Analitik tizimlarni sinflashtirish. Axborot texnologiyalari bozorining tahlili bilan shug’ullanadigan Gartner
Group agentligi 1980-yillarda “Business Intellegense” (BI) ishbilarmonli intellekt
yoki biznes-intellekt termini kiritdi. Blu termin yechimlarni qabul qilishga ruxsat
beradigan tizimlarni ishlatish yo’li bilan biznes rejani yaxshilaydigan turli
konsepsiya va usullarni tasvirlash kiritilgan.
1996 yilda agentlik bu terminning aniq ta’rifini berdi.
Business Intellegense (BI) – korxona doirasida ishlashga mo’ljallangan va
ma’lumotlar omborida joylashgan axborotlarning kirishi va tahlilini bajaradigan
hamda to’g’ri va asosli boshqariluvchi yechimlarni qabul qilishni ta’minlaydigan
dasturiy vositadir.
BI tushunchasi o’z ichiga korxona masshtabidagi ma’lumotlar tahlili va
ishlovining turli vosita va texnologiyalarini birlashtiradi.
Bu vositalar asosida maqsadi, boshqariladigan yechimlarni qabul qilish uchun
axborot sifatini oshirish hisoblanadigan BI-tizimlar yaratiladi.
BI-tizimlar yana Yechimlarni Qabul qilishni Qo’llab-quvvatlash tizimi
(YeQQT) (Sistem Podderjki Prinyatiye Resheniy – SPPR yoki DSS – Decision
Support System) bilan ham tanilgan. Bu tizimlar yechimlarni qabul qilish, ya’ni
yechimlarn qabul qilishni qo’llab-quvvatlash asosida ma’lumotlarni axborotlarga
almashtirishadi.
Gartner Group Business Intellegense tizimidagi bozorlar tarkibini quyidagi
sinflardagi dasturiy mahsulot kabi aniqlaydi:
Ma’lumotlar omborini qurish vositasi (data warehousing? MO);
Tezkor analitik ishlov berish tizimlari (OLAP);
Axborotli-analitik tizimlar (Enterprise Information Systems, EIS);
Ma’lumotlarning intellektual tahlili vositalari (data miming);
So’rovlarni bajarish va hisobotlarni topshirish uchun vositalar (query and
repirting tools);
Gartner klassifikasiyasi har bir sinfning dasturiy mahsuloti funksiyalarning
aniqlangan to’plamini yoki maxsus texnologiyalarni qo’llash amallarini bajarganda
funksional masalalar sinfiga asoslanadi