1-ma’ruza. Kirish. Sitologiyaning predmeti va vazifalari. Hujayra nazariyasi



Yüklə 34,2 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü34,2 Kb.
#169431
  1   2   3   4   5

1-ma’ruza. Kirish. Sitologiyaning predmeti va vazifalari. Hujayra nazariyasi.


Reja.

  1. Sitologiya hujayra xaqidagi fandir.

  2. Sitologiyaning ob’ektlari.

  3. Sitologiyaning muammolari.

  4. Sitologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi.

    1. Dastlabki mikroskopning paydo bo’lishi.

    2. Dastlabki mikroskopik kuzatishlar.

    3. “Hujayra” atamasining fanga kiritilishi.

  5. Preformizm va epigenez nazariyalari.

  6. Hujayra nazariyasi.

  7. O’zbekiston olimlarining hujayra bijlogiyasining o’rganishdagi xizmatlari.

Sitologiya - tirik materiyaning tuzilishini elementar birligi bo’lgan hujayralarning kelib chiqishi, ishlashi va qayta tiklanishi xaqidagi fandir. U hujayralarning strukturasini, protoplazmaning nozik tuzilishini, undagi hayotiy protsesslarni sodir bo’lishini o’rgatadi. Sitologik tekshirishlarning ob’ektlari ko’p hujayrali organizmlarning hujayralari bakterial hujayralar, sodda hayvon - hujayralardir.


Ko’p hujayrali organizmlarning hujayralari to’qimalarning tarkibiga kiradi, ularning hayot faoliyatlari bir butun organizmni muvofiqlashtiruvchi ta’sirga bo’ysunadi. Bakteriya, sodda hayvonlarda “hujayra” va “Organizm” tushunchalari bir-biriga mos keladi; bunda biz mustaqil hayot kechira oladigan hujayra-organizmlar to’g’risida gapirishga xaqlimiz. Bir hujayrali organizmlar olamida turli yashash muxitiga moslashgan bo’lgan juda xilma-xil formalar mavjud. Hujayra - organizmlar orasida biz juda murakkab tuzilgan va ancha sodda tuzilgan, geterotrof va autotrof, erkin yashovchi va parazit, suvda va quruqlikda yashovchi va boshqa formalarni uchratamiz. Тirik tabiat taraqqiyotida ko’p hujayralilarni kelib chiqishi organizmlarni ularning hujayralari o’rtasida funksiyalarni taqsimlanishi hisobiga moslanish uchun yangi imkoniyatlarni paydo qildi. Funksional mutaxassislashish natijasida juda ko’p xil to’qima hujayralari vujudga keldi. Masalan, sut emizuvchilar tanasida diametri 6-8 mk keladigan va shaklini doimo o’zgartirib turadigan kichik limfotsitlar bilan birga uzunligi xattoki 1 metr va undan ham ortik o’simtalarga ega bo’lgan nerv hujayralari bo’ladi.
Hujayrani tashkil bo’lishidagi filogenetik protsesslar asta-sekin murakkablashishning uzok yo’li bosib o’tildi. Hozirgi vaqtda juda ko’p bakteriya va ko’k-yashil suv o’tlarining orasida tipik yadro va umumhujayraviy organoidlar majmuasiga ega bo’lmagan turlari uchraydi. Ammo, bularda ham yadroning asosini tashkil etuvchi DNKning oqsil bilan birikmasi bo’ladi. Bu esa, yadro sitoplazma sistemalarini shakllanishini ba’zi oraliq stadiyalarini progressiv rivojlanishiga qobiliyatli ekanligiga guvoxlik beradi. Bakteriya va ko’k-yashil suv o’tlarida shakllangan yadro bo’lmasada, ularni sitologiyada o’rganilishi zarur.
Viruslarga kelsak, ularni sitologiyani ob’ektlari qatoriga kiritishga asos yo’q.
Chunki viruslarni strukturalari bilan hujayralarning tuzilishi o’rtasida umumiylik yo’q. Ular hujayraning hayot faoliyatini bioximik asosini tashkil qiluvchi fermentlarga ega emas, shuning uchun o’zlarining modda almashuviga ega emas. Viruslarning o’sishi va ko’payishi faqat ular kiradigan hujayralarning fermentativ sistemasi faoliyati hisobiga amalga oshadi.
Hujayra, barcha tirik sistemalar kabi biologik evolyutsiya natijasida tug’ilgan, taraqqiy etayotgan, o’zining bir - butunligini ushlab turuvchi va qayta tiklovchi, tashqi muxitdan kelgan energiya va moddalar hisobiga ko’paya oladigan sistema hisoblanadi. Bundan ko’rinadiki hujayrani o’rganishda uchta asosiy problema-evolyutsiya, avtoregulyatsiya va avtoreproduksiyalarni hal qilishni ko’zda to’tish kerak.
Biologiyani har qanday bo’limi tirik ob’ektlarning faqat ma’lum bir aspektdamorfologik, fiziologik, bioximik, genetik va boshqalarda o’rgansa, siologiya o’z ob’ekti- hujayrani har tomonlama o’rganadi.
Hujayra barcha yashayotgan organizmlarning struktura, funksional va genetik asosi bo’lgani uchun hamma biologik fanlar sistemasining markazida bo’ladi. Sitologiya tirik tabiat xaqidagi fanning “Og’ir industriyasi” bo’lib, uning qay darajada taraqqiy etganligiga, biologiya, meditsina va qishloq xo’jaligining muhim muammolarini ishlab chiqishdagi muvafaqiyatlariga bog’liqdir.
Sitologiyaning metodlari va ma’lumotlaridan foydalanmay havfli o’sma, yaralarni bitib ketishi, nurdan zararlanish mexanizmlari, dorivor va zaharli moddalarni ta’siri, immunitet, gibridlashda pushtsizlik va boshqa amaliy jihatdan muhim muammolarni hal qilish mumkin emas.


Yüklə 34,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin