2.4. Ilmiy ma’lumotlarni o’rganish va ishchi faraz. Progressiv yangi texnologiyani yaratishni va modernizatsiya qilishni nazariy va amaliy tadqiqotlarsiz amalga oshirish juda qiyin. Juda ko’p savollar borki ularni faqat ilmiy bilim bilan hal etish qiyin. Masalan, murakkab mexanik sistemalarni xususiy chastotalarini, murakkab konfiguratsiyaga ega bo’lgan detallardagi (mashina ramasi, mexanizm zvenolari) kuchlanishlarni aniqlash, mexanizm zvenolarining deformatsiyasini hisobga olish, juftliklardagi deformatsiyani hisobga olish, hamda kinetik juftliklardagi tirqishlarni hisobga olish va hokazo. Shuning uchun eksperimental tadqiqot muhim ahamiyatga ega.
Eksperimental tadqiqot o’tkazishdan maqsad mashinalarning kinematik va dinamik parametrlarini aniqlash, mustahkamlik va bikrlikka chidamliligini aniqlashdir.
Mexanik eksperiment o’tkazish uz ichiga quyidagilarni olishi mumkin:
mashina detallarini fizik parametrlarini aniqlash, ya`ni og’irlik markazi koordinatasi, inertsiya momentini aniqlash;
kinematik parametrlarning - ko’chish, tezlik va tezlanishini aniqlash;
mashina detallaridagi dinamik parametrlarning - kuchlarini, momentlarini, deformatsiyalarini, inertsion qarshiliklarini aniqlash;
ba`zi sistemalarning mexanizm detallarini tebranma harakatini va shovqin xarakteristikalarini aniqlash;
aylanuvchi detallarni dinamik muvozanatlashganligini aniqlash.
Tadqiqot (eksperiment) metodikasi uz ichiga texnikaviy va tashkiliy masalalarni oladi. Bu masalalarni hal etish anchagina mablag’ va vaqt talab etadi. Shuning uchun tadqiqot o’tkazishdan avval tadqiqotni o’tkazishdan maqsad, ularda ishlatiladigan asbob-uskunalarni va ketma-ketlikni, ya`ni uslubini o’rganish kerak.
Tadqiqot o’tkazish
Tadqiqotchi birinchi navbatda eksperimentga qo’yilgan masalani va uni qanday hal qilishni aniq tasavvur qilishi kerak. So’ngra kerakli natija olishi uchun qanday sharoitda, necha xil variantda va qaysi parametrlarni olish zarurligini bilishi lozim. Keyingi asosiy qadam - tadqiqot o’tkazish uslubini, ya`ni kompleks savollarni yechishi kerak.
Tadqiqot natijalarini aniqlashga ta`sir etuvchi omillardan biri mos ravishdagi asbob va uskunalarni tanlashdir.
Tadqiqot o’tkazishda odatda mexanikaviy, optik, elektrik yoki ularni kombinatsiyalangan sistemalari ishlatiladi. O’lchov asboblarini tanlashda, ularni juda sinchkovlik bilan tekshirish kerak, chunki o’lchash davomida qo’shimcha xatoliklar mavjud bo’lishi mumkin. Avval boshlang’ich tadqiqotlar o’tkazilib, ularni natijasi tahlil qilinadi. Tadqiqot o’tkazishni oxirgi bosqichida metodik dastur tuziladi. Unda kirish, tadqiqot o’tkazish maqsadi va ketma-ketligi haqida tushuncha, tadqiqot ob`ekti haqida, asbob va uskunalar xarakteristikasi, tarirovka qilish usuli, tajribalarni qaytarilish soni, variantlar natijalarini analiz qilish usullari bayon qilinadi.
Tadqiqot yuqoridagi bayon etilgan metodik (uslubiy) dasturga asosan o’tkaziladi. Olingan natijalarni jadval va grafik ko’rinishida tasvirlanadi.
Tadqiqot tugatilgandan so’ng hisobot yoziladi. Hisobotda olingan natijalarni turli rasmlar, sxema va fotokartochkalar bilan olib boriladi, hamda turli jadval va grafiklar, ularda nima ko’rsatilgani tasvirlanadi, qilingan ishlar natijalari dalillarga asoslangan bo’lishi, ya`ni tahlil va mulohazalardan yiroq bo’lishi kerak.
Tayanch so’z va iboralar
Fanning maqsad va vazifasi, nazariy va tajribaviy ishlar, mavzuni tanlash, hisobot tarkibi, mexanik eksperiment, tadqiqot o’tkazish bosqichlari.