1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə17/56
tarix05.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#173184
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56
1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari

4.Kimyoviy tobelik
Ko’pgina odamlar ichkilik, kofe, trankvilizatorlar kabi kimyoviy moddalardan keng foydalanadi. Ularning ko’pchiligi bu narsalarni butun hayotlari davomida iste`mol qilish ustidan nazorat qilishga erishadilar, faqat ba`zilarigina bu tobelikning quliga aylanadilar.
Keng ma`noda kimyoviy tobelik tushunchasi ostida (boshqa nomlaridorivor, giyohlar) qonuniy (tamaki, ichkilik, dorilar) va noqonuniy giyohlar (kokain, nasha, og`u ishlab chiqarish va boshqalar) ga bo’linadigan har qanday psixofaol moddalarni iste`mol qilishga tobelik tushuniladi. Ushbu bo’limda biz addiktiv axloq – giyohlarga tobelikning birmuncha xavfli shakllaridan birini ko’rib chiqamiz.
Noqonuniy giyohlarni iste`mol qilish ko’pincha 14 yoshgacha uchraydi. YOsh avji 21 yoshga to’g`ri keladi. Albatta, shakllanmagan shaxsning giyohlarni iste`mol qilishi ijtimoiy-psixologik muammolarni tug`diradi: me`yoriy psixik va jismoniy etilish imkonsizligi, maktabga moslashmaganlik, kasb va bandlikni tanlash muammosi, sheriklik munosabatlarini yaratishdagi qiyinchilik, asotsiallik va h.k. Mutaxassislarning fikricha, Rossiyada giyohlarni iste`mol qilish keyingi 10 yil ichida ijtimoiy fojia darajasiga etdi.
Jismoniy bog`liqlik sindromi uchun [16, 71-b.] quyidagi klinik belgilar xarakterlidir:
– psixofaol moddalarni iste`mol qilishga engib bo’lmas istak;
– boshlanishi, oxiri yoki uni qabul qilishning umumiy dozirovkasi uchun pasaytirilgan nazorat;
– bekor qilish sindromini yumshatish maqsadida iste`mol qilish (abstinent­ sindrom);
– giyohvand moddalarga tolerantlikni oshirish (hiyla yuqori dozalarga ehtiyoj);
– vaziyatli nazoratning pasayishi (noodatiy sharoitlarda iste`mol qilish);
– giyohlarni qabul qilish uchungina boshqa lazzatlarni inkor qilish;
– iste`mol qilish oqibatidagi psixik buzilishlar yoki jiddiy ijtimoiy muammolar.
SHunday fikr mavjudki, hamma moddalar ham jismoniy bog`liqlikni chaqirmaydi. Masalan, opiat, barbiturat yoki ichkilikni suiiste`mol qilganda bog`liqlik rivojlanadi, biroq amfetamin yoki kokainni iste`mol qilgan paydo bo’lmaydi. Bog`lanib qolishning turi va darajasini aniq baholash uchun mutaxassislarning (narkologlarning qoidasi kabi) aralashuvi talab qilinadi. Jismoniy bog`liqlik bosqichida psixoijtimoiy yordam og`riqli simptomla davosi bilan ham birga borishi kerak.
Giyohvandlikka bog`liq axloqning motivatsiyalari haqidagi masala birmuncha muhim hisoblanadi. Dastlabki iste`mol qilish sabablari orasida quyidagilarni ajratish mumkin:
– ataraktik (dostijeniya psixologik qulaylik va relaksatsiyaga erishish);

  • submissiv (guruhning oqlashi va mansublikka intilish);

– gedonistik (o’ziga xos jismoniy qoniqish olish);
– giperfaolliklar (tonus va o’z-o’zini baholashning oshishi);

  • psevdomadaniy (qandaydir sifatni namoyish qilish, masalan, kattalar axloqini);

  • bilish-tadqiqot (yangi taassurotlarga intilish, qiziquvchanlik).

SHuni nazarda tutish lozimki, yoshlar giyohvand moddalarni o’z muhitining qismi sifatida ko’radilar va ko’pincha bir marta iste`mol qilib ko’rish yoki sotuvchilarning bosimiga qarshi tura olmaydilar.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin