1-maruza doc



Yüklə 125,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix25.12.2023
ölçüsü125,98 Kb.
#197118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-maruza

Sinflashtirish
– bu obyektlarning (kuzatishlar, hodisalar) oldindan ma’lum
bo’lgan sinflardan biriga tegishliligidir.
Klasterizasiya
– bu obyekt mazmunini yoritadigan ma’lumotlar (xususiyatlar)
asosida obyektlar (kuzatishlar, hodisalar)ni guruhlashdir. Obyektlar klasterda bir –
biriga “o’xshash” bo’lishi va boshqa klasterlarga kiruvchi obyektlardan farq qilishi


3
kerak. Obyektlar klaster tarkibida qancha o’xshash bo’lsa va ular bilan boshqa
klasterlar orasida qancha farq katta bo’lsa, klasterizasiya shuncha aniq bo’ladi.
Regressiya -
ma’lum bir qatorni bashorat qilish masalalari. Bog’liq va bog’liq
bo’lmagan o’zgaruvchilar orasida funksional bog’liqlikni o’rnatishdir. [7]
Assosiativ qoidalarni izlash
- bog’langan hodisalar orasida qonuniyatni
aniqlash. Bunday qonuniyatga X hodisadan keyin Y hodisa kelishini ko’rsatuvchi
qoida misol bo’lib xizmat qiladi. Bunday qoida assosiativ deb ataladi. Birinchi
marta bu masala supermarketlardagi xaridlarning tipik shablonlarini topishda taklif
etilgan bo’lib, shuning uchun ham uni ba’zan bozor savatining tahlili deb
atashadi.[5-9]
Ko’rsatilgan masalalar vazifasiga ko’ra tavsifiy va bashoratliga bo’linadi.
Tavsifiy masalalar
izlanayotgan ma’lumotlarning bog’liqlik mohiyatiga e’tibor
qaratadi. Bunday masalalar yechimining natijasi o’zida ma’lumotlarning empirik
modelini tasvirlaydi va tushunarli hamda sharhlangan bo’lishi lozim bo’ladi.
Qoidaga ko’ra, topilgan qonuniyatlar tahlil etilayotgan ma’lumotlarning yaratilgan
konkret jarayonini tasvirlaydi va qo’shimcha tahlilsiz boshqa jarayonlarga
umumlashmaydi. 
Tavsifiy 
masalalarga 
assosiativ 
qoidalarni 
izlash 
va
klasterizasiyani misol qilib keltirishimiz mumkin.[4-8]
Tadqiq etilayotgan ma’lumotlarda bashoratli masalalarni yechishda bashoratli
model quriladi. Qurilgan model yaxshi sharhlanmagan, ammo u boshqa modellar
bilan umumlashgan bo’lishi mumkin. Bunday ko’rinishdagi masalalarga
sinflashtirish, regressiya va qisman assosiativ qoidalarni izlash usullarini
kiritishimiz mumkin.
Masalalarni tavsifiy va bashoratli masalalarga bo’lish yetarlicha shartli
hisoblanadi. Tahlil etilayotgan ma’lumotlarga bog’liq holda berilgan u yoki bu
masalani tavsifiy masala kabi bashoratli masala deb ham hisoblashimiz mumkin.
Bundan tashqari, intellektual tahlilning tavsifiy masalasini yechishda asosiy e’tibor
yechimning birinchi qismida qurilgan tavsifiy model yordamida yechimning
ikkinchi qismida bashoratli modelni qurish ko’rinishidagi intellektual tahlilning ikki
bosqichli masalasini yechishga qaratiladi. Bunga klasterizasiya va olingan klasterlar
bo’yicha keyingi sinflashtirish bog’lami misol bo’lishi mumkin.
Ma’lumotlarning intellektual tahlilini yechish usullarini
“o’qituvchili
o’rgatish”
va
“o’qituvchisiz o’rgatish”
usullariga ajratish mumkin. Berilgan
terminlar tahlil etilayotgan ma’lumotlar haqida qo’shimcha axborotni taqdim etish
(“o’qituvchi bilan”)
yoki taqdim etmaslik bilan bog’langan. Sinflashtirish
masalasining yechimi “o’qituvchi bilan o’rgatish”ga tegishlidir, chunki u har doim
tadqiq etilayotgan to’plam elementlarining har biriga taaluqli sinflar haqida axborot


4
borligini taxmin etishadi. Klasterizasiya masalasi ideal hollarda qo’shimcha
axborotni taqdim etmaganligi uchun “o’qituvchisiz o’rgatish”ga tegishli bo’lishi
mumkin. Bundan tashqari, “o’qituvchi bilan o’rgatish” usuli ko’p hollarda sifati
ekspert va maxsus adaptiv prosedura bilan ta’minlanadigan aniq yechimlar bosqichi
bilan bog’langan.[3-12]

Yüklə 125,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin