1-maruza doc



Yüklə 125,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix25.12.2023
ölçüsü125,98 Kb.
#197118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-maruza

Data Mining tushunchasi.
Data Mining – bu yopiq qonuniyatdagi (axborotlar shablonlari) ma’lumotlarni
izlashga asoslangan yechimlarni qabul qilish jarayonidir.
Data Mining texnologiyasini shu yo’nalishning asoschilaridan biri – Grigoriy
Piateskiy-Shapiro (Grigoriy Piatetskiy-Shapiro) aniq ta’riflab bergan.


7
Data Mining – bu xom ashyo ma’lumotlarida hozircha noma’lum, noaniq,
amaliy jihatdan inson ish faoliyatining turli sohalarida yechimlarni qabul qilish
uchun zarur bo’lgan amaliy jihatdan foydali va bilimlar interpretasiyasi uchun
mumkin bo’lgan jarayondir.
Data Mining texnologiyasining o’rni va maqsadini quyidagicha tavsiflash
mumkin: bu texnologiya qonuniyat amaliyotida noaniq, obyektiv va foydali
ma’lumotlarning katta hajmini izlash uchun mo’ljallangandir.
Noaniq
– bu topilgan qonuniyatlar axborot qabul qilishining stadart usullari
yoki ekspert yo’llari bilan topilmasligini bildiradi.
Obyektiv
– bu qonuniyat har doim subyektiv hisoblanadigan ekspert fikridan
farqli ravishda haqiqitga to’liq mos kelishini bildiradi.
Amaliy jihatdan foydali
– bu natijalar amaliy qo’llashga ega bo’lgan konkret
qiymatlarga ega ekanligini ko’rsatadi.
Bilim
– tasvirlanadigan savol, fan, muammo va shu kabilar haqida qandaydir
xabardorlik darajasiga mos tushadigan butun tasvirlanishini beradigan ma’lumotlar
yig’indisidir. [5-7]
Bilimlarni qo’llash (knowledge deployment) aniq boyliklarga erishishi uchun
topilgan bilimlarni real ko’rinishda qo’llashni bildiradi (masalan, bozordagi
raqiblik).
Data Mining -
bu ma’lumotlardan noaniq va tartiblanmagan axborotlarni
ajratib olish va ularni qo’llash uchun mumkin bo’lgan ko’rinishda tasvirlash
jarayonidir.
Data Mining – bu biznesda kerakli natijaga erishish maqsadida shu
strukturagacha (patterns) noma’lumlarni topish uchun katta hajmdagi ma’lumotlarni
ajratish, tadqiq etish va modellashtirish jarayonidir (SAS Institute ta’rifi).
Data Mining – bu shunday jarayonki, uning maqsadi – tasvirlarni metodik
tanish hamda statistik va matematik usullarni qo’llash bilan saqlanayotgan katta
hajmdagi ma’lumotlarni qo’shish natijasida yangi zarur korrelyasiyalar, namunalar
va tendensiyalarni topishdir (Gartner Group ta’rifi).
Data Mining texnologiyasi asosiga o’zida qonuniyatni inson tushunadigan
tarzda beradigan, tanlangan ma’lumotlar xususiyatlarini tasvirlaydigan shablonlar
konsepsiyasi (patterns) qo’yilgan.

Mining
” inglizchadan “
foydali qazilmalarni topish
” degan ma’noni bildiradi,
katta ma’lumotlar miqdorida qonuniyatni izlash esa shu jarayon bilan real tarzda
yaqin turadi.
Qonuniyatni izlash jarayoni – izlanayotgan jarayonlarni tasvirlash ko’rinishida
ma’lumotlarni taqdim etish.


8
Data Mining axborot texnologiyalari bozorining bir qismi sifatida:

Yüklə 125,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin