1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari


Shaxs tazovuzkor axloqining shakllanish sharoitlari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə8/56
tarix05.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#173184
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56
1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari

2. Shaxs tazovuzkor axloqining shakllanish sharoitlari
Umuman olganda, bola va o'smir shaxsining rivojlanishi uchun tajovuzkorlik ko'rinishigina emas, uning natijasi va atrofdagilarning noto’g’ri reaktsiyasi xavflidir. qachonki zoravonlik e'tibor, qukmronlik, tan olish, pul, boshqa afzalliklar bergan qolatda bolalar va osmirlarda katta eqtimol bilan kuch madaniyatiga asoslangan ijtimoiy ishlaydigan va katta odamlar (masalan, jinoy guruhlar) asosida tuzilgan axloq shakllanadi. Atrofdagilarning tajovuzni kuch bilan bostirishga urinishlari kop qollarda qarama-qarshi kutilgan samaraga olib keladi.
Katta odamlarda tajovuzkor axloq korinishi ancha turli-tumandir, chunki kopincha ularning individual xususiyatlari bilan aniqlanadi. Individual-shaxsiy tavsifnomalar sifatida, potentsiyalanadigan tajovuzkr axloq, odatda, jamoatchilikning ma'qullamasligi, jizzakilik, shubhalilik, xurofiy odatlar (masalan, milliy), shuningdek, gunoq o'rniga uyalish tuyqusini qis qilishga moyillik kabi chiziqlar ko'rib chiqiladi. Zo'rlikka moyillikni quvvatlashda muqim rolni insonning o'z taqdiri (ba'zida esa boshqa odamlarning ham taqdiri) ga yagona qokim hisoblanishiga ishonchi, shuningdek, uning tajovuzga (foydali yoki me'yoriy ko'rinishga) ijobiy munosabati o'ynashi mumkin.
Alohida kategoriyadagi odamlar - tajovuzni yoxud tez-tez, yoxud oxirgi shaklda namoyish etuvchi ekstremistlar qaqida gapirish mumkin. Ekstremistlar, o'z navbatida, yaqqol ikki guruhga bo'linadi: past va yuqori o'z-o'zini nazorat qilish bilan. Birinchilari zaif rivojlangan o'zini tutuvchi mexanizmlari kuchida tajovuzni doimiy namoyon etsalar, ikkinchi guruhdagilar - hatto kuchli qo'zqatuvchilardan uzoq muddat saqlanishlari, biroq ichki resurslar so'ngach tajovuzning oxirgi ko'rinishlarini (brutalga qadar) namoyish qiladilar.
Shaxsning tajovuzkor axloqiga ta'sir korsatuvchi boshqa xususiyat uning frustratsiyaga chidash berish qobiliyati hisoblanadi. Ma'lumki, frustratsiya ostida ehtiyojni qoniqtirish yoki maqsadga erishish yo'lidagi to'siqlar bilan chaqirilgan qolat tushuniladi. Ba'zi mualliflar frustratsiyani tajovuzkor axloqning etakchi sabablaridan biri sifatida ko'rib chiqadilar. Umuman olganda frustratsiya - juda ham tarqalgan ko'rinish, va odamlar uni uddalashda qobiliyatlari bo'yicha juda farqlanadilar. Agar tajovuzkor axloq frustratsiyani bartaraf etishga muvaffaqiyatli tarzda yordamlashsa, unda ta'limning qonunlariga muvofiq katta eqtimollikda kuchayadi. Shuningdek, agar odam frustratsiyaga yuqori ta'sirchan bolsa, yana unda frustratsiyani engishning ijtimoiy maqbul usullari ishlab chiqilmagan bolsagina, muammo yuzaga kelishi mumkin.
Agar boshqa ta'sirni - jinsiy (gender) omilni baholasak, - unda erkaklar (o’g’il bolalar) ancha yuqori to’g’ridan-to’g’ri va jismoniy, ayollar (qiz bolalar) esa - bilvosita va verbal tajovuzni namoyon qiladilar. Umuman olganda, ayni damda ayollar kopincha va muvaffaqiyatli tarzda uning psixologik variantiga murojaat qilsalar erkak jinsiga jismoniy kuch ishlatishga katta moyillik qayd qilinadi.
Yosh, gender va individual omillarning butun muqimligiga qaramay, tajovuzkor axloqning shakllanishida, ko'plab tadqiqotchilar fikriga kora, shaxs rivojlanishidagi ijtimoiy sharoitlar etakchi aqamiyat kasb etadi.
Ommaviy axborot vositalari (OAV) ning shaxs tajovuzkor axloqiga ta'sirini birmuncha munozarali masalalardan biri deb hisoblash mumkin. OAVning salbiy ta'siri tarafdorlari odamlar o zlarini tajovuzkor tutishga, avvalo, boshqalarning tajovuzini kuzatib o'rganadilar degan dalildan kelib chiqadilar. M.Xyusmann tadqiqotchilar guruhi bilan televizion ko'rsatuvlarni ko'rish va tajovuzkorlik o'rtasidagi korrelyatsiyani 20 yil davomida kuzatdilar . Ular aniqladilarki, 30 yoshda sodir etilgan jinoyatlarning oqirligi 8 yoshda afzal ko'riladigan teleko'rsatuvlarga mos tushadi. Televideniya vositasida tajovuzkor axloqning shakllanish mexanizmi quyidagi obrazda ko'rinishi mumkin: teleko'rsatuvlarga o'ta qiziqish - tajovuzkor fantaziyalar - personaj bilan o'zini o'xshatish - muammoni qal qilish va odamlarga ta'sir korsatishning tajovuzkor usulini ozlashtirish - tajovuzkor harakatlarni takrorlash - shaxslararo munosabatlarda muammoni echish uchun tajovuzdan foydalanish - madad olish

  • tajovuzkor odatlar - rivojlanmagan ijtimoiy va o'quv malakalari - frustratsiya - teleko'rsatuvlarni o'ta ko'p tomosha qilish - va q.k.

Kuzatish orqali tajovuzkor axloqning shakllanishi bir necha shartlarni bajargandagina mumkin. Birinchidan, ko'rilganlar real ko'rinishi va odamni chulqab olishi zarur. Ikkinchidan, ko'rilganlar aynan tajovuz sifatida anglanmoqi kerak. Uchinchidan, tajovuz qachonki tomoshabin o'zini tajovuzkor bilan o'xshatsa, tajovuzning potentsial ob'ekti esa aniq shaxs uchun filmdagi tajovuz qurboni bilan assotsiatsiyalansagina tajovuz taqlid qilib organiladi. Organishning keyingi printsipial sharti tajovuz natijasida qaqramonning tomoshabin uchun aqamiyatli bo'lgan lazzat olishi yoki maqsadga erishishi hisoblanadi.
Umuman olganda, tajovuzkor saqnalarni ko'rish, chamasi, ko'pchilik katta odamlarga ko'zda tutilgan to’g’ridan-to’g’ri salbiy ta'sir korsatmaydi, chunki qabul qilishning o'zi ichki va tashqi sharoitlar yiqindisini belgilaydi. Zo'ravonlik saqnalariga odamlarning reaktsiyasi turli-tuman bo'lishi mumkin: jirkanish, yoqimsiz, virtualizatsiya (tasvirlangan qodisani noreal sifatda qabul qilish), faqat ba'zi qollarda - qoyil qolish yoki taqlidga intilish. Shunga qaramay, OAV ning bolalar va o'smirlar rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi qaqqoniy xavfyni tuqdiradi va maxsus o'rganishni talab qiladi.
Shaxs axloqiga ommaviy axborot vositalarining ta'siri to'la tushunarsiz bo'lib qolgan bir paytda oilaning tajovuzkor axloqning shakllanishida asosiy ijtimoiy manba bo'lib qolayotgan hozirgi vaqtda tan olinmoqda. Yaxshi ma'lumki, tajovuz nafaqat dushmanlarga notanish odamlar yoki raqiblarga nisbatan namoyon bo'ladi. Psixologik yoki jismoniy zo'rlik ko'pgina oilalar uchun mutlaqo kam uchraydigan qodisa emas. Oilada tajovuz ko'rinishlarining shakli turli-tumandir. Bu to’g’ridan-to’g’ri jismoniy yoki jinsiy zo'rlik, sovuqqonlik, taxqir, salbiy baho, shaxsga bosim, bolani hissiy qabul qilmaslik bo'lishi mumkin. Oila a'zolari ozlari tajovuzkor axloqni namoyon qilishlari yoki bolaning istalmagan harakatiga madad berishlari mumkin, masalan, mushtlashishda uning qalabasidan qururlanishni ifodalab.
Bolaning tajovuzkor axloqiga turli oilaviy omillar ta'sir korsatadi, masalan, oilaning past darajada qovushganligi, janjalkashlik, ota-onalar va bola o'rtasidagi etarlicha bo'lmkagan yaqinlik, bolalar o'rtasidagi o'zaro noxush munosabatlar, oilaviy tarbiyaning noteng uslubi. Masalan, o'ta qattiq nazoratdan foydalanuvchi (giperopeka), Nihoyatda qattiq jazoni qo'llovchi ota-onalar ko'pincha o'z farzandlarining tajovuzi va quloq solmasligiga duch keladilar. Shuningdek, otaning onaga nisbatan tajovuzkor munosabati (jismoniy zo'rlik yoki aniq ma'naviy kamsitish) ham bolaga yaqqol salbiy ta'sir ko'rsatadi, degan fikrlar mavjud.
A.Bandura va R. Uolter ushbu “oilaviy” masalani o'rganishga maxsus tadqiqotni baqishladilar va quyidagi ma'lumotlarni oldilar. Tajovuzkor o'g’il bolalarning ota-onalari bolalarining yutuqlariga nazorat guruhidagi (tajovuzkor axloqi bo'lmagan) ota-onalarga nisbatan kamroq talab qo'yganlar va ularni bolalikda kamroq cheklaganlar. Ayni vaqtda ko'rib chiqilgan o'smirlar ota- onalarining ta'siriga kuchliroq qarshilik ko rsatganlar. Tajovuzkor axloqli o’g’il bolalar otalaridan kora onalariga ancha boqlanib qolgan. Nazorat guruhidagilar ichki o'z-o'zini nazorat qilishni rivojlantirish, masalan, ishoish usulidan keng foydalangan bir vaqtda tajovuzkor o'smirlarning ota-onalari ko'pincha majburlash usuliga tayanganlar. Tajovuzkor o’g’il bolalarning otalarikeskinlik va ko'pincha bolalarni jazolash tendentsiyasi bilan xarakterlangan bir vaqtda onalar zaif umumiy kelishuvda talabchan emaslik va o'zaro munosabatlarda etarlicha bo'lmagan samimiyligi bilan xarakterlanadi. Tajovuzkor o’g’il bolalar o'z otalari bilan kam o'xshashdirlar, ular nazorat guruhidagi o'smirlarga qaraganda ko'pincha otalarining tanqidiy va dushmanlik munosabatlariga javob qaytaradilar Bularning barchasi, tadqiqotchilar fikriga kora, ota-onalik qadriyatlari tizimini o'zlashtirish va ularning talablarini bajarishni murakkablashtiradi.
A.Bandura va R.Uolter o'smirlarning ijtimoiylashuvi va ularning oilaviy sharoitlari o'rtasidagi aloqani o'rganib, bola axloqini belgilovchi uchta asosiy xususiyatlarni ajratdilar: uning tobe (samimiy-shaxsiy) munosabatlar o'rnatishga tayyorligi, vijdon rivjlanganligi darajasi, tajovuzga motivatsiya kuchi. Mualliflar fikriga ko'ra, oila samarali ijtimoiylashuvning eng kam darajadagi sharoitini yaratishi kerak. Bolaning atrofdagilarni qiziqishi, e'tibori va ma'qullashini istashga orgatadigan bevosita birinchi muqim shart meqribonlik motivatsiyasidir. Ikkinchi zaruriy shart deb tadqiqotchilar izchil talablar va cheklovlar (shu shart bilanki, ota-onalarning o zlari ijtimoiy me'yorlarni bo'ladilar) shaklidagi “ijtimoiylashuvning bosimi”ni ataydilar. Aksincha, axloqning dushmanlik shakli oilada ota-onalik muqabbatiga ehtiyoj frustratsiyasi, doimiy jazoni qo'llash (istalgan axloqni raqbatlantirish ustidan uning ustunligi), ota-onalar tomonidan talablarning kelishmaganligi, ota-onalarning o'zlarini tajovuzkorligi natijasida paydo bo'ladi.
Shunday qilib, “asotsial tajovuz nazariyasi”ga muvofiq bolaning tajovuzkor axloqi dastavval bitta yoki ikkala ota-ona tomonidan nozik g’amxo’rliklik va meqribonlik etishmasligidan tuqiladi. Ko'ngil qo'yish frustratsiyasi bolada doimiy dushmanlik tuyqusining paydo bo'lishiga olib keladi, chunki o'zi uchun aqamiyatli bo'lgan kattalarga (shu jumladan, uning hissiy ko'rinishlari) taqlid qilish orqali rivojlanadi. Bolaning ota-onalari bilan munosabatida rivojlangan ko'rsatma va axloqi oqibatda boshqa odamlarga ko'chiriladi (sinfdoshlar,o'qituvchilar, turmush o'rtoqi). Agar aniq odamga tajovuz ko'rinishining oldi olinsa (yoki boshqa sabablar kuchida mumkin bo'lmaydigan bo'lib qolsa), tajovuz yangi “ancha xavfsiz” (dostupno'y) ob'ektga siljishi mumkin.
Shuni aniqlash lozimki, yuqorida ko'rib chiqilgan eksperimentda asosan o’g’il bolalar ishtirok etdilar. Ko'pchilik tadqiqotchilar oilada har xil jinsdagi bolalarga yomon murojaatning ta'siri turlicha ekanini ta'kidlaydilar. qator mualliflarning fikriga kora, bolaligida shafqastizlik namoyon etilgan qiz bolalar mazoxistik patterna axloqining rivojlanishiga moyildirlar, o’g’il bolalar bunday qolda o'zlarini tajovuzkor bilan o'xshatadilar va katta eqtimollik bilan sadistik yo'nalishda rivojlanadilar.
Tajovuzkor axloqning sodir bo'lishida oilaning etakchi roli qaqidagi gipoteza foydasiga yana bir isbot - bu ma'lum sharoit - bolalar muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalarda tajovuzkorlik bilan bog’liq bolgan buzilishning ustunligi (asrab olingan bolalardan farqli ravishda) hisoblanadi. Bir vaqtning ozida zaruriy ota-onalik qamxo rligidan maxrum bo lgan barcha bolalar ham tajovuzkor bolavermaydilar. Oilaviy deprivatsiyaning boshqa oqibati odamovilik, yuqori bog’liqlik, bo ysunishga ortiqcha tayyorlik yoki chuqur xavotirlilik bo lishi mumkin (pirovard, eqtimol, deprivatsiyaning darajasi, bolaning yoshi, uning konstitutsional xislatlari va boshqa sharoitlarga bog’liq).
Shunday qilib, ichki va tashqi omillarning noxush ta'sirida tajovuzkor mayl qaqiqatan tajovuzkorlik va jamoatchilik uchun xavfli shaklgacha bolgan turqun barbod qiluvchi axloq shakliga ega boladi. Biroq tajovuz salbiy oqibatlarga olib kelishi shart emas. Masalan, u nafaqat yangi va yangi ob'ektlarga aralashib ketishi, balki faoliyatning turli shakllariga - biznes, o'qish, sport, sardorlik va q.k. larga qo'shilishi (sublimatsiya qilmoq) mumkin.
Albatta, me'yorda tajovuz muqofaza xarakteriga ega va yashashga xizmat qiladi. U shuningdek, individning faolligi manbai, uning ijodiy potentsiali va yutuqlarga intilishi bo'lib yuzaga chiqadi. Shaxs tajovuzning turli ko'rinishlarini taniy olishi, tajovuzni ijtimoiy maqbul shakllarda ifodalashi va Nihoyat, boshqalar yoki o'zining ustidan zo ravonlik qilishdan qochishi kerak va mumkin. Shaxsiy tajovuz taqdiri - har bir katta insonning shaxsiy tanlagan ishi o'z tajovuziga egalik qilish esa - umuman murakkab psixologik vazifalardan biridir.



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin