Такрорлаш учун саволлар
“Axloq” atamasining mazmunini ochib bering va inson axloqining asosiy tavsiyanomasini sanab o’ting.
“Og`ishgan xulq” tushunchasini ta`riflashning mezonlari qanday?
“SHaxsning moslashmaganligi” tushunchasining ahamiyatini ochib bering.
“Og`ishgan xulq” va “patologik axloq” tushunchalarining o’xshash va farqli tomonlari nimada?
2-mavzu: Ijtimoiy me`yorlarning shaxs xulq-atvoriga ta`siri.
Reja:
Ijtimoiy me`yor haqida tushuncha
Ijtimoiy me’yorlar turlari va ularni boshqarish mexanizmlari
Ijtimoiy og’ishlar
Tayanch tushunchalar: me’yor, ijtimoiy meyyor
1. Ijtimoiy me`yor haqida tushuncha
Me'yorlar tushunchasi har qanday deviatsiyaning boshlanishi hisoblanadi. Og'ishgan xulq o'z ta'rifi bo'yicha ijtimoiy me'yorlardan og'ishgan xulq bo'larkan, ijtimoiy me'yorlar maxsus ko'rib chiqishga munosib.
Har qanday tizim mavjud bo'lishining asosiy shartlaridan biri uning qandaydir muvozanat qolatini saqlab turishga layoqatidir.
Insoniyat tarixi tartibsizlik shubhasiz parchalanishga olib kelishiga ishonchli misollar keltiradi va aksincha tartiblilik va kelishuvga intilish jamiyat va umuman qayotning mavjud bolishi uchun kafolat bolishi mumkin. Me'yorlar jamiyat tizimini qochib bo lmaydigan o zgarishlar sharoitida qayotga layoqatli muvozanat qolatini tutib turuvchi mexanizmi hisoblanadi. Jamiyatda bir vaqtning ozida turlicha- ilmiydan tortib jinoiygacha me'yoriy submadaniyat mavjud.
Umuman olganda me'yor tushunchasi etarlicha munozarali hisoblanadi.
Lotin tilidan tarjima qilganda “me'yor” - qoida, namuna, Tabiiy va gumanitar fanlarda me'yor tizimni saqlash va ozgartirish uchun yol qoyilgan olchov, chegara sifatida tushuniladi. Ijtimoiy me'yorlar mavjud me'yorlar turining biridir (texnik, biologik, estetik, tibbiy va boshqalar bilan bir qatorda). Ijtimoiy me'yor - ijtimoiy jamiyat (guruh, tashkilot, sinf, jamiyat) o'z a'zolariga munosabatlar va faoliyatni boshqarish maqsadida bayon etgan umid va talablar yiqindisi.
Ijtimoiy me'yor aniq bir jamiyatda odamlar, shuningdek, ijtimoiy guruhlar va tashkilotlarning yol qoyilgan yoki majburiy axloqida tarixan vujudga kelgan oraliqni mustaqkamlaydi. Tabiiy-ilmiydan farqli ravishda ijtimoiy me'yor rivojlanishning xolis qonunlariga muvofiq kelishi va muvofiq kelmasligi mumkin. Oxirgi qolatda me'yorning o'zi (masalan, totalitar jamiyat qonunlari) anomal va undan og’ish me'yoriydir. Buning oqibatida ijtimoiy og’ishlar nafaqat salbiy, tizimning ishlashini buzuvchi, balki uning istiqbolli rivojlanishini raqbatlantiruvchi, ijobiy bolishi mumkin, masalan, ilmiy va badiiy ijod.
Ijtimoiy me'yorlar korinishi ozining barcha ko'p obrazlilikda quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:
Ijtimoiy me'yorning mansublilik va dinamiklikdek xususiyati alohida qiyinchilik tuqdiradi. Tarix o'sha birgina ko'rinish uchun turlicha madaniy misollariga boy. Axir insonning modada birmuncha aniq ifodalangan tashqi qiyofasiga bo'lgan talablar ko'z o'ngimizda o'zgarmoqda. Boshqa yorqin misol - qator davlatlarda ayol axloqining jins rolidagi radikal o'zgarishlar. Jinsiy axloqqa ustanovka ham darrov qarama-qarshi tomonga o'zgaradi. Masalan, evropa mamlakatlarining tarixida biz quyidagi metamorfozni kuzatishimiz mumkin: qadimgi dunyoning poligamiya va orgazstik madaniyatidan - Yangi davrning zolim qarshiliklari orqali - oxirgi o'n yillikning jinsiy inqilobiga, jinsiy munosabatlarda to'liq ozodlik va gomoseksual nikoqlarning qonuniylashgunicha.
Ijtimoiy me'yorlarning sanab o'tilgan xususiyatlari ko'pincha individual ongda salbiy tuyg’ular - oddiy tushunmovchilikdan ochiq e'tirozgacha tuqdirishi mumkin. Shaxs manfaatlari va me'yorning repressiv tabiati ortasidagi nizo odamparvarlik jarayonlari bilan birmuncha tekislanadi. Zamonaviy rivojlangan davlatlarda jamiyatning qonunga rioya qilishdagi kuchlanish Tendentsiyasi individuallik korinishida ayon bo'ladi.
Umuman olganda tegishlilik va ichki qarama-qarshilikka qaramay ijtimoiy me'yorlar har qanday jamiyat qayotida bebaho boshqaruvchi rolni oynaydilar. Ular ushbu jamiyat uchun ayni vaqtda istalgan me'yoriy-ma'qullangan harakatlar maydonini yaratadilar, bu bilan shaxsni uning axloqiga qaratadilar. Ular jamiyat tomonidan nazorat vazifasini bajaradilar, namuna bolib xizmat qiladilar, axborot beradilar, axloqni baholashga imkon beradilar, uni oldindan aytib beradi. Odamlar ularga qanday munosabatda bolmasinlar me'yorlar mavjud va uzluksiz harakatlanadi.
2.Ijtimoiy me’yorlar turlari va ularni boshqarish mexanizmlari
Ijtimoiy me'yorlar turli-tuman shakllar va mazmunga ega bolishi mumkin. Me'yorlar rasmiylashtirilgan - qonunlar, qoida va yo'riqnomalar ko'rinishida yozilgan bolishi mumkin. Biroq ko'p qollarda ular jamoatchilik ongida xalq an'analari, ijtimoiy farmoyishlar, jamoatchilik fikri sifatida mavjud bo'ladi. Me'yorning turli ko'rinishlari o'zaro zich boqlangan.
Boshqariladigan munosabatlar muqiti bo'yicha ijtimoiy me'yorlarning quyidagi asosiy guruhlarini ajratish mumkin: ijodiy-axloqiy, ma'naviy-etik, huquqiy, siyosiy, tashkiliy-professional.
Axloqiy (ma'naviy) me'yorlarning tashuvchilari odamlarning o'zlari, shuningdek, oila, diniy konfessiya, jamoatchilik tashkilotlari kabi ijtimoiy institutlardir. Ijodiy-axloqiy me'yorlar turlicha shakllarda mavjud. Bu, avvalo, dunyo dini, badiiy madaniyat va ilmiy fikrda taqdim etilgan umuminsoniy qadriyatlardir. Shuningdek, bu xalq an'analari va odatlari, xalqaro konventsiya va deklaratsiyalar. Qator qollarda axloqiy me'yorlar etik me'yorlar bilan yagona ma'lumotga qo'shilib ketadi. Ma'naviy-etik me'yorlar o'zida muayyan ijtimoiy guruhlarga (real yoki nominal) uning a'zolariga nisbatan umidi-amrini aks ettiradi. Ma'naviy- etik me'yorlarni tashuvchilar aniq ijtimoiy uyushmalar, ularning sardorlari va raqbarlari hisoblanadilar. Ushbu ko'rinish me'yorlari, odatda, matnli mustaqkamlanmagan. Garchi chekinish bolsa-da, masalan, ruscha Uy qurish. Etik me'yorlar axloqiy qadriyatlar bolishi mumkin, biroq ularga qarama-qarshilik qilishi ham mumkin, masalan, korporativ etika qollari yoki asotsial guruh qonunlarida buning o'rni bor.
Guruhli me'yorlar ko'pincha stereotiplar va predrassudkalarni tuqdiradi, masalan, irqiy yoki etnik. Stereotip qollarda odam tasavvurida tafakkur eskirgan, qotib qolgan yoki tor bo'lishi mumkin. Stereotiplar ijobiy rol o'ynashlari mumkin, masalan, tafakkurning iqtisodiyligiga yordamlashgan qolda. Biroq ko'p qollarda ular muayyan vaziyatga o'xshash axloqqa to'sqinlik qiladilar. Xurofiy odatlar bo'lsa noto'qri qabul qilishning oqibati hisoblanadi, bu yaqqol ifodalangan affektiv komponent borligi bilan yanada chuqurlashadi.
Huquqiy me'yorlar, ijtimoiy me'yorlarning turli-tuman ko rinishlaridan biri bo'lib, albatta, ancha aniqdir. Ular davlatning asosiy qujjatlarida mustaqkamlangan (konstitutsiya, jinoyat kodeksi, fuqaro kodeksi). Ushbu me'yorlar barcha davrlar tizimi bilan boshqariladi (qonuniy ijodiy institutlar, hukumat, huquqni qimoya qilish organlari). qonunga qarshi axloq moqiyati bo'yicha nafaqat alohida bir jabr ko'rgan odamning zararlangan manfaatlarini, balki tartibni - ijtimoiy qayot asoslarini ham turqunlashtirishga yo'naltirilgan. Shuning uchun og'ishgan axloqning ushbu ko'rinishi bugun jamiyat uchun birmuncha xavfli ko'rinish sifatida ko'rib chiqilmoqda.
Siyosiy me'yorlar xalqaro qujjatlarda, davlatlararo bitimlarda ifodalangan va davlat (xalq) lararo munosabatlarni boshqaradi.
Tashkiliy-professional me'yorlar lavozim yo'riqnomalari, ichki tartib qoidalari, professional an'analar orqali boshqariladi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, hozirgi vaqtda ijtimoiy me'yorlarning yangi- individual turi paydo bo lgani haqida gapirish mumkin. har bir shaxsning qadriyatlarini tan olish bilan bog’liq bo'lgan individual me'yorlar, jamiyat qayotida ko proq katta rol o ynashni boshladi, bu esa umuman olganda jamoatchilik ongida kozga tashlanadi.
Bugun shaxsning huquqi qator madaniyatlarda, uning o'z-o'zini qadrlashida jamoatchilik manfaatlari bilan tenglashtirilgan.
Psixologiya uchun shaxsga ijtimoiy me'yorlarning ta'sir mexanizmi haqidagi masala o'ta muqim. Ijtimoiy fenomen sifatida ijtimoiy me'yorlar shaxs ichki dunyosida uning butun qayoti davomida interiorizatsiyalanadi. Ayniqsa, bu oilada bolaning ilk rivojlanish bosqichida jadal sodir bo'ladi. Chuqur psixologiya doirasida ko'plab ichki farmoyishlar, talablar va cheklovlarni o'z ichiga olgan super-Ego kabi individual tuzilmaosti maxsus ajratiladi.
Umumiy psixologik taassurotlarga muvofiq me'yorlar individual ongda ijtimoiy-psixologik ko'rsatma shaklida ishtirok etadi. “Tayyorlik, sub'ektning muayyan obrazda qabul qilishga predraspolojennost yoki harakatlanishi” dek ko'rsatma turli shakllarga ega. “Ijtimoiy ko'rsatma” atamasi (inglizchada «attityud») o'tgan asrning 20-yillarida U.Tomas va F.Znanetski tomonidan kiritilgan. Keyinroq M.Smit attityud tuzilmasini uchta mashqur komponentni ajratib aniqlashtirdi:
kognitiv (ob'ekt yoki ko'rinish haqidagi bilimlar, tasavvurlar); affektiv (ob'ektga hissiy-baholovchi munosabat);
konativ yoki axloqiiy (shaxsning ob'ektga nisbatan muayyan axloqni amalga oshirishga tayyorligi) [16].
Ijtimoiy ko'rsatmalar odam tomonidan nimagadir shaxsiy munosabat , ushbu shaxs - uning shaxsiy mazmuni uchun ob'ekt (ko'rinish) ning aqamiyati sifatida boshdan kechiriladi. Ustanovki otrajayut svyaz mejdu ob'ektom i ego otsenkoy. Shu bilan ular odamni ijtimoiy axloqning muayyan ko rinishiga tayyorligini shakllantiradilar.
Dispozitsiyali kontseptsiyada V.A.Yadovning [24] ijtimoiy axloqni boshqarish dispozitsiyaning (ijtimoiy ko'rsatmalar) 4 ta darajasiga ajratiladi: sodda vaziyatli axloqiy ko'rsatmalar;
kichik guruhlar va ko'nikkan vaziyatlar darajasida harakatlanuvchi ijtimoiy ko'rsatmalar;
shaxs manfaatlarining ijtimoiy faollikni aniq soqasiga nisbatan umumiy yo'nalganligi ro'yxatga loinuvchi dispozitsiyalar;
shaxsning uni ijtimoiy axloqi va faoliyatini boshqaruvchi oliy qadriyatlar orientatsiyasi tizimi.
Shaxsiy darajada muayyan odam uchun ob'ektlarning psixologik aqamiyatiga muvofiq tarzda ijtimoiy ko'rsatmalar sub'ektiv ierarxiyasi vujudga keladi. Shaxsiy mazmun ijtimoiy aqamiyat bilan mos tushmasligi mumkin. Masalan, bir odam uchun qayot mazmuni oila qurish va bolalarni tarbiyalash hisoblansa, boshqalari uchun esa muqim - karera. V.A.Yadovning kontseptsiyasiga ko'ra ob'ektlarning jamoatchilik aqamiyati mezoni dispozitsiya ikkinchi va uchinchi darajaga taalluqli, sub'ektiv shaxsiy mezon bo'yicha esa shaxs uchun o'z aqamiyatiga ko'ra oliy hisoblanadi [24].
qadriyatlar tafovuti kuchida odamlar axloq sabablari va usullari bo'yicha aqamiyatli tarzda farqlanadilar. Masalan, qadriyatlar yashash uchun kurashga qaratilgan bo lishi mumkin, shubhasiz, odamlarning kuchi ham jismoniy va moddiy xavfsizlikni ta'minlashga yonaltirilgan bo'ladi. qayotda odamning boshqa orientiri guruhga taalluqli bo'lish, taqlid qilish yoki muvaffaqiyatga erishishga intilishning tuqilishiga olib keluvchi jamoatchilik fikri bo'lishi mumkin. Nihoyat, quyidagi shakllardan birining faolligini qo'zqatadigan o'z ichki ehtiyojlariga orientatsiya bo'lishi mumkin: boshqa odamlardan o'z farqini izlash, eksperiment o'tkazish, qiziqish, ijodkorlik, jamiyat muammolariga qiziquvchanlik va unga xizmat qilish.
Shunday qilib, ijtimoiy me'yorlar, o'z navbatida, dispozitsion axloqni shakllantiruvchi shaxs ko'rsatmalarini yaratadi.
Biz ijtimoiy me'yorlarning umumiy tavsifnomasini berdik. Eslatib otamiz, og'ishgan xulq deganda barcha ijtimoiy me'yorlardan og'ishgan xulqni emas, faqat uning bajarilmasligi birmuncha muqim, odam yoki jamiyat farovonligiga xavf tuqdiruvchilari tushuniladi. Shuning uchun muayyan odamning axloqini uning me'yoriyligi nuqtai nazaridan baholash ko'p qollarda oqir. Shuningdek, ta'kidlash zarurki, garchi ijtimoiy me'yorlar ko'pchilik odamlarning manfaatlarini aks ettirsa-da, qator qollarda ular alohida guruhlarning (masalan, OAV orqali) tor manfaatlarida foydalaniladi, bu o'z-o'zidan ijtimoiy me'yorning xolis tabiati va uning sub'ektivligida ichki qarama-qarshilikni aks ettiradi.
3.Ijtimoiy og’ishlar
«Deviant axloq» atamasidan nafaqat ma'lum bir odamning harakatlarini belgilash uchun, balki muayyan ijtimoiy ko rinishni yoritish uchun ham foydalaniladi. Agar birinchi qolda gap “shaxsning og'ishgan axloqi” haqida ketsa, unda ikkinchi qolda - “ijtimoiy og’ish” to'qrisida boradi. Ushbu atamalar ko'pincha otojdestvlyayutsya, shuning uchun ularni ajratish zaruriyati tuqiladi.
Ijtimoiy og’ishlar - bu muayyan ommaviylik, turqunlik va tarqalganlik bilan xarakterlanuvchi ijtimoiy me'yordan og’ish. Bu erda piyonistalik, jinoyatchilik, byurokratlik, diniy va qoyaviy fanatizm, totalitarizm va boshqa salbiy ommaviy ijtimoiy korinishlar nazarda tutiladi.
Shuni ta'kidlash kerakki, ikki qutb ortasida - “ijtimoiy ma'qullangan” va “ijtimoiy og'ishgan” - ijtimoiy me'yorlar bilan boshqarilmaydigan ko'rinishlarning keng doirasi yotadi. Bu ijobiy jarayon (masalan, ijodkorlik) bo'lganidey, salbiy oqibatlar eqtimolidagi (masalan, ommaviy chekish) ko'rinish bo'lishi mumkin. Ayni damda og’ishning turli-tumanligi me'yorlarning turli- tumanligidan ortadi.
Ijtimoiy og’ishlar oqibati haqidagi masala bir xil emas. qator qollarda ko'rinishning ob'ektiv zarari va uning sub'ektiv bahosi mos tushmaydi. Masalan, qurbonsiz jinoyatni umuman jinoyat deb hisoblamaslik kerak, ya'ni jinoiy huquqdan chiqarish kerak. Ayniqsa, asotsial axloq va muqtoj axloqning engil shakllarining “cheklovchi” shaklidan kelgan zarar darajasini baholash qiyin, fog’ishabozlik, jinsiy addiktsiya, engil giyohvand moddalarni iste'mol qilish. har bir jamiyatda ushbu korinishlarni qonuniy tusga kirgizish tarafdorlari bolganiday, uni taqiqlash tarafdorlari ham bor.
Ijtimoiy og’ishlar quyidagi belgilarga ega: tarixiy determinizm; jamiyat uchun salbiy oqibatlar; vaqtda nisbatan ommaviy va nisbatan turqun xarakter.
Ijtimoiy og’ishlar yo'nalganlik va mazmun bilan xarakterlanadi. Jamiyat ijtimoiy og’ishlarga ular bilan kurashning uyushgan usullarini qarama-qarshi qilib qo'yadi: huquqiy, iqtisodiy, ma'naviy sanktsiyalar.
Ijtimoiy og’ishlar qator qollarda otuvchi xarakterga ega. Otuvchi ijtimoiy og’ishlarga misollar: buyumlarni olib sotish, hisob-kitob bo'yicha nikoq, dissidentlik.
Shu bilan parallel ravishda ijtimoiy og’ishlarga nisbatan jamoatchilik ta'sirining tadbirlari ham o zgaradi. Inqilobgacha bo'lgan Rossiya qonunlari bo'yicha piyonistalik, giyohvandlik, o'z-o'zini o'ldirishga qarshi ham diniy- axloqiy, ham huquqiy sanktsiyalar ko'zda tutilgandi. O'z-o'zini o'ldirish qolatida ko'mishning an'anaviy cherkov marosimi taqiqlangandi, marqumni umumiy qabristonga ko'mishmasdi, uning bildirgan istagi (vasiyati) ni yuridik jiqatdan noqonuniy tan olingandi, o'z-o'zini o'ldirishga urinish muvaffaqiyatsiz chiqqan qollarda suitsidentga qamoq jazosi xavf solardi.
hozirgi vaqtda jamiyatning o'z a'zolarining axloqiga nisbatan munosabati borgan sari liberal bolib bormoqda. Radikal ozgarishlar tasdiqining biri ba'zi davlatlarda o'lim jazosining bekor qilinganligi hisoblanadi.
Ijtimoiy og’ishlar darajasi, tuzilmasi va dinamikasi bilan miqdoriy va sifatli xarakterlanadi.
Oqish darajasi (koeffitsienti) aholi soniga (ko'pincha 100 ming odamga) nisbatan ushbu og’ishlarning rasmiy qayd qilingan ko'rinishlari miqdori sifatida aniqlanadi. U turli davlatlar va turli yillarda aqamiyatli tarzda farqlanadi, chunki omillarning yiqindisiga bog’liq: ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, axloqiy va q.k. Masalan, 1998 yili Rossiyada (latent jinoyatlarni hisobga olmaganda, mutaxassislarning hisobiga ko'ra rasmiy qayd qilingan darajadan 4 barobar ortiq) jinoyat koeffitsienti 1756 jinoyatni tashkil etdi. Solishtirish uchun sobiq Sho'rolar Ittifoqi davridagi quyidagi faktlarni keltiramiz: 1978 yili - 503; 1985 yili - 700; 1990 yili - 968 kelgusida doimiy o'sish bilan [9].
Oqish tuzilmasi ko'rinishning ichida alohida nisbatlarni aks ettiradi. Xullas, 1998 yili Rossiya Federatsiyasining jinoyatchilik tuzilmasida qarazli jinoyatlar qayd qilingan qolatlarning umumiy sonidan 65 foizni tashkil etdi, kuch ishlatish - 23 foiz, boshqalari - 12 foiz. Alohida turlar bo'yicha latent jinoyatlar darajasi quyidagicha: qotillik bo'yicha - 2:1 (ya'ni har 2 jinoyatdan biri qayd qilinadi), nomusga tegish bo'yicha - 6:1, o'qrilik bo'yicha - 73:1, ta'magirlik (reket) - 17000:1 dan ortiq [9]. Boshqa so'z bilan aytganda, jinoyatlar ko'pincha to'liq jazosiz qoladi.
Oqish dinamikasi - bu ma'lum bir vaqtda o rganilayotgan ko'rinishning barcha massivlari darajasi va tuzilmasining o'zgarish ko'rsatkichi. Mutaxassislarning fikricha, Rossiyada hozirgi vaqtda quyidagi tendentsiya kuzatilmoqda. Oqir va o'ta oqir jinoyatlar ulushi ortdi. qonunga qarshi qarazli sabablar keskin kuchaydi. O'sirlar jinoyati o'sib boryapti. Uyushtirilgan jinoyatchilik bilan qonuniy tus olgan ishbilarmonlik va davlat apparatlarining birlashib ketishi davom etmoqda.
Ijtimoiy og’ishlar darajasi va dinamikasi bilan bir qatorda ularning vazifalari haqidagi masala ham keng muqokama qilinadi. Masalan, uyushgan jinoyatchilik rasmiy ijtimoiy institutlar etarli tarzda qoniqtira olmagan ob'ektiv ehtiyojlarni noqonuniy yol bilan ta'minlashi mumkin. Umuman olganda ijtimoiy og’ishlarning vazifalari quyidagilar bo'lishi mumkin: guruhlar integratsiyasi; jamiyatning ma'naviy kodeksini shakllantirish; ijtimoiy e'tirozning ifodalanishi va tajovuzkor tendentsiyaning chiqishi; qochoqlik; muqarrar ijtimoiy ozgarishlar haqidagi signal; o'z-o'zini tenglashtirish va o'z-o'zini ro'yobga chiqarish usullari va boshqalar. Ma'lum bir o'xshashlikka qaramay, ijtimoiy og’ishlar shaxsning og'ishgan xulqidan farqlanadi. Birinchi qolda ijtimoiy fenomenning o'rni bor, ikkinchisida esa - psixologik. Ta'kidlaymizki, ba'zi bir ijtimoiy og’ishlar shaxsning og'ishgan xulqi bo'lib ham hisoblanadi: piyonistalik, qotillik, jinoiy harakatlar va q.k. Boshqa ijtimoiy og’ishlar faqat ijtimoiy fenomen - genotsid, korruptsiya, byurokratizm sifatida yuzaga chiqadi.
Ma‘lumki, kishining deviant axloqini jamiyatda qabul qilingan me‘yorlarga zidligi va ruhiy jarayonlarining muvozanatsizligi, mos-lashuvchan emasligi ko’rinishida yoki uning shaxsiy axloqi ustidan axloqiy va estetik nazoratdan bo’yin tovlash ko’rinishidagi o’zini faollashtirish jarayonining buzilishida namoyon bo’luvchi alohida qilmishlar yoki qilmishlar tizimi sifatida belgilash mumkin.
Normal va uyg’un axloq shakllarini ruhiyat bilan bog’liq uch darajada ifodalash mumkin:
ruhiy jarayonlarning muvozanati ko’rinishidagi mizoj xususiyatlari;
moslashuvchanlik va o’zini faollashtirish ko’rinishidagi xos xu-susiyatlar;
kishining ma‘naviyati, mas‘uliyati va vijdonliligi ko’rinishidagi shaxsiylik.
Og’uvchi xulq (deviant, lot. - og’ish) deb, kishining qilmishlari, faoliyati turi odatiy, umum e‘tirof etilgan me‘yorlardan farq qiladigan yoki u o’zi a‘zosi bo’lgan jamiyat tomonidan qabul qilingan me‘yorlarga mos kelmay, barqaror ravishda ularning ijtimoiy me‘yorlaridan og’ishida namoyon bo’ladigan axloqqa aytiladi.
Demak, deviant xulqli shaxs deb, birinchi navbatda, axloqiy jihatdan qarindosh-urug’lari va do’stlarining ko’nglini og’ritadigan va atrofdagilarning hayoti uchun xavf tug’diradigan shaxslarga (individlarga) aytiladi. Katta yoshdagi individ avval boshdanoq ichki maqsadga intilish kuchiga ega bo’lib, shunga ko’ra, faolligining barcha ko’rinishlari yuzaga chiqadi. V.A.Petrovskiyning fikricha, bu o’ziga xos muvofiqlik postulati (isbotsiz qabul qilinadigan qoida)da ifodalanadi. Bu o’rinda har qanday ruhiy jarayonlar va xulqiy xatti harakatlarning boshlang’ich moslashuv yo’nalishi haqida so’z yuritil-moqda. Muvofiqlik postulatlarini uch turga ajratiladi: gomeostatik, gedonik (huzur-halovatga intilish insonga xos xislat deb hisoblovchi axloqiy ta‘limot), pragmatik.
Gomeostatik variantida muvofiqlik postulati muhit bilan o’zaro munosabatlardagi ziddiyatlarni bartaraf qilish, ruhiy zo’riqish darajasini pasaytirish, muvozanat o’rnatish shaklidagi talablar kabi namoyon bo’ladi.
Gedonik variantida kishining harakatlari ikki birlamchi affekt: qoniqish va azob orqali aniqlanadi; axloqning namoyon bo’lishi esa qoniqishni maksimalashtirish va azobni kamaytirish sifatida izohlanadi.
Pragmatik variant maqbullashtirish tamoyilidan foydalanadi, bunda diqqat markaziga axloqning tor amaliy jihati: foyda, naf yoki muvaffaqiyat qo’yiladi.
Demak, kishining voqelik (borliq) bilan o’zaro aloqalarining tahlili deviant axloqni baholashning asosi bo’lib xizmat qiladi, zero me‘yorning hukmron tamoyili shaxsning nimagadir yoki kimgadir (ya‘ni real borliqqa) moslashuvidan kelib chiqadi.
Shaxs va borliqning o’zaro munosabatlarini beshta usul bilan aniqlash mumkin
|
moslashuv
|
qarshilik ko’rsatish
|
ro’para bo’lish;
|
vaziyatdan qochish;
|
mensimaslik
|
Yetuk intellektual salohiyatli shaxslar voqelikka moslashuvni tanlaydi. Qarshilik ko’rsatishda shaxs faol ravishda o’ziga, dunyo-qarashiga mos kelmaydigan borliqni o’zgartirishga, ya‘ni uni o’zining shaxsiy qarashlari va qadriyatlariga muvofiq o’zgartirishga harakat qiladi. U o’zi duch kelayotgan barcha muammolar borliqning ijtimoiy me‘yorlariga asoslanganligiga ishonadi va borliq bilan kurash, borliqni o’ziga moslashtirib o’zgartirishga harakat qilish yoki jamiyat me‘yorlarini buzuvchi axloqdan maksimal darajada foydalanish uning o’z maqsadlariga erishishining yagona usuli bo’lib qoladi. Bunda mazkur shaxsga nisbatan borliq tomonidan qaytariladigan javob ham xuddi shunday qarshi harakat qilish, shaxsni o’zgartirish, uni voqelik talablariga moslashtirishga qaratilgan bo’ladi.
Borliqning shaxsning dunyoqarashiga zid bo’lgan ijtimoiy me‘yorlariga qarshilik ko’rsatishi kriminal va delinkvent xulq-atvorda uchraydi. Borliqning qarshilik ko’rsatishi, uni o’zlashtirish va tushunishning subektiv ravishda buzib ko’rsatilishi sabablari, tevarak-olam tomonidan dushmanlarcha qabul qilinadigan ruhiy nuqson alomatlari va ruhiy-patologik buzilishlar bilan bog’liq. Ruhiy kasallik alomatlari atrofdagilarning qilmishlari sabablarini bir xil baholash imkoniyatini izdan chiqaradi, buning oqibatida muhit bilan o’zaro samarali munosabatlar qiyinlashadi.
Borliqni negativ va oppozitsion baholaydigan kishilar borliq bilan o’zaro munosabatda o’zini unga moslashishga layoqatsiz deb hisoblab, ongli yoki ongsiz ravishda tanlaydilar. Ular shuningdek, nomukammalligi, konservativligi, bir qolipdaligi, ekzistensial qadriyatlarni ezib tashlashi yoki ochiqchasiga insonparvarlikka qarshi faoliyat olib borishi sababli, moslashishga «loyiq bo’lmagan» borliqqa moslashishni istamaslikni nazarda tutishlari ham mumkin. Borliqni mensimaslik, shaxs o’zining shaxsiy tor dunyosida mavjud bo’lgan holda borliqning talablari va me‘yorlarini hisobga olmaganda, uning hayoti va faoliyatining avtonomizatsiyalashuvida (mustaqilligida) namoyon bo’ladi. Bunda na to’qnashuvlar, na qarshi harakatlar va na voqelikdan chiqib ketish holati sodir bo’ladi. Har kim o’zicha (mavjud bo’lib) yashaydi.
Demak, bunday holatda deviant axloqni jamiyatga zid va ijtimoiy xarakterdagi ko’rinishlarga tahdidi va jamoat uchun xavfliligining namoyon bo’lish darajasi bo’yicha farqlash mumkin.
Jamiyatga zid (antisotsial) bo’lgan og’ishlarga odamlar orasidagi shaxsning g’arazli, g’arazli-zo’ravon, tajovuzkor-zo’ravonlik qarashlari yoki jinoiy axloqning boshqa turlariga xos bo’lgan kriminal shakldagi jamiyatda qabul qilingan o’zaro munosabatlar qoidalarini ongli (kamdan-kam hollarda ongsiz) ravishda buzishga qaratilgan qilmishi va harakatlarini kiritamiz. G’arazli yo’nalish deganda, noqonuniy yo’l bilan moddiy manfaat, pul yoki mulkiy manfaat olish maqsadida moddiy boyliklarni taqsimlashga tajovuz qiluvchi huquqbuzarlik va qilmishlarni tushunish lozim. Bu toifaga quyidagilar kiradi:
a) g’arazgo’y-xo’jalikka oid jinoyatlarni sodir etishga moyil jinoyatchilar (tovarlarni qalbakilashtirish, ishlab chiqarishning ekolo-gik me‘yorlariga rioya qilmaslik, soliq to’lashdan bosh tortish, noqonuniy tadbirkorlik, xakerlik va boshqalar);
v) g’arazgo’y-mansabdor jinoyatchilar (mansab mavqeini suiiste‘mol qilish yo’li bilan talon-taroj qilish, savdo qoidalarini buzish, mizojlarni aldash, poraxo’rlik va boshqalar);
d) o’g’rilar, talonchilar (mulkni yashirin ravishda o’g’irlash -o’g’rilik bilan bog’liq g’arazli tajovuzlar);
e) firibgarlar (hujjatlar, qimmatli qog’ozlar, pul belgilari va boshqalarni qalbakilashtirish);
f) zo’ravon bo’lmagan tovlamachilar - poraxo’rlar.
Talon-taroj qilish - o’g’rilik, firibgarlik, o’zlashtirish, rastrata qilish, bosqinchilik yoki qaroqchilik shaklida noqonuniy ravishda o’zganing mulkini tekinga olish
O’g’rilik_- o’zganing mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish.
Pora - mansabdor shaxs tomonidan pora beruvchining foydasiga bajarilgan harakat uchun pul, qimmatli qog’ozlar, boshqa mulk yoki manfaatlar olishi.
Firibgarlik - aldov yoki ishonchni suiiste‘mol qilish yo’li bilan o’zganing mulkini talon-taroj qilish.
G’arazgo’y-zo’ravon yo’nalish deganda, shaxs ustidan zo’rlik ishlatish bilan bog’liq g’arazli jinoiy tajovuzlarni tushunish lozim. Bu toifaga quyidagilar kiradi:
a) bosqinchilar;
v) bosqinchilik hujumlari ishtirokchilari;
d) zo’ravon talonchilar - reketirlar (tovlamachilar);
e) g’araz maqsadda odam o’ldirishdan qaytmaydigan qotillar.
Tajovuzkorona-zo’ravonlik deganda, insonlarning hayoti, sog’lig’i va shaxsiy qadr-qimmatiga o’ta hurmatsiz munosabatda namoyon bo’ladigan insonparvarlikka zid jinoiy yo’nalish tushuniladi.
Bu toifaga quyidagilar kiradi:
a) bezorilar;
v) haqoratlash va tuhmat qilish yo’li bilan shaxsning sha‘ni va qadr-qimmatiga zarar yetkazuvchi shaxslar;
d) shaxsga qarshi og’ir jinoyat sodir qiluvchi shaxslar - odam o’ldirish, zo’rlik ishlatish, og’ir tan jarohatlari yetkazish va boshqalar.
Bunday holda, tajovuzkor-zo’ravonlik yo’nalishi ham verbal (og’zaki) (so’z bilan haqoratlash), ham noverbal (jismoniy ta‘sir) holat-da, kriminalgacha va kriminaldan so’nggi darajada, ya‘ni ma‘naviy qoralashni keltirib chiqaruvchi qilmishlar va axloqsizlik ko’rinishida yoki jinoiy javobgarlikka tortiluvchi harakatlar shaklida namoyon bo’lishi mumkin.
Haqorat - o’zga shaxsning sha‘ni va qadr-qimmatini beadab shaklda ifodalangan harakat orqali kamsitish.
Bezorilik - fuqarolarga nisbatan zo’rlik ishlatish yoxud zo’rlik ishlatish yo’li bilan qo’rqitish, shuningdek o’zganing mulkini nobud qilish yoki shikast yetkazish tarzida jamiyatdagi yurish-turish qoidalarini qo’pol ravishda buzish.
Kaltaklash - badanning anatomik butunligini buzmagan holda ko’plab zarbalar berish.
Qiynash -zo’rlik ishlatish yo’li bilan muttasil ravishda jismoniy yoki ruhiy azoblar berish.
Nomusga tegish - zo’rlik ishlatib yoki zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitib, qurbonning ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilish.
Odam o’ldirish - boshqa odamga nisbatan qasddan o’lim yetkazish.
Ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyatlar deganda - jinoiy ehtiyotsizlik yoki o’ziga ishonganlik oqibatida vositalar va tizimlardan foydalanish orqasida ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, maishiy, tibbiy, ekologik xavfsizlik va shu kabilarning buzilishiga olib keluvchi harakatlar tushuniladi.
Ijtimoiy axloqning og’ishi jamiyatga qarshilik ko’rsatishning nisbatan «passiv» (qoloq) tipi deb tavsiflanadi. Ular faol hayot tarzidan voz kechishga intilish, o’z fuqarolik majburiyatlari, burchidan bo’yin tovlash, shaxsiy va ijtimoiy muammolarni hal etishni istamaslikda ifodalanadi. Bunday hollarga ishdan, o’qishdan bo’yin tovlash, daydilik, fohishalik, kishini sun‘iy xomxayollar dunyosiga g’arq g’iluvchi va uning ruhiyatini yemiruvchi alkogol, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar iste‘mol qilishni kiritish mumkin. Asotsial axloqning oshib ketishi - o’zini o’zi o’ldirish - suitsid (suitsid - ing. tilidan o’z joniga qasd qilish) deyiladi.
SHunday qilib, deviant (og’adigan) axloqqa, shaxsning mazkur jamiyatda (ijtimoiy guruhda) rasmiy o’rnatilgan yoki ilgaridan vujudga kelgan me‘yor va taomillarga mos kelmaydigan va subektni undan ajratib qo’yishga, davolash, tuzatish yoki jazolashga olib keluvchi axloq va harakatlar
Dostları ilə paylaş: |