1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə4/56
tarix05.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#173184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari

Takrorlash uchun savollar:

  1. Ijtimoiy me'yor nima?

  2. Uning xususiyatlari va ta'lim usullari qanday?

  3. Aniq bir inson axloqiga ijtimoiy me'yorlarning ta'sir mexanizmi qanday?

  4. Ijtimoiy me'yor turlarini sanab bering.



3-mavzu: Shaxs og`ishgan xulqining psixologik mexanizmlari
Reja:
1. Deviant axloqqa ekzistensional-gumanistik yondoshuv
2. Og`ishgan xulqning psixodinamik aspektlari
3.Og`ishgan xulq o’rgatish natijasi sifatida


Tayanch tushunchalar: deviant axloq, o’g’ishgan xulq, ekzistensial frustrasiya, noogen nevrozlar, mijozga markazlashgan psixologiya, derivata.


1.Deviant axloqqa ekzistensional-gumanistik yondoshuv
Og'ishgan xulq muammosi ilmiy bilimning turli soqalarida tadqiqotchilarning o'ta qiziqishini uyqotadi. Ya.I.Gilinskiy ta'kidlaganidek: “Deviant axloqqa baqishlangan minglab tomlar yozib bolindi, biroq hanuzgacha uning nimaligi butkul aniq emas” [3, 6-b.].
Shaxsning deviant axloqi qaqidagi zamonaviy bilimlar biz o'zaro bog’liq omillar tizimida determinatsiyalangan shaxs ijtimoiy axloqining o'ta murakkab shakli bilan ish olib borayotganimizni tasdiqlashga imkon beradi. Afsuski, shaxs og'ishgan xulqining yagona nazariyasi qali yaratilganicha yo'q. Ayni damda ushbu masala bo'yicha kenggina ma'lumot turli ilmiy fanlarda jamlangan: tibbiyot, biologiya, psixologiya, sotsiologiya, huquq. Bundan tashqari, bilimning ba'zi soqalarida deviatsiyani o'rganuvchi maxsus bo'limlar ajratiladi. Sotsiologiyada, masalan, bu tadqiqot predmeti ijtimoiy og'ishganlik hisoblanuvchi deviantologiya.
Muammoning qandaydir bitta aspektiga, ayniqsa, e'tiborni qaratgan alohida yondoshuvlar qonunan bir birini toldiradi. Masalan, klinik yondoshuv deviantlikning psixopatologik tabiatini o'rganadi, sotsiologik nazariyala uning ijtimoiy determinantlarini ko'rib chiqadi, psixologik kontseptsiyalar ushbu ko'rinishning ichki shaxsiy mexanizmlariga asosiy urg’u beradilar.
Turli nazariyalar sharhi, bizning nazarimizda, u haqidagi zamonaviy bilimlar olamida o'rganilayotgan ko'rinishning nisbatan yaxlit tasvirini olish imkonini beradi. Shunday qilib, ushbu bo'limda og'ishgan xulq tabiatiga tarixiy va zamonaviy ilmiy nazarlar ko'rib chiqiladi: uning determinatsiyasi, shakllanish qonunchilik, ishlash mexanizmlari.
Og'ishgan xulq determinatsiyasi haqidagi masala alohida diqqatga sazovor. Determinatsiya tushunchasi ostida og'ishgan xulqni chaqiruvchi, qo'zqatuvchi yoki qo'llovchi omillar yiqindisi tushuniladi.
Determinatsiyalovchi omillar shaxs shu tizimostining biri hisoblanadigan ijtimoiy tashkilotlarning turlicha darajalarida amal qiladi. “Jamiyat-shaxs” tizimi bir vaqtning o'zida bir necha darajada ishlaydi: geofizik, makrojamoatchilik, ijtimoiy-guruhli, mikroijtimoiy, individual-shaxsiy, psixofiziologik.
Ajratilgan darajalarga muvofiq shaxs og'ishgan xulqini determinatsiyalovchi quyidagi omillar guruhini aniqlash mumkin:

  • jismoniy muhitning tashqi sharoitlari;

  • tashqi ijtimoiy sharoitlar;

  • ichki nasliy-biologik va konstitutsional zamini;

  • og'ishgan xulqning ichki shaxsiy sabablari va mexanizmlari.

Ushbu bo'lim materiali- deviantlikning tashqi ijtimoiy omillariga diqqatni uning ichki, konstitutsional-biologik sharoitlari qaqidagi ilmiy tasavvur orqali jamlovchi sotsiologik nazariyalardan tortib, og'ishgan xulqning individual-shaxsiy mexanizmlarini ochib beruvchi psixologik kontseptsiyalargacha tashqi sharoitdan ko'rinishning ichki sabablariga o'tish tamoyillari bilan tuzilgan.
qabul qilingan tasnifga muvofiq og'ishgan xulq omillarining tahlilini o'tkazamiz.
Deviant axloqning tashqi jismoniy shartlariga iqlimiy geofizik, ekologik va boshqa omillarni kiritish mumkin. Masalan, shovqin, torlik, stresni potentsiyalovchi geomagnit ikkilanish kabi ko'rinishlar tajovuzkor va istalmagan axloqning nomaxsus sabablari bo'lishi mumkin [2, 157-173-b.]. Avstriyalik rejissyor Ulrix Zaydlning “Jazirama issiq” qujjatli filmida qavoning yuqori qarorati inson psixik qolatiga ta'siri qayritabiiy tarzda aniq tasvirlab berilgan. (Film 2002 yildagi Venetsiya festivalida “Oltin novda” mukofoti bilan taqdirlangan.)
Aksincha, tashqi muhitning xotirjam sharoiti deviatsiya eqtimolini pasaytiradi. Inson axloqi va jismoniy sharoitlar orasidagi bog’liqlikka qaramay, ushbu omil bizning ta'limot doirasidan chiqadi. Bundan tashqari, u etarlicha aqamiyatli deb tan olinmaydi, chunki juda bilvosita harakatlanadi va odamlar o'sha birgina (odatiy) jismoniy sharoitlarda ozlarini turlicha tutadilar.
Inson shaxsiga ta'sir etuvchi ancha muhim omil deb tashqi ijtimoiy sharoitni tan olish lozim. Ularga quyidagilar taalluqlidir:
jamoatchilik jarayonlari (ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, davlat siyosati, an'analar, moda, ommaviy axborot vositalari va boshqalar);
shaxs mansub bo'lgan ijtimoiy guruh tavsifnomasi (irqiy va sinfiy mansublik, etnik ko'rsatmalar, submadaniyat, ijtimoiy maqom, o'quv- professional guruhga mansublik, referent guruh);
mikroijtimoiy muhit (oila qayotining darajasi va uslubi, oiladagi psixologik iqlim, ota-onalar shaxsi, oilada o'zaro munosablatlar xarakteri, oilaviy tarbiya uslubi, do'stlar, boshqa aqamiyatli odamlar). lyudi).

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin