Tayanch tushunchalar: ota ota va amaliyotchi psixolog munosabati, o’spirinlik davri, 1. Hulqi og`ishgan bolalarning ota onalari bilan psixodiagnostik ishlar Har qanday o’smir guruhi sardor tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan o’z rituallari va miflariga ega. Masalan, guruhga a`zolik (yoki yangilarni sinash) rituallari keng tarqalgan. Guruhlarning ko’zni qamashtiruvchi “uniforma”si (umuman olganda o’smir fasonlari kabi) ham ritual xarakterini oladi. Rituallar guruhga mansublik tuyg`usini kuchaytiradi va o’smirga xavfsizlik hissini beradi, miflar esa uning hayotiy faoliyatini g`oyaviy asosi bo’ladi. Miflardan uning ichki guruhli va tashqi tajovuzni oqlash uchun foydalaniladi. Xullas, masalan, “guruhga a`zo bo’lmaganlarga” nisbatan har qanday kuch ishlatish ko’rinishlarini “ular sotqinlar... biz o’zimiznikilarni himoya qilishimiz zarur... biz hammani o’zimizni hurmatlashga majburlashimiz kerak” tipidagi ishontirish bilan oqlaydilar. Guruhli mif bilan “ilg`omlangan” zo’ravonlik o’smirlar tomonidan, qahramonlik va guruhga sodiqlik kabi o’z kuchini tasdiqlash sifatida boshdan kechiriladi. Ayni damda alohida hollarda tajovuzkor axloqning tashabbuskorlari tajovuz yordamida o’z-o’zini tasdiqlashga urinuvchi va turli sabablar kuchida moslashmagan alohida o’smir-autsayderlar bo’lishi mumkin.
2.O’spirinlik davrida oilaviy hayot borasidagi tasavvurlari Ruhshunos va pedagog olimlarning olib borgan qator tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, maktabda tarbiya tartibli, izchil olib borilmasa, yigit va qizlarda chinakam g`oyaviy barqaror e`tiqodni shakllantirish haqida so’z bo’lishi ham mumkin emas. O’spirinlar ahloqiy tushunchalarni oqilona shakllantirish, nojo’ya hulq-atvor, chet el filmlarning ma`naviyat va ruhiyatga salbiy ta`sir etishini mustaqil tushuntirish lozim.
Turmush og`irliklarining achchiq-chuchugini hali sinab boshidan kechirmagan, ma`naviy va ruhiy jixatdan to’la kamolotga erishmagan, ahloqiy normalarni o’zida mujassamlashtirmagan ba`zi yigit va qizlar tomonidan qurilayotgan yosh oilalarning ob`ektiv va sub`ektiv sabablariga ko’ra buzilib ketishi xollari davom etayotir. Bunda ta`lim va tarbiya sohasida yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar ham sabab bo’lmoqda. SHuning uchun yoshlarni turmush qurishga tayyorlash ishlarini takomillashtirish, bunda oqilona usullar topish, o’ziga xos vaziyatlardan foydalanish.
Yigit va qizlarning ma`anaviy holatlarni bartaraf etishda, ularda ijtimoiy ongini shakllantirishda bo’lajak oilaning kalajagiga yuzaki munosabatda bo’lmaslikka o’rgatishda va ularni oila qurishga tayyorlashda jinsiy tarbiya alohida ahamiyatga moslikdir.
Erkak va ayollarning teng huquqligi, bir-biriga sadoqati xislarini yoshlar ongiga singdirish zarur. Bu o’rinda o’qituvchi o’zbek milliy turmush tarzidan aniq misollar keltirishi lozim. CHunonchi xotin-qizlarga past nazar bilan qarash, ba`zan huquqda teng emaslik xollarini amaliy ishda ko’rsatib qo’yilayotgan paytlarni ko’z oldiga keltirish, ayrim o’z-o’ziga o’t qo’ygan, sirka ichgan, o’zini osgan ayollarning ayanchli axvolidan lavhalar keltirilishi hamda ularning ijimoiy ildizlari ochib tashlanishi lozim.
O’spirin yigit va qizlarga erkak va ayol o’rtasidagi munosabatlar to’g`risida yotig`i bilan tushuntirish ota-ona, shifokor, sinf rahbari va o’qituvchilar jamoasining muqaddas murabbiylik burchi bo’lmog`i lozim.
Mazkur muammoning hal qilish quyidagi ko’rsatilgan vazifalardan iboratdir.
1.Yigit va qizlar o’rtasida ahloqiy munosabatlarni to’g`ri shakllantirish.
2.O’spirinlarda o’zaro hurmat, beg`araz do’stlik, samimiy hamkorlik xis-tuyg`ularini rivojlantirish.
3.Ahloqiy tarbiyaning tabiiy va ijtimoiy masalalarni, yigit va qizlarning rivojlanish hususiyatlari to’g`risida ularda ilmiy tushunchalar va haqqoniy tasavvurlar hosil qilish.
4.Yigit va qizlarni jismoniy baquvvat, sog`lom, madaniyatli qilib o’stirish: totuv oila qurishga tayyorlash.
Bundan tashqari ba`zan qizlarda ham yigitlarga o’xshab beqaror xislar yuzaga kelishi mumkin.
Oilada va maktabda o’spirinlarning kamolati uchun quyidagi zarur shart-sharoitlarni yaratish lozim.
1.Yigit va qizning kundalik rejimini gigiena talablariga binoan tuzish va tashkil etish
2.O’z vaqtida va normal ovqatlanish.
3.SHaxsiy gigienik qoidalariga o’rgatish va shu asosda ko’nikmalar hosil qilish.
4.Aqliy va jismoniy mehnatni bir-biri bilan almashtirib turish.
5.Oilada uy-ro’zg`or ishlariga, maktabda jamoat ishlariga jalb qilish.
6.Yigit va qizlarda o’zaro bunday munosabatlarni shakllantirish maqsadida, avvalo bunday munosabatlarning ota-ona va oila a`zolari o’rtasida hamisha samimiy va to’g`ri bo’lishini ta`minlash va hakazo.