1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari


O’z-o’zini boshqarish usullarini sanab bering



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə30/56
tarix05.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#173184
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56
1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari

3.O’z-o’zini boshqarish usullarini sanab bering.

Birinchi ikki holatda ikkinchi qadamni amalga oshirish mumkin va maqsadga muvofiqdir – vaziyatni intellektual bilib olish. Maxsus savollar va aytilgan fikrlar yordamida vaziyatning istisnoligi tuyg`usini bartaraf etish zarur: “Bunday vaziyatlar ko’p uchraydi”. SHuningdek, hayotiy yo’l kontekstida dolzarb vaziyatlarni kiritish yordamida uning tasodifiyligi va engilmasligi tuyg`usini olib tashlash zarur. Kechinmaning o’tkirligini avvalgi yutuq va muvaffaqiyatlarni yig`ish yoki o’ylab ko’rishga vaqt borligini ta`kidlash yordamida kamaytirish mumkin. Suhbatning ushbu bosqichida aytilganlar mazmunini takrorlash, hissiyotlarni ifodalash va ajratish, suitsidal kechinmalarni verballash, hissiyotlar manbaini izlash (“Sizni nima aynan shunday bezovta qilyapti?”) kabi usullardan foydalaniladi.


Uchinchi qadam – shartnoma tuzish – patsient uchun birmuncha maqbul va kritik vaziyatni bartaraf etish uchun zaruriy harakatlarni rejalashtirish. Masalan, qaytarib bo’lmaydigan yo’qotishda patsient yangi ahamiyatli munosabatlarni o’rnata oladigan yaqin atrofdagilardan shaxs izlash mumkin. Bu bosqichda patsientga krizis mohiyati va ijobiy alternativ izlashdan ketishga to’sqinlik qilish muhim (“vaziyatga diqqatni qaratish” usuli). Asosiy usullar: izoh berish (vaziyatni hal qilishning ehtimolli usullari haqidagi gipotezalar); yaqqol aniq rejani loyihalashtirish va rasmiylashtirishga rag`bat; patsientning tashabbusini rag`batlantirish va o’rganish uchun zaruriy vaqtni berish maqsadida pauzani ushlab qolish (“ma`qullovchi sukunut”).
To’rtinchi qadam – faol psixologik ko’mak va o’z kuchiga ishonchning oshishi. Bu bosqichda etakchi usullar: mantiqiy asoslash, ishontirish, oqilona nasihat, shaxsiy imkoniyatlarni faollashtirish. Krizisli ishning yakunlovchi bosqichida kelgusida hayotiy qiyinchiliklarni engish uchun ushbu psixik jarohatlovchi vaziyatni qay tarzda bartaraf etish foydali bo’lishini muhokama qilish zarur.
Takrorlash uchun savollar:

  1. Hulqi og`ishgan bolalarning amaliyotchi psixologning faoliyati qanchalik samarali ta`siriga bog`liq.

  2. Hulqi og`ishgan bolalarning ota onalari bilan faoliyati qanchalik samarali ta`siriga bog`liq?

  3. O’spirinlik davrida oilaviy hayot borasidagi tasavvurlari faqat o’z o’zini baholash bilan bog`liq.

  4. Hulqi og`ishgan bolalarning ota onalari bilan psixodiagnostik ishlar nimadan iborat?




Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin