1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə26/56
tarix05.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#173184
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56
1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari

Takrorlash uchun savollar:

  1. Shaxs og`ishgan xulqiga ijtimoiy psixologik ta`sir ko’rsatishda majmuaviylik tamoyilini ochib bering.

  2. Og`ishgan xulq psixoprofilaktikasining maqsadlari, tamoyillari va shakllari qanday?

  3. Psixoprofilaktikaning asosiy kontseptual modelini sanab bering.

  4. SHaxs og`ishgan xulqining psixologik interventsiyasi nima degani? Uning vazifalari, shakl va usullari qanday?



11-mavzu: Shaxs og`ishgan xulqining psixologik korrektsiyasi


Reja:

  1. Axloqiy korrektsiyaning maqsadlari va tamoyillari.

  2. Hissiy holatlarni korrektsiyalashning usullari. O’z-o’zini boshqarish usullari.

  3. Og`ishgan axloqni tugatish usullari.

Tayanch tushunchalar: Deviant xulq-atvor, qo'llab-quvvatlovchi psixoterapiya, qayta organuvchi psixoterapiya.


1. Axloqiy korrektsiyaning maqsadlari va tamoyillari.
Psixologik bilimlar integratsiyasi qonunga ko’ra “axloq” tushunchasining o’zini chuqurlashtirishga olib keldi. Bugun axloq tuzilmasida bir nechta o’zaro bog`liq bo’lgan darajalar ajratiladi: axloqni uyg`otuvchi motivatsiya (sabablar); axloqiy o’z-o’zini boshqarish, axborotning kognitiv qayta ishlanishi, va nihoyat, tashqi kuzatiluvchi ko’rinish va harakatlar.
Ushbu tizimostidagi buzilishlar shaxsning axloqini og`ishidagi sabablar bo’lib yuzaga chiqadi va psixologik ta`sirning yo’nalishini belgilaydi. Axloqning og`ishidagi asosiy tizimostini sanab o’tamiz.
Deviantlik sabablari – bu qadriyatlar, ehtiyojlar, e`tiqod, shaxsiy maqsad – ushbu inson uchun ahamiyatga ega bo’lgan barcha narsalar ham nome`yoriy faollikka undaydi. Me`yoriy insoniy ehtiyojlar, masalan, qulaylik yoki xavfsizlik – axloq og`ishishiga, qachonki shaxs uni qoniqtirishning maqbul usullariga tanqislik sezsagina sabab bo’ladi. Axloq og`ishishi, shuningdek, oliy mazmun kasb etuvchi va hayotiy tasdiqlanuvchi qadriyatlar kamyobligi, shaxsning ma`naviy krizisi bilan ham bog`liq bo’lishi mumkin. Nihoyat, deviant axloq sabablari tajovuzkor va o’z-o’zini barbod etuvchi istak, dushmanlikka yo’l tutish va g`arazgo’y-xudbinlik shaklini olishi mumkin.
Boshqa bir guruh sabablarni hissiy muammolar va u bilan mustahkam bog`langan o’z-o’zini boshqarish qiyinchiliklari tashkil etadi. Axloqdan og`ishish, qoidaga ko’ra, salbiy hissiyotlar yoki hissiy xafagarchilik, masalan, tajovuzkorlik yoki ruhiy azoblanish holati bilan birga boradi. Deviant axloqda xavotir etakchi rol o’ynaydi. Hissiy muammolar relaksatsiya (bo’shashish) va bir butun olganda o’z-o’zini boshqarishning murakkabligini tug`diradi. Buzilishlar, shuningdek, ixtiyoriy harakatlarni boshqarishga – maqsad qo’yish, rejalashtirish, o’z-o’zini baholash va nazorat qilishga ham tegib o’tadi. O’z-o’zini boshqarish, birinchi navbatda, shaxsiy xususiyatlar, ya`ni nutqiy boshqaruvning rivojlanmaganligi, past refleksivlik, o’z-o’zini past baholash oqibatida ham buziladi.
Axloq og`ishishi sabablarining navbatdagi guruhi salbiy-deviant ijtimoiy tajribani o’z ichiga oladi. Bular moslashmagan axloqiy stereotiplar (odatlar, malakalar), kognitiv buzib ko’rsatish va ijtimoiy sharoitlar bilan mustahkamlangan kamchiliklar. Bu shaxs tajribasida uning moslashmaganligi asosini tashkil etuvchi ijobiy malakalar (axloqiy tanqislik) ning yo’qligidir.
Deviant axloqning ko’rib chiqilgan sabablari og`ishgan axloqli shaxsga psixologik yordam berishning strategik maqsadlarini shakllantirishga imkon beradi:

  • konstruktiv motivatsiyaning shakllanishi (ijobiy qadriyatlar, ijtimoiy talab va o’z-o’zini saqlashni bajarishdagi orientatsiya);

  • shaxsiy tajriba integratsiyasi;

  • o’z-o’zini boshqarishni takomillashtirish;

  • stressga chidamlilikni ko’tarish va shaxs resurslarini kengaytirish;

  • hayotiy muhim bo’lgan malakalarni ishlab chiqish;

  • moslashmagan axloq ko’rinishini bartaraf etish va kamaytirish;

  • ijtimoiy moslashum darajasini oshirish.

SHaxsning og`ishgan axloqiga psixologik ta`sirning xususiy va aniq vazifasi bo’lib quyidagilar chiqishi mumkin [11, 250-b.]:

  • axloqiy repertuarda tanqislikni bartaraf etish;

  • moslashuvchan axloqni kuchaytirish;

  • noteng axloqni susaytirish yoki bartaraf etish;

  • xavotirning holdan toydiradigan reaktsiyasini bartaraf etish;

  • bo’shashish layoqatini rivojlantirish;

  • o’z-o’zini tasdiqlash layoqatini rivojlantirish;

  • samarador ijtimoiy malakalarni rivojlantirish;

  • adekvat jinsiy yurib turishga erishish;

  • o’z-o’zini boshqarishga layoqatini rivojlantirish.

Shaxsning og`ishgan axloqini psixologik korrektsiyalashda etakchi maqsadni ajratilgan yo’nalishlarda ijobiy axloqiy o’zgarishlarga erishish sifatida ifodalash mumkin.



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin