1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari


Tajovuz va delikvent axloq



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə9/56
tarix05.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#173184
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56
1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari

3.Tajovuz va delikvent axloq.
Tajovuz va delinkvent (qonunga qarshi) axloq o'zaro aloqador ekani yaqqol fakt. qaqiqatan, qonunga zid harakatlarning kattagina qismi tajovuzkor harakatlar bilan birga boradi. Bu instrumental xarakterga ega tajovuz, ya'ni qandaydir maqsadga erishish uchun xizmat qiladigan qarazli jinoyat bo lishi mumkin (yashashga maydonni olish uchun qotillik, o qrilikda jismoniy zo ravonlik, pul undirish maqsadidagi taqdid). Boshqa zo ravonlik jinoyati qollarida bevosita dushmanlik axloqi namoyon boladi. Zoravonlik umuman olganda, tajovuzkor axloqning birmuncha xavfli shakli sifatida qonun bilan taqiqlanadi va davlat tomonidan nazorat qilinadi.
Shaxsning delinkvent axloqi va tajovuz ortasidagi o'zaro aloqa bir narsa emas. qonunlarni buzish darajasiga etgan tajovuzkor axloq dastavval taqlid oqibati bolishi mumkin. Taqlid uchun namuna sifatida qarindoshlar, tengdoshlar, boshqa aqamiyatli odamlar bo'lishlari mumkin. Tajovuzkor axloqni quvvatlashda alohida rolni delinkvent submadaniyat o'ynaydi. Nihoyat, ozodlikdan maxrum qilish joyi - bu barcha ijtimoiy institutlar turqun tajovuzkor axloqni shakllantiradi.
Boshqa qollarda tajovuzkor qonunga qarshi axloq asabiy jiqatdan shartlangan bo'lishi mumkin, masalan, agar u kuchli xavotir va anglanmagan gunoh tuyg’usi bilan motivatsiyalansa. qonunga qarshi harakatlarga moyillik boshqa odamlarga dushmanlik munosabati hayot usuli hisoblanuvchi shaxsning antiijtimoiy yo'nalganligi qolida ham kuzatiladi. Tajovuzkor axloqnig keyingi shakli asab tizimining organik buzilishi bilan bog’liq bo'lishi mumkin. Bunday qonunbuzar, ayniqsa, samaradorlik, kechinmalarida turib qolish, impulsivlik yoki intellektual pasayish oqibatida zo'ravonlikka moyil. Alohida (ko'p sonli bo'lmagan) guruhdagi qonunbuzarlarni oqriqli qolati tajovuzning (ularning antijamoatchilik yo'nalganligi bilan kam bog’liq bo'ladigan) kutilmagan motivatsiyalanmagan portlashi bilan birga boradigan psixik kasallar ham tashkil etadi.
Amaliyotda, masalan, mas'uliyat choralari va jazolash turini aniqlash uchun tajovuzkor axloqning patologik va nopatologik shaklini farqlash muqim. Nopatologik shakl, qonundagiday, xulq xafagarchiligining qo'pol bo'lmagan ifodalanishi va yoqimli sharoitlarda konpensatsiyalash layoqatida xarakterlanadi. Masalan, o'smirlarning tajovuzkor axloqi yosh reaktsiyasi xarakterini olishi va umuman olganda atrofdagilar bilan o'zaro munosabatni buzmachligi mumkin. Patologik tajovuz esa, aksincha, zo'ravonlik axloqini tashkil etuvchi, psixik faoliyat va ularning dinamikasidagi oqriqli o'zgarishlarga sabab bo'luvchi sifat o'zgarishlari bilan bog’liq. Patologik o'zgarishlarning quyidagi belgilarini ajratish mumkin: hissiy muqitda o'zgarish va affektiv-yovuz reaktsiyalarning yuzaga kelishi bilan tajovuzkor axloq; o'ch olish, xafagarchilikning qadriyatlardan tashqari qoyalari mavjud bo'lgan tajovuzkor axloq; asosiy belgisi boshqa odamga ma'naviy azob yoki jismoniy oqriq etkazishda ijobiy qislarni boshdan kechirishda namoyon bo'ladigan mayllar muqitida, shu jumladan, sadistlik tajovuzi. Masalan, patologik tajovuz qolida oddiy tanqidiy ogoqlantirish zulmning shunday darajasini qo'zqatishi mumkinki, unda ong buziladi va odam o'zini unutgan qolda qotillik sodir etadi.
Tajovuzkorlikning alohida qolati seriyali va tashqi jiqatdan deyarli motivatsiyalanmagan qonunga qarshi harakatni aks ettiradi. E.Frommning fikriga ko'ra, yovuz barbod etuvchi va sadistcha shafqatsizlik xarakteriga ega, to'satdan va atrofdagilar qamda yaqin kishilar uchun kutilmaganda yuzaga chiqadi. Tajovuzning bunday shakli, muallif fikricha, aniq biologik yoki iqtisodiy sabablarga ega emas va real insoniy muammoni tashkil etadi.
Tajovuzning qonunga qarshi tabiati qaqidagi savolga javob berishga intilar ekanlar A.Bandura va R.Uolter turqun antijamoatchilik axloqi bo'lgan o'smirlarning tiklanishi va shaxsiy xususiyatlarining ijtimoiy sharoitlarini tadqiq etdilar. Mualliflar fikriga ko'ra asotsial tajovuzli o'smirlar ijtimoiy planda ancha muvaffaqiyatlar o'z tengdoshlaridan aqamiyatli tarzda farqlanadilar. Ular ko'pincha va qiyla bevosita o'z tajovuzlarini ifodalaydilar (ayniqsa, uyda). Mualliflar otasi bilan ijobiy munosabat o'rnatishga qodir bo'lmaslik o’g’il bolalarda antijamoatchilik yo'nalishining shakllanishida qal qiluvchi omillarda biri bo'lishini taxmin qiladilar.
qonunni buzuvchi tajovuzkor o'smirlar atrofdagilarga ishonmaydilar, hissiy boqlanib qoladigan vaziyatlardan qochadilar. Ular tengdoshlariga kamroq xayrixoq munosabatda bo'ladilar, ko'pincha jinsiy aloqa va tajovuzni aralashtiradilar, tajovuzkor axloqlari uchun ayblarini deyarli qis qilmaydilar. Ular ko'p narsalarda impulsi ichki cheklovlarga qaraganda tashqilariga bo'ysunuvchi kichkina bolalarni eslatadilar. Bunday o'smirlar o'zlariga amaliy zarar etkazadilar, chunki o'z harakatlari natijasida ko'ngil qo'ygan odamlaridan yanada ko'proq maxrum bo'ladilar va na qurmat, na ishonchni qis qilmaydigan qokimiyat vakillarining qattiq nazorati ostiga tushadilar. Shu bilan birgalikda, qat'iy reglamentlangan tashqi nazorat (qamoq) sharoitida ular ozlarini qatto ba'zida ozodlikdagidan kora qulayroq qis qiladilar.
Tajovuzkor antiijtimoiy axloqning takroriy va jiddiy jazolanishi faktiga qaramay oqir tugatiladi, ko'p tadqiqotchilarni bunday buzqunchi deyarli tajribada o'rganishga qodir emas degan xulosaga olish keladi. Eqtimol, bu harakatdan keyin tezda munosib jazo berilmasligi yoki umuman jazosiz qolishlari bilan bog’liqdir. Tajovuz (jinoyat) ning jazosiz qolishiga bo'lgan ishonch antiijtimoiy axloqni quo'llab-quvvatlashda muqim rol o'ynaydi.
Shunday qilib, tajovuzkorlik va delinkventlik zich boqlangandir. Tajovuzkor asotsial axloq umuman olganda jamiyatning turqun salbiy munosabatini uyqotadi va shaxs bilan uning atrofidagi odamlar o'rtasida jiddiy to'siq hisoblanadi. Shuni tan olish kerakki, aniq ifodalangan tajovuzkor axloqli shaxsga qator ijtimoiy ta'sir sabablarining kuchi ko'pincha kam samaralidir. Chunki tajovuz chuqur biologik va ijtimoiy ildizlarga ega, tajovuzkor axloqni ildizi bilan quritish, barcha ko'rinishlar bo'yicha mumkin emas. Faqat bir necha bosqichlarda - jamiyat, oila va kichik guruhlar, shaxsning o'zida samarali ijtimoiy nazorat tizimini yaratish orqali uning ko'rinishlarini kamaytirish qaqidagi gapirish mumkin.
Afsuski, qech bir jamiyat zo'ravonlikning ko'rinishlaridan ozod emas. Shu bilan birga, tarix ko'plab misollarni biladiki, davlatning o'zi ham jinoiy harakatlar tashabbuskori bo'lib chiqqan. qator davlatlar siyosatining oqibatlari Insoniyatga qarshi jinoyatchilik deb tan olindi: fashistlar tomonilan millionlab evrey millatiga mansub odamlarni yo'q qilinishi, stalincha repressiya va deportatsiya, turklar tomonidan armyanlarning ommaviy o'ldirilishi, chechenlar urushi.
Biz deviant axloqning aniq turlarini yoritishni oldini olib, tajovuz va tajovuzkor axloqning faqat ba'zi tomonlarinigina ko'rib chiqdik.
Ushbu mavzuni tugatib, yana bir bor ta'kidlash zarurki, tajovuz (muqabbat bilan bir qatorda) insoniy mavjudlikning eng turli-tuman shakllarida ishtirok etadi. Og'ishgan xulqning barcha asosiy turlari - delinkvent, tobe va suitsidal - albatta, faqat tajovuzkor harakatlarning shakli va yo'nalganligi bilan farqlanuvchi o'z moqiyati bo'yicha barbod etuvchi axloq sifatida ko'rib chiqish mumkin.
Biz deviant axloqning alohida turlari ifodasini deviant axloq tavsifnomasidan boshlaymiz. Delinkvent (qonunga zid, antijamoaviy) axloq muammosi ko'plab ijtimoiy fanlarning tadqiqoti uchun marqaziy hisoblanadi, chunki jamoatchilik tartibi yaxlit olganda davlat kabi uning har bir alohida fuqarosining rivojlanishida ham muqim rol o'ynaydi.
Qonunga qarshi axloqqa nisbatan turlicha yondoshuvlar va tushuncha apparatidan foydalaniladi. Psixologik adabiyotlarda uni kopincha delinkvent axloq sifatida ko'rsatadilar. Ponyatie proisxodit ot latinskogo delinquent - «prostupok, provinnost». Bu atama ostida biz shaxsning qonunga qarshi axloqi - ushbu jamiyatda va ushbu vaqtda o'rnatilgan qonunlardan og'ishgan, boshqa odamlar yoki ijtimoiy tartibning tinchligiga xavf soluvchi va o'zining oxirgi ko'rinishlarida jinoiy jazolanadigan aniq shaxsning harakatini tushunamiz. qonunga qarshi axloqni namoyon etuvchi shaxs delinkvent shaxs (delinkvent) sifatida tavsiflanadi, harakatning o'zi esa - deliktdir.
Kriminal axloq umuman delinkvent axloqning bo'rttirilgan shakli hisoblanadi. Umuman olganda delinkvent axloq jamiyatning aniq ifodalangan qoida (qonun) lariga, bevosita davlat hayotining mavjud me'yorlariga qarshi yo'naltirilgan.
Maxsus adabiyotlarda ko'rib chiqilayotgan atamadan turli ma'nolarda foydalaniladi. A. E. Lichko [vvedya v praktiku podrostkovoy o'smir psixiatriyasining amaliyotiga i ponyatie «delinkventlik» tushunchasini kiritib, uning o'z ortidan jinoiy javogarlikni olib kelmaydigan mayda antijamoatchilik harakatlarini chekladi. Bu, masalan, maktabga bormaslik, asotsial guruh bilan muloqot qilish, mayda bezorilik, zaiflar ustidan taqqirlash, mayda pulni olib qo'yish, mototsiklni olib qochish. V.V.Kovalev [7], delinkventlikning bunday sharqlashga qarshi delinkvent axloq jinoiy axloq hisoblanishini ko'rsatib, e'tiroz bildiradi.
Keng tarqalishni olgan «delinkvent» atamasi xorijda voyaga etmagan jinoyatchilarni ifodalash uchun qo'llaniladi. Xullas, Butunjaqon soqliqni saqlash tashkilotining materiallarida delinkvent boshqa individ yoki guruhga zarar keltiruvchi va ushbu lahzada jamiyat rivojlida me'yoriy ijtimoiy guruhlar tomonidan o'rnatilgan chegaradan otuvchi axloqli 18 yoshgacha bo'lgan shaxs sifatida ta'riflanadi. Voyaga etgach delinkvent avtomatik tarzda antiijtimoiy shaxsga aylanadi.
Psixologik adabiyotlarda delinkventlik tushunchasi umuman qonunga qarshi axloq bilan boqlanadi. Bu - jamoatchilik tartibi me'yorlarini buzuvchi har qanday axloq. Ushbu axloq jinoyatchilik darajasiga etmagan ma'naviy-etik me'yorlarni mayda buzuvchi shaklga ega bo'lishi mumkin. Bu erda u asotsial axloq bilan mos tushadi. U Jinoiy kodeksga muvofiq jazolanuvchi jinoiy harakatlarda ham ifodalanishi mumkin. Bu qolda axloq kriminal, antiijtimoiy bo'ladi.
Delinkvent axloqning keltirilgan turlarini qonunga qarshi axloqning shakllanish bosqichlari sifatida qam, uning nisbatan mustaqil ko'rinishlari sifatida ham ko'rib chiqish mumkin.
Jamoatchilik qoidalarining ko'p obrazliligi qonunga qarshi axloqning katta miqdorini tuqdiradi. Delinkvent axloqning turli shakllarini tasniflash muammosi soqalararo xarakterga ega.
Ijtimoiy-huquqiy yondoshuvda qonunga qarshi harakatlarni zo'ravonlik va zo'ravon bo'lmagan (yoki qarazli) ga ajratish keng ishlatiladi.
V ramkax klinik tadqiqotlar doirasida V.V.Kovalevning bir necha o'q bo'yicha qurilgan qonunbuzarlikning komplek sistematikasi qiziqish uyqotadi. Ijtimoiy-psixologik o'qda - intizomga qarshi, jamoatchilikka qarshi, qonunga qarshi; klinik-psixopatologikda - nopatologik va patologik shakllar; shaxsiy- dinamiklikda - reaktsiya, rivojlanish, qolat. A. G.Ambrumov va L.Ya.Jezlovlar qonunbuzarlikning ijtimoiy-psixologik shkalasini taklif qildilar: intizomga qarshi, antiijtimoiy, delinkvent - jinoiy va autotajovuzkor axloq (ta'kidlash lozimki, ushbu mualliflar delinkventlikka faqat jinoiy axloq mansub deydilar) [9, 115- b.].
Bunday masalalarni qal qilish uchun delinkventlikning ifodalanganlik darajasini va shaxsga ta'sir chegarasini aniqlash kabi qonunbuzarlar tipini sistemalashtirish ham muqim aqamiyatga ega. 1932 yili N. I. Ozeretskiy tomonidan voyaga etmagan qonunbuzarlar tipologiyasini bugungi kunda ham dolzarb bo'lgan ifodalanganlik darajasi va xarakteri bo'yicha deformatsiiyasini taklif qildi: tasodifiy, odatiy, turqun va professional qonunbuzarlar.
Qonunbuzarlikni sodir etgan o'smirlar orasida A.I.Dolgova, E. G. Gorbatovskaya, V. A. Shumilkin va boshqalar [5], o'z navbatida, quyidagi uch tipni ajratadi:
Izchil-kriminogen - ijtimoiy muqit bilan o'zaro ta'sirda jinoiy axloq shaxsning kriminogen «qissasi» qal qiluvchi hisoblanadi, jinoyat axloqning odatiy usulidan kelib chiqadi, u sub'ektning maxsus qarashlari, korsatmalari va qadriyatlari bilan shartlanadi;
Vaziyatli-kriminogen - axloqiy me'yorlarning buzilishi, jinoiy bo'lmagan xarakterdagi qonunbuzarlik va jinoyatning o'zi aqamiyatli darajada notinch vaziyatlar bilan shartlangan; jinoiy axloq sub'ektning rejalariga mos tushmasligi, uning nuqtai nazarida ekstsess bo'lishi mumkin; bunday o'smirlar ko'pincha qonunbuzarlikning tashabbuskori hisoblanmay, spirtli ichimliklar kayfidagi qolatda guruhda jinoyat sodir etadilar;
Vaziyatli tip - salbiy axloqning aqamiyatsiz ifodalanganligi; individ aybi bilan yuzaga kelmagan vaziyatning qal qiluvchi ta'siri; bunday o'smirlar hayotining usuli ijobiy va salbiy ta'sirlar kurashi bilan xarakterlanadi.
V.N.Kudryavtsev [13] ham xuddi shunga o'xshash professional (muntazam jinoyat sodir etuvchi, undan keladigan daromadlar hisobiga yashovchi shaxslar), vaziyatli (sharoitdan kelib chiqib harakatlanuvchi), tasodifiy jinoyatlar (qonunni faqat bir marta buzgan).
Delinkvent axloq shaxs deviant axloqining shakli sifatida qator xususiyatlarga ega.
Birinchidan, bu shaxs og'ishgan xulqining kamroq ma'lum bo'lgan turlaridan biri. Masalan, jinoiy deb tan olingan harakatlar doirasi turli davlatlar, turli vaqt uchun turlichadir. qonunlarning o'zi bir xil emas, ularning takomillashishi kuchida katta yoshdagi aqolining katta qismi “jinoyatchilar” kategoriyasiga kiritish mumkin bo'lib qoladi, masalan, soliq to'lashdan qochish yoki kimgadir jismoniy oqriq etkazish. Shunga o'xshash hamma biladiki, aldash mumkin emas. Biroq qaqiqatni qech bir sharoitga qaramay har doim va hamma joyda gapiradigan odam joyida yolqon gapiradiganlar qaraganda ancha noadekvat bo'lib ko'rinadi.
Ikkinchidan, delinkvent axloq, ayniqsa, qonuniy me'yorlar - qonunlar, me'yoriy aktlar, intizomli qoidalar bilan boshqariladi.
Uchinchidan, qonunga qarshi axloq deviatsiyaning birmuncha xavfli shakllaridan biri deb tan olinadi, chunki o'z asosi bilan ijtimoiy qurilish - jamoatchilik tartibiga xavf soladi.
To'rtinchidan, shaxsning bunday axloqi faol muqokama qilinadi va har qanday jamiyatda jazolanadi. Istagan davlatning asosiy vazifasi qonunlarni yaratish va ularning ijrosi ustidan nazorat qilish hisoblanadi, shuning uchun delinkvent axloq deviatsiyaning boshqa turlaridan farqli tarzda maxsus ijtimoiy institutlar: sudlar, tergov organlari, ozodlikdan maxrum qilish joylari tomonidan boshqariladi.
Nihoyat, beshinchidan, muqimi shuki, qonunga qarshi axloq o'z moqiyati bo'yicha shaxs va jamiyat - individual intilishlar va jamoatchilik manfaatlari o'rtasidagi nizoning mavjudligini anglatadi.
Fuqarolarni o'rnatilgan qonunlar va qoidalarga amal qilishni uyqotishga yo'naltirilgan jamiyatning turli-tuman choralariga qaramay, ko'pchilik odamlar uni har kuni buzadilar. Ko'pincha ko'rinishidan to la oddiy ko'ringan odamlar to'satdan jiddiy jinoyat sodir etganliklarini tushunish oqir bo'ladi. Ko'p qollarda bu psixik jiqatdan soqlom shaxslar, shu jumladan, bolalar va o'smirlar.
qonunga qarshi harakatlar determinatsiyasini ko'rib chiqishda, odatda, shunga o'xshash axloqni uyqotuvchi tashqi sharoitlar va ichki sabablar yiqindisi qaqida gapiradilar. Shubhasiz, har bir aniq qolda omillarning noyob uyqunligi o'ringa ega, shunga qaramay, delinkvent axloqning shakllanishida ba'zi umumiy tendentsiyalarini aniqlash mumkin.
Ijtimoiy sharoitlar qonunga qarshi axloqning sodir bolishida ma'lum bir rol oynaydi. Ularga dastavval kop darajali jamoatchilik jarayonlari taalluqlidir. Bu, masalan, zaif qokimlik va qonunchilikning mukammal emasligi, ijtimoiy katakliz- malar va hayotning past darajasi.
R.Mertonga asosan, ba'zi odamlar delinkent axloqdan voz kecha olmaydilar, chunki hozirgi jamiyatda har qanday baho bilan daromadga, ehtiyoj va muvaffaqiyatga intilish kuchlidir. Jamiyat farovonligidan u yoki bu darajada “chetga surib tashlangan” odamlarga qonuniy yo l bilan istagan maqsadlariga erishish oqir.
Aniq shaxsning jamiyatga qarshi axloqidagi ijtimoiy sabab jamiyatning yorliq osishga moyilligi bo lishi ham mumkin. qator qollarda mustaqkam jamiyatga qarshi axloq illatli doira tamoyili bo yicha shakllanadi: dastlabki, tasodifan sodir etilgan jinoyat - jazo - zo ravonlik munosabatlar tajribasi (qamoqxonalarda eng yuqori darajada taqdim etilgan) - “jinoyatchi” yorliqi oqibatida ijtimoiy moslashuvdagi keyingi qiyinchiliklar - ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar yiqindisi va ikkilamchi delinkventlik - anchagina oqir jinoyat - va q.k.
Ushbu tragik qolat Stivena Kingning “Shoushenkadan qochish” qamoq drama kinoversiyasida ajoyib tarzda taqdim etilgan (1994 y., F.Darabont postanovkasi). Filmning bosh qaqramoni Endi Dyufreyn ozi sodir etmagan xotinining o limi uchun butun umrga qamoq jazosiga maxkum etilgan. Uning qonunlashtirilgan zoravonlikka qarshilik ko rsatish qobiliyati, uning genial tarzda tayyorlangan qamoqdan qochishi - umumiy qoidadan odatdan tashqari, istisnodir. Dramaning boshqa personaji - kutubxonachi Bruks Xatmid, 45 yil qamoqda o tirib, “uyida” qolish uchun muvaffaqiyatsiz tarzda yangi jinoyat qilishga urinadi. “Majburiy” ozod qilingach, u ozodlik yukini kotara olmay oz- ozini oldiradi. Bu qolda shaxs zoravonlik va ijtimoiy stereotiplar qurboni boladi.
Bundan tashqari, P.Kuter ko'rsatishicha, ko'pgina qonunga bo'ysunuvchi odamlar tajovuzkor-kriminal impulsga egadirlar, aniq harakatlarda amalga oshirmaydilar, biroq boshqa odamlarga proektsiyalanadi, masalan, qonunbuzarlikni sodir etuvchilarga. Ushbu proektiv jarayonlar natijasida qonunbuzarlik o'ta qattiq baholanishi va noqaq jazolanishi mumkin, bu esa, o'z navbatida, delinkventlikning kuchayishiga olib keladi.
Shunday qilib, jamiyatning o'zi qanchalik paradoksal bo'lmasin, oqlanmagan harakatlar va o'ta jiddiy jazolar vositasida o'zi qutulishni istagan jinoyatchilarni tarbiyalaydi. Davlat zo ravonlikka kurash e'lon qilib, o zi uni aybdorga nisbatan ishlatadi (kopincha katta miqdorda). Bugungi kunda dunyoning 86 davlatining qonunchiligi o'lim jazosi qaqidagi moddaga ega. Umuman olganda, odamlarga o'zaro munosabatlarning zo'ravon stereotipi zo'rlab tiqishtiriladi. qukumat vakillari delinkvent shaxslarni o'z kuchlarini bunday shaxslar o'z qurbonlariga nisbatan qanday munosabatda bo'lgan bo'lsalar, shunday tarzda namoyon qilgan qoldata'qib qiladi. Delinkvent shaxs harakatlanib o'ziga va atrofdagilarga zarar etkazuvchi illatli doira yuzaga keladi.
Determinatsiya va jinoiy axloqda ijtimoiy vaziyatning alohida roli qaqida totalitar tuzum sharoitidagi odamlar axloqi ustidan kuzatish guvoqlik beradi. P.Kuter Germaniya SSdagi ommaviy qotillar qatoridagi shaxslarning (kontsentratsion lagergacha va undan keyin) nasliyligi va rivojlanishini o'rgangan Diks tadqiqotlarining natijasini keltiradi. Eseschilarning jinoiy axloqi garchi ularning turli shaxsiy xafagarchilik bilan birga borsa-da, faqat ijtimoiy qonuniy sharoitlarda namoyish etilgan - kontslagerdagi o'qish va ishda. Natsistlik tartibi va undan keyin o'rgatilgan shaxslar, qoidadagiday, jinoyat sodir etmaganlar.
Delinkvent axloqning bunyodga kelishida muqim rolni mikroijtimoiy vaziyat o'ynaydi. Uning shakllanishiga, masalan, quyidagilar ko'maklashadi: asotsial va antiijtimoiy muqit (ota-onalarning piyonistaligi, asotsial va antiijtimoiy oila yoki kompaniya); nazoratsizlik; ko'p bolali va to'liq bo'lmagan oila; oila ichidagi nizolar; aqamiyatli boshqalar bilan surunkali janjallar.
V.N.Kudryavtsev jinoyatchini qatto erta yoshida yuzaga keluvchi o'z muqitidan begonalashish qolatini ko'rsatadi. Xullas, 10 foiz tajovuzkor jinoyatchilar onalari ularni bolalikda sevmagan deb hisoblaydilar (“me'yoriy” tanlovda faqat 0,73 foiz).
Adabiy ma'lumotlarni yiqib, delinkventlikni chaqiruvchi quyidagi mikroijtimoiy omillarni sanab otish mumkin:

  • bolalarning nozik qamxorlik va ota-onalari tomonidan meqribonligiga ehtiyoji frustratsiyasi (masalan, o'ta qattiqqo'l ota yoki etarlicha g’amxo’rlik bo'lmagan ona), o'z navbatida, bolada erta jaroqatli kechinmalarni uyqotadi;

  • oilada jismoniy yoki psixologik shafqatsizlik yoki kuch kulti (masalan, jazoning qaddan tashqari yoki doimiy qo'llanilishi);

  • ma'naviy ongning me'yoriy rivojlanishini qiyinlashtiruvchi ota ta'sirining etishmasligi (masalan, uning yo'qligi);

  • jaroqatli sharoitlarni qayd qilish bilan o'tkir jaroqat (kasalllik, ota-onaning o'limi, zo'ravonlik, ajrashish);

  • bolani uning xog’ishlarini bajarishda erkalatish; ota-onalarning etarli bo'lmagan talabchanligi, ularning o'sib boruvchi talablarni qo'yishga yoki ularning bajarilishiga erishishga noqodirligi;

  • bolani o'ta raqbatlantirish - ota-onaga, aka-uka va opa-singilga juda ham jadal erta sevgili munosabat;

  • ota-onalar tomonidan bolaga nisbatan talablarning kelishmaganligi oqibatida unda axloqning aniq tushunchasi paydo bo'lmaydi;

  • ota-onalar (vasiylar) ning almashinuvi;

  • ota-onalar o'rtasidagi surunkali aniq ko'zga ko'ringan nizolar (ayniqsa, qachon shafqatsiz ota onani do'pposlagan vaziyat xavfli);

  • ota-onalarning istalmagan shaxsiy xislatlari (masalan, talabchan bo'lmagan ota va erkalatuvchi onaning uyqunligi);

  • bolaning o'rganish orqali oilada yoki guruhda delinkvent qadriyatlarni (ochiq yoki yashirin) o'zlashtirishi.

qoidadagiday, dastlabki onlarda bola frustratsiyani kechirayotib, oqriqni qis qiladi, tushunish va yumshatish bo'lmaganida bu ixlosi qaytish va yovuzlikka o'tadi. Tajovuz ota-onalar e'tiborini tortadi, bu esa o z-o zidag bola uchun muqim. Bundan tashqari, tajovuzdan foydalanib, bola ko'pincha atrofdagilarni boshqarib, o'z maqsadiga erishadi. Sekin-asta tajovuz va qoidalarni buzish sistematik tarzda istalgan natijani olish usuli sifatida foydalaniladi. Delinkvent axloq mustaqkamlanadi.
M.Ratter va D.Gidler «Voyaga etmaganlar jinoyatchiligi: tendentsiya va istiqbollar» tadqiqotida oilada erta bolalik rivojlanishining xislatlari va individ bo'ysunishining keyingi darajasi o'rtasidagi aniq aloqani ko'rsatadilar, biroq ta'kidlaydilarki, oilaning bunday ta'siri mexanizmlari avvalgiday noaniq bo'lib qolmoqda. Shuningdek, ular ijtimoiy o'zgarishlar va jinoyatchilikning o'sishi o'rtasidagi korrelyatsiyani bu aloqa mexanizmlariga tegishli bilimlarning etishmasligini qayta ta'kidlaga qolda ta'kidlaydi. Voyaga etmaganlar misolida tadqiqotchilar shunday xulosaga keldilar, jinoiy axloq uchun koplab sabablar mavjud. Bular tengdoshlar guruhi, ijtimoiy nazorat va ijtimoiy o'rganish, biologik va vaziyatli omillar bo'lishi mumkin. Ularning nuqtai nazarlari bo'yicha profilaktikaning yagona tushuntirishi yoki yagona strategiyani izlash bema'nilikdir.
Qonunga qarshi axloqning individual determinantlari psixologik tahlil uchun alohida qiziqishdan iboratdir.
O'z navbatida, individual xususiyatlar jinsiy farq bilan aqamiyatli tarzda belgilanadi. Masalan, yaxshi ma'lumki, qonunbuzar axloq koproq erkak jinsi uchun xarakterlidir. Ayollar jinoyatchiligining o'sishiga qaramay uning nisbiy ko'rsatkichlari erkaklarnikidan past, masalan, Rossiyada 1998 yilda ayollar jinoyatchiligi qayd qilingan umumiy qolatning 15 foizini tashkil etadi.
Ayollar yoki erkaklarga xos bo'lgan jinoyatlar qaqida gapirish mumkin. Bolalarni o'ldirish, fog’ishabozlik, magazinda o'qrilik qilish kabi deliktlarni ko'pincha ayollar sodir etadilar. Erkaklar ko'pincha avtomobilni olib qochadilar, bosqinchilik qiladilar, o'qrilik qiladilar, tan jaroqati etkazadilar, o'ldiradir. Tipik erkakcha jinoyat ham mavjudki, u zo'rlashdir.
Yosh omili ontogenezning turli bosqichlarida o'ziga xos axloqni belgilaydi. qonunbuzarlikning yosh tezligi dinamikasi quyidagi obrazda ko'zga tashlanadi: ko'pchilik jinoyatchilarning yoshi 25 bilan 35 orasida kolebletsya; jinoyat miqdori qech so'zsiz 14 dan 29 yoshgacha o'sadi; eng ko'p qollarda jinoyat sodir etish 29 yoshga to'qri keladi; 29 dan 40 yoshgacha sekin-asta pasayish kuzatiladi; 40 dan keyin jinoyat qilish siyraklashadi [14].
Shubhasiz, antiijtimoiy axloq (masalan, tajovuzkor dan farqli ravishda) qaqida, ma'lum bir yoshga etgandan keyingina gapirish mumkin bizning nazarimizda, 6-8 yoshdan avval emas. qoidadagiday, kichkina bola o'z axloqini, uni nazorat qilish va ijtimoiy me'yorlarga nisbatan etarlicha anglashi mumkin emas. Faqat maktabdagina bola ilk bor va qaqiqatan printsipial ijtimoiy talablar bilan to'qnashadi qamda maktab yoshidan boshlab boladan axloqning asosiy qoidalariga qat'iy amal qilishni kutish mumkin.
Turli yoshda delinkvent axloqning “sifatli” xususiyatlarining ko'rinishiga o'rin bor. Ontogenezning ilk bosqichida ijtimoiy axloqning buzilishi bolaning psixik rivojlanishidagi muammolarni yoki avloddan-avlodga o'tuvchi xarakterga ega bo'lgan asabiy reaktsiyani o'zida aks ettiradi. Masalan, bolaning besh yoshida o'qrilik qilishi giperfaollik, e'tibor va muqabbatga aabiy ehtiyoj, yaqin odamini yoqotish reaktsiyasi, intellektual rivojlanishdagi toxtalish, zaruriy ozuqa va buyumlarni olish imkonsizligi bilan bog’liq bolishi mumkin.
Maktabga chiqish lahzasidan vaziyat printsipial tarzda ozgaradi - bolada ulqaygan psixik imkoniyatlari sharoitida shaxsning jadal ijtimoiylashuvi bosqichi boshlanadi. Shu vaqtdan boshlab bolaning ma'lum bir harakatlarini qaqiqatan qonunbuzarlikka yaqin sifatda ko'rib chiqish mumkin. Kichik maktab yoshida (6­11 yosh) delinkvent axloq quyidagi shakllarda ko'rinishi mumkin: mayda bezorilik, maktab qoidalari va intizomni buzish, dars qoldirish, uydan qochib ketish, yolqonchilik va o'qrilik.
Rossiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy krizis delinkvent axloqning, shu jumladan, yosh bolalar guruhlarida ham o'sishiga ko'maklashganini ta'kidlash lozim. Aqoli bir qismining qashshoqlashuvi, jamoatchilik tarbiya institutlarining parchalanishi, jamiyat korsatmalarining ozgarishi - bularning barchasi qarovsiz turdagi asotsial bola shahar kochalarining odatiy qaqramoniga aylanishiga olib keldi. Kichik yoshdagi maktab o'quvchilarining ko'cha bezoriliklari (o'qrilik, telefon avtomatlari yaqinidagi qalloblik, ta'magirlik) daydilik, giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarni iste'mol qilish bilan uyqunlashadi. Albatta, bunday qollarda bolalarning deviant axloqi qonunan o' smirlar va katta yoshdagilarning delinkvent axloqiga o'tadi.
O'smir yoshida (12—17 yosh)gi qonunbuzarlik harakatlari anchagina anglangan va ixtiyoriy hisoblanadi. Ushbu yosh uchun “odatiy” buzilishlar - o’g’il bolalarda - o'qrilik va bezorilik, qizlarda - o'qrilik va fog’ishabozlik bilan bir qatorda yangi shakllar ham keng tarqaldi - giyohvand moddalar va qurol bilan savdo-sotiq qilish, reket, qo'shmachilik, muttaqamlik, biznesmen va xorij fuqarolariga tashlanish. 1998 yili 190 mingga yaqin voyaga etmagan jinoyatchilar (qonunni buzuvchilarning umumiy sonini 10 foizi) ro'yxatga olingandi. Statistik ma'lumotlarga qaraganda o'smirlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning katta qismi guruh bo'lib amalga oshirilgan. Guruhda jazodan qo'rquv pasayadi, tajovuz va shafqatsizlik keskin kuchayadi, o'ziga va sodir bo'layotganlarga nisbatan tanqid susayadi. Guruhli qonunbuzarlik axloqining birmuncha yuqori ko'rsatkich namunasi futbol matchidan keyin yoshlar ko'pchilikni tashkil etuvchi ishqivozlarning “sayri” hisoblanadi.
V.N.Kudryavtsev hisoblaydiki, jinoiy karera, qoidadagidek, yomon o'qish va maktabdan begonalashishdan (unga salbiy-dushmanlarcha munosabat) boshlanadi. Keyin oilaviy muammolar va tarbiyaning “nopedagogik” usuli fonida oiladan begonalashish sodir bo'ladi. Keyingi qadam esa jinoiy guruhga kirish va jinoyat sodir qilish o'ladi. Bu yo'lni bosib o'tishga o'rtacha 2 yil talab qilinadi. Mavjud bo'lgan ma'lumotlarga qaraganda 60 foiz professional jinoyatchilar (o'qrilar va moshennikov) bu yo'lga o'n olti yoshlarida qadam qo'yganlar.
Determinatsiya bo'yicha o'smir huquqbuzarlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Birinchi guruhni ularning harakatlarga hissiy reaktsiyasini noto'qri yo'naltiruvchi qator sabablar oqibatida rivojlanmay qolgan oliy tuyqular (uning xabari, majburiyat tuyqusi, mas'uliyat, yaqinlariga kongil qoyish) yoki yaxshilik yoki yovuzlik qaqidagi tasavvurlarga ega osmirlar tashkil etadi.
Ikkinchi guruhga gipertrofik yosh reaktsiyasi bo'lgan o'smirlarni kiritish mumkin, bu ularning oppozitsion va antiijtimoiy axloq xarakteriga o'tishini ko'rsatadi (boshqa yoqimli sharoitlarda).
Uchinchi guruhni delinkvent axloqni bevosita o'z atrofidagilarga turqun yuzaga chiqaruvchilar va kim uchun bunday axloq odatdagi me'yoriy (o'z o'zining salbiy obrazi, o'z-o'zining nazorati yo'qligi, sust rivojlangan vijdon, odamlarga ehtiyojiy munosabat bilan) hisoblanganlar tashkil etadi.
To'rtinchi guruhga psixik va asabiy xafagarchiligi bo'lgan o'smirlar taalluqlidir (ularda delinkvent axloq bilan birgalikda oqriqli simptomlar yoki intellektual rivojlanmaganlik belgilari ishtirok etadi).
Nihoyat, o'smirlarning ongli ravishda delinkvent axloqni tanlovchi (psixik xafagarchilik bilan azoblanmaydigan etarlicha o'z-o'zini nazorat qilishga ega va o'z tanlovining oqibatlarini tushunuvchi) beshinchi guruhi ajratiladi.
Birmuncha noxush prognostik belgilar (kelgusida antijamoatchilik axloqini shakllanishi planida) deb quyidagilarni hisoblash mumkin: vijdon va aybdorlik tuyqusining yo'qligi, patologik aldamchilik, odamlarga ehtiyojiy munosabat, beparvolik, irkitlik, aniq ko'rinib turgan psixopatologiya.
Jinsiy va yoshdan tashqari, konstitutsional omil ajratiladi. Tadqiqotchilar konstitutsional xususiyatlar shaxs rivojlanishini antiijtimoiy tomonga yo'naltirishi mumkin, deb ta'kidlaydilar. Masalan, bolaning ishtiyoqi shu qadar kuchli bo'lishi mumkinki, u ochlik qolatiga qiyinchilik bilan chidaydi, buning ta'siri ostida u oqrilikka qol urishi mumkin. Yoki eqtimol, kichik bolalarda yaqin munosabatlar ornatish qobiliyatida aniq ko'rinib turgan individual farq mavjud.
Psixopatologiyaning (har qanday yoshda) shaxs delinkvent axloqiga ta'siri qaqidagi masala munozarali bo'lib qolmoqda. «Psixik og’ishlar va antijamoatchilik axloq munosabatlarining muammosi - psixiatriyada eng murakkab va chalkashlaridan biridir», - deya ta'kidlaydi V.V.Korolev. Delinkvent axloq bilan uyqunlashuvchi anomaliyalarning birmuncha tarqalgani sifatida quyidagilarni aytadilar: psixopatiya, piyonistalik; asabiy xafagarchilik; bosh suyagi-miya jaroqatlar va bosh miyaning organik kasalliklarining qoldiq ko'rinishlari; intellektual etishmovchilik .
Psixik anomaliyaga ega bo'lgan odamlar intellektual yoki hissiy-ixtiyoriy patologiya oqibatida o'z harakatlarini anglash va nazorat qilishning past layoqatini namoyon etadilar. Ayni damda tibbiy me'yordan og’ishishni garchi ular qator qollarda uyqunlashsa-da, jinoiy harakatlarni chaqiruvchi aniq sabablar deb hisoblab bolmaydi.
Psixik xafagarchilikning muayyan sharoitlar bilan uyqunlashuvida odamning o'z jinoyati uchun qonun oldida javob by era oladigan aqamiyatli tarzda pasaytiruvchi, ya'ni o'z harakatlarini anglash va ularni nazorat qilishga qodir patologik affektning yuzaga kelishini kutish mumkin.
Ko'pgina mualliflar ham kam dalillangan, ko'pincha atrofdagilar uchun kutilmagan shafqatsiz qotillikni aynan patologik axloqning ko rinishi sifatida ko'rib chiqadilar. Yu.B.Mojginskiy ko'rsatishicha, psixik xafagarchilik belgisisiz o'smirlar tomonidan sodir etilgan shunga o'xshash jinoyatlar qolida ikkita patologik tendentsiya kuzatiladi: affektning buzilishi (ruqiy azoblanish qolati, distimiya) va shaxs krizisi (psixopatik rivojlanish). Ushbu buzilishlar shaksiz aniq ijtimoiy-psixologik kontekst bilan uyqunlashadi. Ular orasida muallif nizoli vaziyatlar, uzoq muddatli stress (oilada cho'zilib ketgan janjal), o'smir guruhlarining ta'siri (guruhli qadriyatlar va qodilara), to'laqonli emaslik kompleksi, aqamiyatsiz bo'lgan tashqi xavfni nomlaydi.
X.Remshmidt o'smirlar delinkvent axloqining etiologiyasida boshqa psixik kasalliklar belgisisiz engil hissiy zararlar; qo'rquv, soqinch yoki axloqning zo'ravonlik usuli bilan manifestlanadigan aniq ko'rinib turgan hissiy buzilishlarni ajratadi.
Qator qollarda kayfiyatning buzilishi mayl patologiyasi bilan uyqunlashadi, masalan, kuydirish (piromaniya) yoki o'qrilik (kleptomaniya) ga davriy engib bo'lmas qiziqish bo'lgan patologik axloq. Shu qatorda qiziqishlar buzilishiga qochish va daydilikka moyillik taalluqlidir. Umuman olganda buzilgan qiziqishlar sindromi quyidagilar bilan xarakterlanadi: impulsivlik, turqunlik, shaxs uchun begonalik va engib bo'lmaslik. X. Remshmidt, ruqiy azoblanish qolatidagi delinkventlarni yoritib, “qiziqish va tajovuzning kuchayishi” qamda “qiziqishning mutlaq yo'qolishi” qolatining almashinishi qaqida gapiradi .
Keltirilgan ma'lumotlar affektiv ixtisosi shaxsning antiijtimoiy axloq bilan boqlangan va o'z navbatida, ichki qamda tashqi omillar yiqindisiga bo'ysunuvchi birmuncha aqamiyatli xislatlaridan biri hisoblanishi qaqida gapirishga imkon beradi.
Shunday qilib, axloq determinatsiyasi bo'yicha delinkvent shaxsning bir necha asosiy guruhlarini ajratish mumkin:
Vaziyatli qonunbuzar (ko'pincha vaziyat taqozosi bilan qo'zqatilgan qonunga qarshi harakatlar);
Submadaniyatli qonunbuzar (antiijtimoiy qadriyatlar guruhlari bilan o'xshash bo'lgan buzuvchi);
Asabiy qonunbuzar (intrapsixik nizo va xavotir natijasida chiquvchi asotsial harakatlar);
“Organik” qonunbuzar (impulsivlik, intellektual etishmovchilik va affektivlik ustunligi bilan miya jaroqati oqibatida sodir etiladigan qonunga qarshi harakatlar);
Psixotik qonunbuzar (og’ir psixik buzilish - psixoz, ongning xiralashishi natijasida sodir etiladigan deliktlar);
Antiijtimoiy shaxs (shaxsiy chiziqlarining maxsus uyqunligida yuzaga kelgan antijamoatchilik harakatlari: dushmanlik, oliy tuyqularning rivojlanmaganligi, yaqinlikka qodir bo'lmaslik).

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin