1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari


Shaxs og`ishgan axloqining psixodiagnostikasi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə22/56
tarix05.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#173184
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56
1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari

2.Shaxs og`ishgan axloqining psixodiagnostikasi

Qattiqqo`llik – bir qarashda emotsional rad etishga o`xshaydi, lekin undan ochiqroq va og`irroqdir. Qattiqqo`llik to`g`ridan-to`g`ri bolani yoshligidan kaltaklash, haqorat qilish, kamsitish shaklida yoki bola ehtiyojlariga to`la befarqlik, uning bor-yo`qligini go`yoki sezmaslik kabi ko`rinishlarda bo`lishi mumkin. Ikkala holatda ham bola yoshligidan nima qilib bo`lsa-da, tezroq katta bo`lish, o`zi amallab tirikchiligini qilish, ota-ona tazyiqidan qutulishni o`ylab yashaydi. Bunday oilada bolani u yoki bu xulqi uchun jazolash odat tusiga kirib qoladi, bola qo`rqqanidan ota-ona hukmiga itoat etayotganligi, buning istiqbolda yomon asoratlari borligini kattalar bilmaydilar, bilsalar ham bu usul ular uchun samarali tuyuladi. Aybdorlik, aybga yarasha jazo kabi usullar bola xulq-atvorini boshqaruvchi psixologik omilga aylanadi, u ham kelajakda doimo aybdorlarni qidirishga o`rganib boradi.


Freyd nazariyasiga ko`ra, ana shunday jazoga hukm etilgan bola tobora agressiv bo`lib borib, o`zida alamni qaysidir bir ob'ektdan (o`zidan kichiklardan, begonalardan, hayvonlardan) olishga qasd qiladigan, qasoskor bo`lib o`sadi. Ma'lumotlarga ko`ra, Amerikada ko`cha bolalarining kamida 1%i oilada ayni shunday tarbiyaning qurbonidirlar. Amerikalik olim S.D.Sherrits (2003) oiladagi ana shu kabi qattiqqo`lliklarning bola va ota-ona xulq-atvoriga salbiy ta'sirini o`rganib, ularning xarakterida ro`y beradigan o`zgarishlarga to`xtalib o`tgan. Jismoniy jihatdan bolaga zug`um qilib, uni kaltaklash holatlari deyarli barcha ijtimoiy qatlam vakillariga xosdir.
Takrorlash uchun savollar:

  1. “Axloq” atamasining mazmunini ochib bering va inson axloqining asosiy tavsiyanomasini sanab o’ting.

  2. Og`ishgan xulq” tushunchasini ta`riflashning mezonlari qanday?

3.“SHaxsning moslashmaganligi” tushunchasining ahamiyatini ochib bering


10-mavzu: Shaxs og`ishgan axloqining preventsiyasi va interventsiyasi
Reja:

  1. SHaxs og`ishgan xulqiga ijtimoiy- psixologik ta`sir

  2. SHaxs og`ishgan xulqining psixologik interventsiyasi

  3. Og`ishgan axloqning turli shakllarida ijtimoiy-psixologik aralashuv strategiyalari.


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin