3.Og`ishgan axloqni tugatish usullari. Ishning boshlang`ich bosqichida mijozlar qiyinchilik his qiladigan sohalar aniqlanadi va ta`limga motivatsiya rag`batlantiriladi. Undan keyin muammoli vaziyatlarda birmuncha o’xshash istalgan axloqning turlari belgilanadi. Keyin mijozlarga rolli o’yinlar jarayonida (maslahatchi, qoidadagidek, “taqrizchi” rolini o’ynaydi) muayyan vaziyatlarga reaktsiya qilgan holda shug`ullanishga imkoniyat taqdim etiladi. Nihoyat, mijozlarni muvaffaqiyatga erishganda ma`qullab va moslashgan axloqni mustahkamlagan holda repetitsiya qilingan axloqni real hayotda qo’llashga undaladi.
Assertivlik treningi, axloq repetitsiyasini o’tkazishda birmuncha ahamiyatga ega. D.Volpe assertiv axloqni “boshqa odamga taalluqli bo’lgan hislarning xavotirdan farqli har qanday maqbul ifodasi” deb ta`riflaydi [11, 269-b.].
Assertivlik treningi uslubidan foydalanishning birlamchi lahzalarida insonning o’z huquq va manfaatlarini himoya qilishiga yo’naltirilgan. Oxirgi vaqtlarda uning yo’nalishi birmuncha o’zgargan. Uni qo’llash sohasi qaerda lozim bo’lsa o’sha erda hissiy iliq xulqni namoyish etish va aniq bera olish malakasini rivojlantirish treningini kiritgan holda kengaygan. SHunday qilib, assertiv axloq endi ijobiy bo’lganidek, salbiy tuyg`ularning ijtimoiy-maqbul ifodasini o’z ichiga oladi.
Takrorlash uchun savollar: Axloqiy korrektsiyaning maqsadlari va tamoyillariga ta`sir ko’rsatishda majmuaviylik tamoyilini ochib bering.
Hissiy holatlarni korrektsiyalashning usullari va shakllari qanday?
O’z-o’zini boshqarish usullarini sanab bering.
Og`ishgan axloqni tugatish usullari nima degani? Uning vazifalari, shakl va usullari qanday?
12-mavzu: Xulqi og`ishgan bolalarning ota-onalari bilan amaliyotchi psixologning faoliyati