siri.



7-mavzu: Shaxs tobe axloqining tavsifnomasi. Shaxs tobe axloqining omillari


Reja:

  1. Tobe axloqning tavsifnomasi

  2. Shaxs tobe axloqning omillari

  3. Hammuhtojlik fenomeni

  4. Kimyoviy tobelik

  5. Ozuqaga tobelik

Tayanch tushunchalar: tobe axloq, tobelik, kimyoviy tobelik, ovqatga tobelik.
1. Tobe axloqning tavsifnomasi

Tobelik atamasi ostida keng ma`noda “kimgadir yoki lazzat olish yoxud moslashish maqsadida nimagadir suyanishga intilish” tushuniladi [20, 71-b.]. SHartli ravishda me`yoriy va o’ta bog`lanib qoltobelik haqida gapirish mumkin. Barcha odamlar havo, suv, ovqat kabi hayotiy muhim ob`ektlarga “me`yoriy” tobelikni his qiladilar. Ko’pchilik odamlar ota-onalari, do’stlari, turmush o’rtoqlariga sog`lom bog`lanib qolishni sezadilar. Ba`zi hollarda tobelikka me`yoriy munosabatning buzilishi kuzatiladi. Masalan, shaxsning autik, shizoid, antiijtimoiy buzilishi boshqa odamlarga fojiali tarzda etarlicha ko’ngil qo’ymaslik oqibatida yuzaga keladi.


O’ta tobelikka moyillik, aksincha, muammoli simbiotik munosabat yoki tobe axloqni tug`diradi. Kelgusida “bog`lanib qolish” atamasidan foydalanganda biz nimagadir o’ta bog`lanib qolishni nazarda tutamiz.
SHunday qilib, tobe axloq, shaxs tomonidan nimanidir yoki kimnidir suiiste`mol qilish bilan zich bog`liq bo’lganiday, uning ehtiyojlarini buzilishi bilan bog`liq. Maxsus adabiyotlarda ko’rib chiqilayotgan reallikning yana bir nomi qo’llanadi – addiktiv axloq. Ingliz tilidan tarjima qilganda addiction moyillik, halokatli odat. Agar bu tushunchaning tarixiy ildiziga murojaat qilsak, unda lotincha addictus – qarzi tufayli bog`langan shaxs (qarzi uchun qullikka hukm qilingan). Boshqacha aytganda, bu odam qandaydir engib bo’lmas hukmronlikdan chuqur qullik bog`lanib qolishga tushgan. “Addiktiv axloq” atamasining ba`zi afzalligi uning baynalminal transkriptsiyada, shuningdek, “addikta” yoki “addiktiv shaxs” kabi o’xshash odadmlar bilan shaxsning o’xshashlik imkoniyatidadir.
Real hayotda tobelikning shunday ob`ektlari tarqalgan: 1) psixofaol (qonuniy va noqonuniy giyohvand) moddalar; 2) spirtli ichimliklar (ko’pchilik tasniflarda birinchi guruhchaga taalluqli); 3) taom; 4) o’yinlar; 5) jinsiy aloqa; 6) din va diniy ibodatlar.
Sanab o’tilgan ob`ektlarga muvofiq tobe axloqning quyidagi shakllari ajratiladi:
– kimyoviy bog`liqlik (chekish, toksikomaniya, giyohga muxtojlik, dorilarga muxtojlik, ichkilikka bog`liqlik);
– ovqatlanish axloqining buzilishi (ko’p eyish, ochlik, taomdan voz kechish);
– gembling – o’yinga tobelik (kompyuterga bog`lanib qolish, azart o’yinlar);
– jinsiy addiktsiyalar (zoofiliya, fetishizm, pigmalionizm, transvestizm, eksbitsionizm, vuayerizm, nekrofiliya, sadomazo­xizm (glossariyga qarang));
– diniy destruktiv axloq (diniy fana­tlik, sektaga tortilish).

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin