1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari


Og’ishgan xulqning psixodinamik aspektlari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə5/56
tarix05.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#173184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari

2.Og’ishgan xulqning psixodinamik aspektlari
Og`ishgan xulqning psixodinamik aspektlari Z.Freyd tadqiqotlari bilan, ya`ni ongsizlik sohasi bilan bog`liq. Bunda an`naviy psixik apparat tuzilmasi muhim ahamiyat kasb etadi: id, ego va super ego. Aynan mana shu tuzilmalarning o’zaro natijasida turli anomaliya holatlari kelib chiqadi.
Axloqiy me`yorlarda ham ushbu tuzilmalar muhim ahamiyat kasb etib, ular shaxsning “Men”ini himoyalovchi omil sifatida ham namoyon bo’lishi mumkin. SHu boisdan, Z.Freydning fikricha shaxs himoya mexanizmlari shaxs psixik taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.
Odam axloqiga jamiyat jarayonlari va ijtimoiy guruhlarning ta'siri dastavval ijtimoiy yondoshuv doirasida ko'rib chiqiladi. (Mikroijtiomiy sharoitlar ko'pincha psixologik-pedagogik tadqiqotning predmeti sifatida chiqadi va keyingi bo'limlarda ko'rib chiqiladi.)
Sotsiologik nazariyalar deviant axloqni ushbu jamiyat ichida tasdiqlangan jamoatchilik jarayonlari va me'yorlari kontekstida ko'rib chiqadi. Ijtimoiy deviatsiya ijtimoiy qonunchilikka bo'ysunadi, ular vaqt va jamiyatga bog’liq, ularni prognoz qilish, qator qollarda esa ularni boshqarish mumkin.
Ushbu yo'nalishning birmuncha mashqur vakillari quyidagilar hisoblanadi:
O. Kont, G. deTard, A. Ketle, E.Dyurkgeym, M. Veber, T. Parsons, R. Merton. huquq bo'yicha deviant axloq sotsiologiyasiga asos solgan frantsuz sotsiologi Emil Dyurk-geym (1858—1917) hisoblanadi. Jinoyatchilik muammosining tadqiqoti E.Dyurkgeym ishlarida aqamiyatli o'rin egallaydi, o'z- o'zini o'ldirishni tahlil qilishi esa klassik sotsiologik tadqiqot hisoblanadi [7, 8].
Ijtimoiy deviatsiyani tushuntirish uchun E.Dyurkgeym anomiya kontseptsiyasini taklif qildi. «Anomiya» atamasi frantsuz tilidan tarjima qilganda «qonunning, uyushganlikning yo'qligi» deganidir. Bu ijtimoiy uyushmaganlik - ijtimoiy vakuumning shunday qolatiki, eskirgan me'yorlar va qadriyatlar real munosabatlarga mos tushmaydi, yangilari bo lsa qali mustaqkamlanmagan. E.Dyurkgeym ijtimoiy patologiyaning turli shakllarini aynan jamoatchilik ko'rinishi sifatida tushuntirish zaruriyatini ta'kidlaydi. Masalan, o'z-o'zini o'ldirish miqdori individning ichki xususiyatlaridan kora odamlarni boshqaruvchi tashqi sabablarga ko'proq bog’liqdir [7].
E.Dyurkgeym ijtimoiy og’ishlarning ob'ektiv tabiatidan shunchalik shubhalanmasdiki, qatto jinoyatchilikning “me'yoriyligi”ni tasdiqlardi. Uning fikricha, me'yoriy ko'rinishning baqssiz belgilariga egalik qilgan boshqa qech qanday fenomen yo'q, axir “jinoyatchilik turli tipdagi barcha jamiyatda kuzatiladi... jinoyatchilik insoniyat rivojlanishining darajasi bo'yicha pasaymaydi” [8, 86-b.].
Bundan tashqari, “deviatsiya har qanday soqlom jamiyatning tarkibiy qismi” [8, 86-b.]. «Sotsiologiya»da E.Dyurkgeym shunday yozadi: «Jinoyat zarur... axloq va huquqning me'yordagi evolyutsiyasi uchun foydali ... shunday bo'ladiki, u o'zgarishga tayyorlaydi» [8, 90-b.]. Masalan, afinaliklar huquqiga muvofiq Suqrot (470-399 yy. R. X.gacha) jinoyatchi - yoshlar aqlini ma'naviy jiqatdan buzuvchi odam bo'lgan. Shunga qaramay, uning jinoyati - fikrning mustaqilligi - insoniyat uchun qam, uning vatani uchun ham foydali bo'lgan. U Afina muxtoj bo'lgan yangi ma'naviyatga tayyorgarlik bo'lib xizmat qildi, chunki an'analar qayot sharotlariga javob bermay qoygandi.
Shunday qilib, E.Dyurkgeym ijtimoiy og’ishlarni, ayniqsa, jamiyatning me'yoriy-qadriyatli dezintegratsiyasi sifatida ko'rib chiqadi. Uning qoyalari deviant axloqning etakchi sabablari sifatida sinflar va turli ijtimoy kuchlar, masalan, novatorlar va konservatorlar o'rtasidagi qarama-qarshilik sifatida tan oluvchi tadqiqotchilar (shu jumladan, V.Pareto, L. Kozera) ning ishlarida kelgusida rivojlanishni oldi [3, 6-b.]. D.Dyurkgeymning birmuncha yorqin davomchilaridan biri bo'lmish R.Merton deviant axloqni madaniyat tomonidan belgilangan intilishlar va ularni qoniqtirishga mablaq beruvchi ijtimoiy tuzilmalar o'rtasidagi kelishmovchilikning oqibati sifatida ko'rib chiqadi. Masalan, zamonaviy amerika madaniyatida o'z navbatida yuqori individual muvaffaqiyat aqamiyatini belgilovchi boylik qoyasi usunlik qiladi. Ijtimoiy me'yorlar orqali madaniyat nafaqat maqsadlarni, balki ularga erishishning legiim usullarini aniqlaydi. Xullas, agar odam astoydil meqnat qilsa, uning “amerikacha orzulari” va Nihoyat reallikka aylanadi.
hamma odam (sinf) lar ham omadga erishish uchun bir xil sharoitga ega emas, biroq ular yuzaga kelgan qarama-qarshilikka bir necha yo llar bilan moslashishlari mumkin. Moslashuvning shunday yo'llari sifatida R. Merton quyidagilarni ajratdi:
konformizm (ijtimoiy ma'qullangan maqsadlar va vositalarni toliq qabul qilish, ularni amalga oshirish);
innovatsiya (maqsadlarni qabul qilish, ularga erishishning legitim usullarini inkor qilish);
ritualizm (topshirilgan yoki odatiy vositalardan noepchil nusxa kochirish); retrizm (ijtimoiy me'yorlarni bajarishdan passiv ketish, masalan, giyohvandlik shaklida);
isyon (faol isyon q ijtimoiy me'yorlarni rad etish) [9, 11-b.]."
Ularga erishish maqsadi va vositalari o'rtasida nizo anemik zo'riqish, frustratsiya va moslashuvning noqonuniy usullarini izlashga olib kelishi mumkin. Ushbu qolat past ijtimoiy qatlam orasida jinoyatchilik nisbatan yuqori darajadaligini qisman tushuntiradi.
Ijtimoiy deviatsiyaning boshqa ob'ektiv omillari deb quyidagilar tan olinadi: ijtimoiy o'zaro ta'sir ishtirokchilari va umidlarning amalga oshmasligi o'rtasidagi farq (T.Parsons); odamlarning shaxsiy sifatlari va yaxshilikni taqsimlashdagi nomuvofiqlik (P. Sorokin); deviant submadaniyat va ta'limga me'yorning ta'siri (R. Klauord, L. Oulin). Xullas, erta yoshlikdan deviant submadaniyatga (jinoiy, nizoli yoki retristik) jalb qilingan shaxs katta eqtimol bilan deviant axloqqa tegishli shakllarni namoyon etadi.
Zamonaviy submadaniyatning deviant axloqqa ta'siri garchi etarlicha o rganilmagan masala bo lsa-da, o'ta muhim hisoblanadi. Ayni damda yaxshi ma'lumki, shaxs qaysidir bir ijtimoiy guruhga mansub. qator qollarda guruhli ehtiyojlar ustunlik qiladi - guruhga kirgan bo'lish, uning me'yorlariga amal qilish, uning ishtirokchilariga taqlid qilish, ozini boshqa guruhlarga qarshi qoyish. Shu negizda eng turli-tuman submadaniyatlar o' sib chiqadi - aristokratik elita, xippi, metallistlar, rokerlar, geylar, skinxedlar va q.k. Odamlar ko'p qollarda genotsid, rasizm, fashizm kabi ommaviy deviatsiyalarning mavjudligini tushuntirib beruvchi guruh sardorlari va ularning ideallariga (shu jumladan, destruktiv) o'xshashga moyildirlar.
Boshqa yaqqol muammo deb “kasb - deviant axloq” aloqasining noaniqligini aytish mumkin. Professiona muhit inson shaxsiga aqamiyatli ta'sir ko'rsatadi. Xorosho izvestno' takie negativno'e fenomeno', kak professional stress, professional «kuyib qolish» va shaxsning professional deformatsiyasi kabi salbiy fenomenlar yaxsh ma'lum. Shunga qaramay, shaxsning deviant axloqiga kasbning ta'siri muammosiga baqishlangan nashrlar deyarli yo'q.
Ko'rib chiqilgan ob'ektiv ijtimoiy omillar qatorida deviant axloqning sub'ektiv sabablari deb nomlanuvchilari ham amal qiladi. Deviatsiyaning stigmatizatsiya nazariyasiga (E.Lemert, G. Bekker) muvofiq jamiyatning o'zi (aniqroqi, ijtimoiy guruh) shaxsga mavqum qoidalar (dastlabki deviantlik) bilan aniq odamning harakatiga nisbat yo'li bilan tegishli yorliqlarni yopishtiradi. Sekin-asta individni deviant rolida (ikkilamchi deviantlik) ushlab turishga majburlaydigan reputatsiya shakllanadi [9, 13-b.].
I.Gofman stigmalarning uchta turini ajratadi: jismoniy stigma (tuqma anomaliyalar va jismoniy mayiblik); iroda nuqsonlari (piyonistalik, giyohvandlik, qalb kasalliklari); irqiy stigmalar («qoralar») [9, 14-b.].
Sazerlend 1939 yilda deviant axloq - murakkab va axloqning differentsiatsiyalangan shakliga muvofiq differentsiatsiyalangan assotsiatsiya nazariyasini ifodalagan. Unga interaktsiya (o'zaro harakat) ni o'rgatishadi. Bu jarayon deviant motivatsiyani o'zlashtirish, deviant axloqni oqlash va texnik jiqatdan amalga oshirishdan iborat.
Deviant axloq «ijtimoiy rol» yoki «shaxsning ijtimoiy vazifasi» (Dj. Mid, M. Doych, R. Kraus) tushunchalari yordamida ifodalangan bo'lishi ham mumkin. Rol - bu inson axloqiga nisbatan umidlar tizimi, insonning shaxsiy axloq modeli qaqidagi tasavvuri, va Nihoyat egallagan qolati - maqomi bilan muvofiq axloq.Bu bilan muvofiq tarzda odamlar o'zlariga turlicha rolli, shu jumladan deviant rolini qabul qilishlari mumkin.
Nihoyat, og'ishgan xulqning sub'ektiv sababi ijtimoiy me'yorlarga shaxs (guruh)ning o'zining munosabati (G. Sayk, D. Matza) bo'lishi mumkin. Masalan, axloqiy talablardan ozod bo lish va o'zini oqlash uchun odam harakatlarini quyidagi usullar bilan “neytrallashi” mumkin: oliy tushunchalarga bahona qiladi (do'stlik, guruhga sadoqat); jabrlanuvchi mavjudligini rad etish; o'z axloqini deviantlik bilan oqlash yoki u tomonidan qalamislik qilish; o'z mas'uliyatini rad etish; o'z axloqining zararini rad etish [9, 15-b.].
Zamonaviy mahalliy tadqiqotchi Yu.A.Kleyberg o'smirlar deviantligi misolida shaxsning madaniy normalarga munosabati orqali deviant axloqni ochib beradi. Og'ishgan xulq - bu «shaxsning unga qadrli munosabatni namoyon qilishi vositasida ijtimoiy me'yor va kutishlarni o'zgartirishning maxsus usuli» [9, 17-b.]. Buning uchun alohida usullardan foydalaniladi: sleng, simivolika, moda, manera, harakat va q.k. O' smirlarning deviant harakatlari aqamiyatli maqsadlar, o'z-o'zini tasdiqlash va razryadka vositasi sifatida chiqadi.
Shunday qilib, sotsiologik va unga yaqin ijtimoiy-psixologik nazariyalar deviant axloqni jamiyat va aniq shaxs o'rtasidagi murakkab o'zaro munosabatlarning ijtimoiy jarayonlai sifatida ko'rib chiqadilar. Bir tomondan biz jamiyatning o'zida og'ishgan xulq uchun jiddiy sabablar borligini ko'ramiz, masalan, ijtimoiy uyushmaganlik va ijtimoiy notenglik. Boshqa tomondan biz qonunan aniq insonning uning shaxsini ijtimoiylashuvi jarayonidagi individuallik rolini tushunishga kelamiz.
Sotsiologik nazariyalar aynan bitta ijtimoiy sharoitlarda turli odamlar turli axloqni, masalan, kambaqal qatlamning barcha vakillari bo'lmasa-da, delinkventlikni namoyon etishlari va aksincha bo'lishini tushuntirmaydi. Tan olish lozimki, ijtimoiy sharoitlar qaqiqatan ijtimoiy deviatsiya xarakterini belgilaydi (jamiyat yoki ijtimoiy guruhda ushbu ko'rinishning tarqalish masshtabi). Biroq ular aniq shaxs og'ishgan xulqining sababari va mexanizmlarini tushuntirish uchun yaqqol etarli emas.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin