1-ma`ruza: kirish. Texnik ijodkorlik haqida tushuncha. Reja


-ma`ruza: TEXNIK IJODKORLIKNING JAMOAVIY VA INDIVIDUAL USULLARI



Yüklə 231,36 Kb.
səhifə5/7
tarix05.12.2023
ölçüsü231,36 Kb.
#173634
1   2   3   4   5   6   7
1-Mavzu TIA Sirtqi

3-ma`ruza: TEXNIK IJODKORLIKNING JAMOAVIY VA INDIVIDUAL USULLARI.
3.1 Taxlil, sintez, deduktiv xulosa chiqarish.
3.2.Induktiv xulosa chiqarish.
3.2. Ilmiy g’oya.


3.1 Taxlil, sintez, deduktiv xulosa chiqarish.
Xuddi xar qanday mexnatdek, ilmiy tadqiqot mexnati xam o`ziga uch asosiy komponentni qamraydi. Ular insonning maqsadga muvofiq faoliyati, ya`ni ilmiy mexnatining o`zi, ilmiy mexnat predmeti va ilmiy mexnat vositasi.
Insonning ilmiy faoliyati maqsadga muvofiqligi tekshirilayotgan ob`ekt (mexnat predmeti) haqida yangi yoki aniqlangan bilimga erishishda bilishning konkret usullari yig`indisiga tayanadi. Bunda mos keladigan ilmiy uskunalardan stendlar (qurilma), o`lchov, xisoblash va boshqa asboblardan foydalaniladi.
Ilmiy tadqiqotlar bilishning ilmiy tamoyillari yordamida konkret ob`ektni o‘rganish maqsadida olib boriladi. Ushbu sohada ilmiy yo‘nalish, ilmiy muammo va ilmiy mavzu kabi tushunchalar mavjud.
Ilmiy tadqiqot ishlariga kirishishdan oldin uning metodlarini, shakllarini, vositalarini to‘g‘ri tanlab olish va metodikani ilmiy asoslash lozim. Ilmiy tadqiqotlar muammoni yuzaga chiqarish, mavzuni tanlash va ma`lum bo‘lgan ma`lumotlarni ob`ektiv tahlili uchun axborotni izlashdan boshlanadi. Axborotni izlashdan so‘ng ilmiy izlanishlarga o‘tiladi, ya`ni ilmiy ijodga kirishiladi. Bunda shaxsning evristik faolligi yangi nazariyani yaratishga olib keladi.
Ilmiy tadqiqot- fanning mavjudlik shaklidir. Fanning rivojlanishi dalillarni yig‘ish, o‘rganish va tizimlashtirish, mantiqan tekis ilmiy qonunni yaratish maqsadida ayrim va alohida qonuniyatlarni umumlashtirish va ochib berishdan boshlanadi. Bilishning alohida pog‘onalarining dialektikasi tadqiqot faoliyatining turli shakllarini taxmin qiladi. Ular esa shartli ravishda axborotli va ilmiy izlanishlarga bo‘linadi. Ushbu shakllarga ilmiy bilishning ikki darajasi ya`ni emperik va nazariy darajasi mos keladi. Emperik daraja bosqichida ma`lumotlar to‘planadi, nazariy daraja bosqichida ular ilmiy nazariyaga sintez qilinadi.
Ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga- ishlab-chiqarishga joriy etish mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, uning sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini ta`minlash, ekspluatatsiya ko‘rsatkichlarini oshirish shakllarida namoyon bo‘ladi.
Ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun katta xarajatlar talab etiladi.
Fan va texnikaning ilmiy mahsuloti strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tovar bo‘lgani uchun unga egalik qilishga davlat monopoliyasi o‘rnatiladi. Bunday tartib jahonning deyarli barcha rivojlangan davlatlarida joriy etilgan.
Ilmiy-tadqiqot ishlari asosan davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta`minlanadi. Bu eng avvalo, fundamental, nazariy tadqiqotlarga tegishli bo‘lib, uning darajasi ko‘p jihatdan mamlakat fanining rivojlanish darajasini belgilaydi. Shuning bilan birgalikda, fundamental tadqiqotlar natijalari deyarli barcha yo‘nalishlardagi amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarning ko‘plab muammolarini tezkorlik bilan hal etilishi uchun zamin yaratadi.
ITI (ilmiy tadqiqot ishi) uchun O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjetidan yiliga katta mablag‘lar ajratilmoqda, bu xarajatlar byudjedta maxsus modda bilan ko‘zda tutiladi. Mustaqillikka erishilgandan beri o‘tgan yillar davomida bu maqsadlar uchun ajratilayotgan mablag‘larning miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. Bu masalaga O‘zbekiston rahbariyati va xukumati katta ahamiyat berayotganini alohida ta`kidlab o‘tish lozimdir.
ITI ning samaradorligi uning moddiy-texnik ta`minotiga bog‘liqdir. Ushbu yo‘nalishda mamlakatimizda istiqbolni ko‘zlab ish olib borilmoqda. Bu maqsadlar uchun ajratilayotgan valyuta mablag‘larining miqdori ham so‘nggi yillarda sezilarli darajada oshganligini ta`kidlash o‘rinlidir. Ko‘rilayotgan tadbirlar o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsata boshlagani quvonarli holdir.
ITI ni moliyalashtirishning yana bir usuli-byudjetdan tashqari manbaalardan mablag‘ bilan ta`minlash bo‘lib, uning quyidagi turlarini ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir:
a) korxona, tashkilot, muassasalar va boshqa xo‘jalik sub`ektlarining mablag‘lari hisobidan shartnomalar asosida buyurtmalar bo‘yicha ITI bajarish;
b) turli yuridik va jismoniy sub`ektlarning buyurtmalari asosida ularning ehtiyojlari uchun ishlanmalar tayyorlash;
v) chet el investitsiyalari asosida O‘zbekiston Respublikasining qonunlari doirasida ITI bajarish;
g) xalqaro grantlar shartlari bo‘yicha tanlovlarda ishtirok etish (turli darajadagi ITI natijalari, ishlanmalar, TKI, loyihalar va sh.k).
Ilmiy mexnatning predmeti dastavval tadqiqotning bilish uchun inson faoliyatiga yo`naltirilgan ob`ektdir. Tadqiqot ob`ekti material dunyoning xar qanday predmeti xodisasi, xodisalararo aloqalar bo`lishi mumkin. Tadqiqot predmetiga ob`ektdan tashqari - ob`ekt haqidagi ilgarigi bilimlar xam kiradi.
Ilmiy tadqiqot bir necha tiplarga bo`linadi.
Fundamental tadqiqot- bu yig`ilgan bilimlar sistemasini rivojlantirish va printsipial yangi bilim olishdir. Maqsadi tabiatning yangi qonunlarini kashf qilish, xodisalararo aloqalarni ochish va yangi nazariyalar yaratish. Bunday tadqiqot konkret, xoxlagan natijani olish extimoli 10% dan oshmaydiganligi nuqtai nazardan sezilarli darajada tavvakkal (risk) va noaniqliklilar bilan bog`lik. Shularga qaramasdan fundamental tadqiqot ilmning o`zining rivojlanishi xamda ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi.
Amaliy (tadbikiy) tadqiqot natijalarida mavjud ishlab chiqarish vositalarini yoki iste`mol predmetlarini takomillash , yangisini yaratishga erishiladi. Amaliy tadqiqot, ayniqsa texnika soxasidagi fundamental tadqiqotda olingan bilimni moddiylashtirishga yo`naltirilgan. Amaliy yo`naltirganlik va aniq maqsadligiga amaliy tadqiqotdan xoxlagan maqsadni olishning ulkan extimolini beradi (80… 90% ko`prok).
Ishlanma- bu amaliy tadqiqot natijalarini, tajriba moddellarini yaratishda va ishlatib ko`rish, ishlab chiqarish texnologiyasida xamda mavjud texnikani mukammalashda foydalaniladi. Ishlanma etaplarida natijalari ilmiy tadqiqot maxsulotlari shunday shakl oladiki, ularni jamiyat ishlab chiqarishining boshqa soxalarida xam foydalaniladi. Ishlanmalar yoki tajriba konstruktorlik ishlari (TKI) dan maqsad amaliy (yoki fundamental) tadqiqotlarning natijalaridan texnika va ishlab chiqarish texnologiyasining yangi xillarini barpo qilish hamda o‘zlashtirish yoki mavjud namunalarni takomillashtirish maqsadida foydalanishdan iboratdir.
TKI jarayonida ilmiy-tadqiqotlar texnikaviy takliflarga aylanadi. Fan va ishlab chiqarishning uyg‘unlashgan tizimida bunday aylanish tarixi 1-rasmda keltirilgan.
Fundamental va amaliy ITI larni bajarish jarayoni bir qator asosiy bosqichlarni o‘z ichiga ola­di. Ular muayyan mantiqiy ketma-ketlikda joylashadi.

1-rasm. Ilmiy- tadqiqotlarning fan- ishlab chiarish uyg`unlashgan sistemadasida texnikaviy takliflarga aylantirish tarxi (grafigi).

Ko`rilgan tasniflash shartligina bo`lib, bu uchalasining chegaralari xarakatchandir, ammo ularni ilm-fan tibiiyligi birlashtiradi.


Fundamental tadqiqotlarning dolzarbligini aniqlash mezoni mavjud emas, chunki ularning natijasi kelgusida bo‘lishi mumkin. Shuning uchun fundamental mavzularning dolzarbligi haqidagi fikrlarni yirik olimlar yoki ilmiy jamoa belgilab beradi.
Amaliy tadqiqotlarning dolzarbligi ishlab chiqarishning muayyan tarmog‘ini rivojlanish darajasi va iqtisodiy samaradorlik talablariga ko‘ra belgilanadi.
Funlamental tadqiqot bilan xo`jalik ishlab chiqarishining o`rtasida o`zaro bog`lik etaplar yotadi. Loyixalash va o`zlashtirish ayni vaqtda fan xamda texnika soxasiga kiradi. Bu amaliy ish, chunki u ijodiy faoliyatda ilgaridan ma`lum bo`lgan ko`nikma, qabul qilingan- standart va tajribaviy maxoratlargagina asoslanib qolmasdan, texnika, texnologiya yoki ishlab chiqarishni tashkillashtirish, soxalarida yangi ajib yechimlarni olish uchun xamdir.

Ilmiy tadqiqotning strukturasi


Ilmiy tadqiqot - bu ob`ektiv borliqni, qonuniylikni va dunyo realligi xodisalari aloqalarini o`rganadigan jarayondir.
Ilmiy yo‘nalish deb, fanning muayyan tarmog‘ida jamoaviy tarzda bajariladigan yirik fundamental, nazariy va amaliy masalalarni hal etishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot sohasiga aytiladi. Ilmiy yo‘nalish kompleks muammolar, mavzular va masalalar kabi tizilmaviy birliklarga ega.
Bilish - odam ongining, odam fikrining ilmiy tadqiqot yordamida boshqariladigan, bilmasdan bilishiga yoki to`liqmas va aniq bo`lmagandan to`liqrok va aniqroq bilishga yo`naltirilgan murakkab xarakat jarayoni.
Amaliy tadqiqotda olib boriladigan ilmiy tadqiqot, ayniksa texnika soxasida qator etaplardan o`tadi. Bular ilmiy tadqiqotdagi strukturani tashkil qiladi va u quyidagilardir.
Muammoning qo`yilishi.
Bu etap tadqiqot qilinishi kerak bo`lgan muammoni izlash bilangina bog`lik bo`lib qolmasdan, ilmiy tadqiqotning masalalarini aniq va ravon ifodalanishini xam izlaydi. Tadqiqot masalasini to`g`ri ifodalash favqulotda katta axamiyatli, chunki tadqiqotning muvaffaqqiyatli tugashi unga ko`p jixatdan bog`liq.
Muammoni qo`yishda ma`lumot yig`ish va dastlabki ma`lumotlarga ishlov berishga o`ta katta ish kiritiladi- texnik va nazariy usullar, o`xshash masalalarni yechish vositalari, qo`shni soxadagi tadqiqotlar natijalari haqidagi ma`lumotlar va boshqa maxsus ma`lumotlar yig`ish boshlangunchagina emas, balki butun ish mobaynida davom etish kerak.
2.Dastlabki faraz.
Odatda ishchi faraz aniq ifodalangan tadqiqot masalasiga va yig`ilgan dastlabki materialning tanqidiy taxliliga tayangan xolda chiqaziladi. Ayni vaqtda ishchi faraz bir- necha variant bo`lishi mumkin, ulardan eng maqsadga muvofiqlarini olinadi, ayni vaqtda boshqa variantlarini xam e`tibordan qoldirilmaydi.
Ishchi farazni aniqlash uchun ba`zan dastlabki tajribalar o`tkazishga xam to`g`ri keladi. Ular o`rganilayotgan ob`ektni chuqurroq o`rganish imkonini beradi.
3.Nazariy tadqiqot.
Nazariy tadqiqot fundamental ilm-fanning tadqiq qilinayotgan ob`ektga qo`llaniladigan, matematika apparati, nazariy mexanika va boshqa fanlar yordamida olingan yangi, xali ma`lum bo`lmagan, qonuniyatlarini taxlil va sintez qilishdan iborat. Nazariy tadqiqotning maqsadi kuzatiladigan xodisalarni, ularning aloqalarini to`liqroq umumlashtirish, ishchi farazdan iloji boricha ko`proq natija olishdir. Boshqacharog`i esa qabul qilingan farazni rivojlantiradi va tekshirilayotgan muammo nazariyasini ishlab chiqishga olib keladi, ya`ni shu muammo chegarasida ilmiy umumlashtirilgan bilimlar sistemasiga olib keladi. Bu nazariya o`rganilayotgan muammo bo`yicha xodisalar faktlarini tushintira olish, oldindan aytish qobiliyatiga ega bo`lish kerak va bu yerda xal qiluvchi faktor bo`lib amaliyot kriteriyasi qo`yiladi.
4. Amaliy tadqiqot.
Tajriba yoki qo`yilgan ilmiy amaliyot- ilmiy tadqiqotning texnik jixatdan eng murakkab va katta mexnat-talab etadi. U tadqiqotning xarakteri va uning birin ketinligi bilan bog`likdir. Bu xolda tajriba nazariy tadqiqot natijalarini tasdiqlaydi, ba`zan esa rad qiladi. Ammo tadqiqot tartibi o`zgacha bo`ladi. Tajriba nazariydan oldin bajariladi. Bu yetarlicha nazariy tadqiq natijalari bo`lmaganda izlanuvchi tadqiqot uchun xarakterlidir.
5. Natijalarni taxlil qilish, solishtirish.
Nazariy va tajribaviy tadqiqot natijalari taxlili va solishtirilishi ilgari surilgan farazni tasdiqlaydi. Teskari bo`lishi xam mumkin.
6. Oxirgi xulosalar.
Bu etapda tadqiqotning natijalari o`tkaziladi, ya`ni olingan natijalar va ularning qo`yilgan masala bilan mosligi ifodalanadi. Faqat nazariy uchun bu oxirgi etap bo`ladi. Texnikada ko`pincha yana bir etap paydo bo`ladi.
7. Natijalari o`zlashtirish.
Bu etap olingan natijalarni sanoat o`zlashtirishga tayyorlash, joriy qilishni texnologik yoki konstruktorlik printsiplarini ishlab chiqish. Bunda ko`pincha tadqiqot muallifi ishtirok etishga to`g`ri keladi. Chunki u ko`pincha sof muxandislik masala ramkasiga sig`masligi mumkin.



Yüklə 231,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin