1-ma`ruza: kirish. Texnik ijodkorlik haqida tushuncha. Reja


Induktiv xulosa chiqarish



Yüklə 231,36 Kb.
səhifə6/7
tarix05.12.2023
ölçüsü231,36 Kb.
#173634
1   2   3   4   5   6   7
1-Mavzu TIA Sirtqi

3.2.Induktiv xulosa chiqarish.
Xar qanday ilmiy tadqiqotni ilmiy muammoni qo`ymasdan bajarishni iloji yo`q.
Muammo - bu yechimini talab qiladigan nazariy va amaliy masaladir, ya`ni tekshirilishi lozim bo`lgan masala. Demak muammo bu shunday narsaki, uni biz bilmaymiz, bu ilm-fan rivoji va jamiyat talabi bilan paydo bo`lgan.
Ilmiy bilish muammoni xal qilish bilan bog‘liqdir. Muammolarning bo‘lmasligi tadqiqotlarning to‘xtab qolishi va fanning bir joyda qotib qolishiga olib kelgan bo‘lar edi.
Muammo eski bilimlar bilan emperik va nazariy tadqiqotlar asosida topilgan yangi bilimlar orasida ziddiyat paydo bo‘lganda vujudga keladi, ya`ni u muammoviy vaziyatning natijasidir.
Kompleks muammolar deb, bir ilmiy yo‘nalishdagi bir qancha yirik masalalarni o‘z ichiga oluvchi muammolar majmuasiga aytiladi.
Ilmiy mavzu deb, tadqiqot etishni talab qiluvchi muammolarning muayyan sohasini qamrab oluvchi ilmiy masalaga aytiladi. U muammoning aniq bir sohasiga qarashli ancha mayda ilmiy masallarga asoslanadi, unda qo‘yilgan masalani xal etishda muayyan tadqiqot vazifasi yechiladi. Masalan, yangi materialni yoki yangi konstruksiyani yaratish, aniq mahsulot ishlab chiqarish uchun ilg‘or texnologiyani ishlab chiqish va hakozo.
Ilmiy muammo va mavzuni tanlash murakkab masaladir. U bir nechta bosqichda o‘z yechimini topadi.Muammoviy vaziyatdan kelib chiqqan holda muammo ta`riflanadi va kutilayotgan natija belgilanadi.
Muammmoning dolzarbligi, uning fan va texnikani rivojlantirishdagi ahamiyati aniqlanadi. Muammoning strukturasi tuzilib, undagi mavzular, kichik mavzular, masalalar va ular orasidagi bog‘lanish aniqlanadi. Natijada, muammo daraxti yasaladi. Shundan so‘ng, tadqiqotchi ilmiy mavzuni tanlashga kirishadi.
Ilmiy mavzuga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Mavzu dolzarb bo‘lishi va hozirgi paytda tadqiqot etishni talab qilishi lozim.
Mavzu yangi ilmiy masalani yechishga qaratilgan bo‘lib, unda albatta ilmiy yangilik bo‘lishi kerak.
Iqtisodiy samaradorlilik va ahamiyatlilik darajasi. Bunda amaliy tadqiqotlar uchun taxminiy iqtisodiy samaradorlikning miqdori aniqlanadi, fundamental tadqiqotlar uchun esa ushbu mezon ahamiyatlilik mezoni bilan almashtiriladi.
Mavzu jamoa bajarayotgan ilmiy yo‘nalishga mos tushishi kerak, shundagina ilmiy jamoa malakasi va vakolatidan to‘liq ravishda foydalanish imkoniyati tug‘iladi, uni sifatli va yuqori nazariy darajada bajarilishi uchun zamin yaratiladi, bajarilish muddati kamayadi.
Joriy etilish mavzuning muxim tavsifi bo‘lib hisoblanadi, mavzu tanlashda reja asosida muddatda tugatish va joriy etilish imkoniyatlari belgilab olinishi kerak. Buning uchun tadqiqotchi ishlab chiqarishning shu kungi xolati va kelgusidagi talablaridan xabardor bo‘lishi kerak.
Mavzuni tanlash jarayonida mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi adabiyot manbalarini o‘rganish, ya`ni axborot izlash vazifasi ham bajariladi.
Keyingi yillarda mavzuni tanlashda eksperiment baholash usuli keng qo‘llanilmoqda. Bu usul bo‘yicha rejalashtirilayotgan mavzu mutaxassis-ekspertlar tomonidan baholanadi. Har bir ekspert mavzuni tegishli talablar asosida baholaydi, bunda eng ko‘p ball to‘plagan mavzu maqbul deb topiladi.
Muammo bekordan paydo bo`lmaydi, ular xamisha ilgari olingan natijalardan kelib chiqadi. Muammoni to`g`ri qo`yish, tadqiqot maqsadini aniqlash, ilgarigi bilimdan muammoni keltirib chiqarish oson emas. Shu bilan birga odatda ma`lum bilimlar muammo qo`yishga yetarli, ammo uni oxirigacha yechish uchun yetarli emas. Muammoni yechish uchun ilmiy tadqiqot beradigan yangi bilimlar zarur. Shunday qilib xar qanday muammo o`zaro ajralmas ikki elementning bog`liqligidir. Nimanidir bilmasligimiz haqidagi ob`ektiv bilim va ilgari olingan bilimni printsipial yangicha qo`llash yangi qonuniyatni olish imkoni borligini faraz qilish kerak.
Bunda bu yangi bilim amalda jamiyatga zarur ekanligi faraz qilinadi.
Muammoni qo`yishning uch etapini farq qilish lozim: muammoni izlash, muammoni qo`yish va muammoni yechish.
1.Muammoni izlash. Ko`pincha ilmiy va texnikaviy muammolar yuzada yotadi. Ularni izlash kerak emas. Paydo bo`ladigan qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish yo`llarini aniqlash va ularni yechishning yangi vositalarini topishda ularga sotsial buyurtmalar keladi. Masalan, shunday muammolar qatoriga xavoni ifloslantirmaydigan energetik qurilma yaratish muammosi. O`ta aniq va ko`rinarli bo`lmagan muammolar xam mavjud.
-Ko`pincha muammo “Teskaridan” paydo bo`ladi. Amaliy faoliyat, natijasida teskari yoki keskin farq qiluvchi natijalar olinganida.
-Muammoni izlash va tanlab olishda ularning yechish uchun bo`lishi mumkin bo`lgan natijalarini amaliyotning talablari quyidagilar bilan tasdiqlanadi.
-Ayni muammoni yechmasdan belgilangan yo`nalishda texnikaning yanada rivojlanishi mumkinmi?
-Mo`ljallangan tadqiqot texnikaga konkret nima beradi?
Belgilangan tadqiqot natijalari olinadigan yangi qonuniyat, ya`ni usul va vosita ilm xamda texnikada mavjudligidan ko`p amaliy baxoga erishishi mumkinmi?
2.Muammoni qo`yish. Yuqorida eslatilganidek muammoni to`g`ri qo`yish, ya`ni maqsadini aniq ifodalash, tadqiqot chegarasini aniqlash va shu bilan tadqiqot ob`ektini belgilash oddiygina ish emas va xar qaysi konkret xol uchun individualdir.
Muammo qo`yishning ma`lum umumiyligiga ega bo`lgan quyidagi asosiy “qoida” sini ko`rsatish mumkin.
a) ma`lumni nomalumdan qat`iy ajratish. Muammoni qo`yish uchun shu soxadagi fan-texnikaning yutuqlarini mukammal bilish kerak, aks xolda yanglishib ilgari yechilgan muammoni qo`yib qo`yish mumkin.
b) noma`lumni cheklash, takomillashtirish. Noma`lumning va o`rganilishi kerak bo`lganning chegarasini aniq belgilash kerak.
v) yechishning aniq shartlarini aniqlash, bu degani muammolar tiplarini aniqlash degani. Tadqiqotning umumiy usulini aniqlash va o`lchash aniqligi xamda baxolash masshtabini berish.
g) noaniqligining yoki variantlarning mavjudligiga, bu ilgarigini yangi pog`onada takrorlashga yo`l qo`yadi.
3. Muammoni yechish. Ilmiy yoki ilmiy- texnikaviy muammoni bir karrali akt sifatida ko`rish mumkin emas. Muammoning yechimi ko`pincha uning yoyilishi bilan mos keladi, ya`ni qo`shimcha savollarining paydo bo`lishi va ifodalanishi bilan. Ular xar qanday muammoning bog`lovchi, aniqlovchi tugunlovchi punkti bo`lgan markaziy masala atrofida guruxlanadi.
Qo`shimcha savollarni yechish tadqiqotchining qo`liga markaziy masalaga javob izlashda ma`lumotlar, faktlar beradi.
Qo`shimcha savollarni ma`lum darajada asosiy muammoning rejalariga o`xshatish mumkin, ya`ni tadqiqot ob`ektini yangi aloqalar bilan o`rganish, yangi ob`ekt bilan yoki ob`ektni yangi sharoitda o`rganishga tenglash mumkin.
Ilmiy muammoning markaziy savoli-muamoning xar xil jixatidan bog`langan o`ziga xos tug`unidir. Ular ba`zi xollarda aloxida tadqiqot mavzusi sifatida xam ko`rilishi mumkin. Aloxida kichik muammo va mustaqil muammo ko`rinishida xam.
Albatta tadqiqotchi ilgarigi va xozirgi davrda qilingan va qilinayotgan ishni bilmasdan takrorlamasligi uchun ularni aniq bilishi shart. Buning uchun adabiyotlarni va boshqa ma`lumot manbalarini puxta o`rganishi shart.
3.3. Ilmiy g’oya.
Xar qanday ilmiy tadqiqot o'tkazish o`zidan oldingining ishini o`rganishi va taxlil qilish xamda uning yondosh soxasining ma`lumotlarini o`rganishdan boshlanadi. Ko`pincha tadqiqotchi xabarsizligidan ochiq eshikka bostirib kirib koladi, “shaytonarava” yaratib qo`yadi, shoshilinch kam asoslangan noto`g`ri xulosalar qiladi, o`zining ishida ancha ilgari qilinganlarni takrorlaydi.
Bosib chiqayotgan ishlarning juda kattaligi materiallarini o`rganishni murakkab masala qiladi.
Materiallarni o`rganishning ikki etapi bor.
Birinchi etap- ma`lumot manba uni axtarish. O`rganishni nazarda tutilayotgan yo`nalish bo`yicha manografiyadan boshlash zarur. Bu bilan ikki maqsadga erishiladi. Birinchidan tadqiqot qilinadigan muammoga zamonaviy nuqtai nazar bilan unga yondashish va tadqiqot usuli bilan tanishishi, ikkinchidan asosiy adabiyotlar bilan tanishish, chunki odatda monografiya to`liq bibliografik ko`rsatgichga ega bo`ladi.
Adabiy ma`lumotlarning keyingilarini tanlash taxminan quyidagicha bo`lishi kerak.
-biografiyada ko`rsatilgan adabiyotlar bilan tanishish (ular kitob, brashyuralar, jurnallardagi maqolalar, dissertatsiyalar va shu kabilar);
-fan- texnikaning mos bo`limi bo`yicha referativ jurnallarni va informatsion varaqalarni o`rganish.
-soxa jurnallarini o`rganish va uzluksiz kuzatib borish;
-institutlar ilmiy ishlari bo`yicha maqolalari to`plamlarini, ilmiy anjumanlari ma`ruzalarini, materiallarini, dissertatsiya avtoreferatlarini o`rganish.
Ma`lumot manbalarini xamma joydan izlash kerak. Kutubxonalardan respublika va zonal axborot markazlaridan, ilmiy tadqiqot va o`quv institutlaridan izlash kerak. Bunda shuni yodda saqlash kerakki, ilmiy faoliyatining 30-35% i axborot izlanish bo`lib u biron kunga xam tuxtatilmasligi kerak.
Kerak materialdan foydalanishni faqatgina kartochka yengillashtiradi va bajarilgan tadqiqot haqidagi tuziladigan xisobotda adabiyot ma`lumotlarini keltirishda alfabit bo`yicha ro`yxat tuzishni bajarish imkonini beradi.
Ikkinchi etap- materiallari bilan tanishishning ikki chegaraviy xolati mavjud: kitoblar, jurnallar mundarijalarini ko`rilsa, unga yaqin xech narsa yo`q deb xisoblab kitobni chetga surib qo`yilsa bunda biron yondash savolidagi o`ta noyob axborot materialini yo`qotadi, yoki xammasini o`qiydi, bu yana xam yomon, materialni bir boshidan qoldirmasdan konspektlaydi, bundan keyin tushunaman deyiladi.
Axborotni o`rganish etapi- tanishish va o`qish etapidan tuzilgan, tanishish quyidagi sxema bo`yicha olib boriladi.



E`tibor obekti

Olinadigan axborot

Pereplyot

Kitobning sarlovxasi va muallifi familiyasi ismi

Titul varag`i

Kichik sarlavxa
Chiqqan yili-nechanchi chiqishi to`g`rilangan, to`ldirilgan
O`quv kitobi sifatida qo`yilganligi.
Original kitob yoki tarjima.

Chiqish ma`lumotlari

Bosishga berilgan sana

Annotatsiya

Asosiy mazmuni .
O`quvchining kategoriyasi

Mundarija

Bob va paragriflar mazmunlari.
Ayrim bo`limlar xajmlari.


Zamonaviy kitoblarda annatatsiya shartiy xolda bo`ladi. 1965 yilgacha chiqqan kitoblarda bo`lmasligi mumkin. Bu maqolalarda muallifning yoki nashriyotining so`zboshisiga murojat qilish lozim. Bu materiallar o`quvchiga kitob xarakteri haqida aniq, qiska ma`lumot beradi. Shunda xam uni ko`rib chiqish kerak.
Agar xar qanday material bilan tezgina tanishib chiqishda uning kerakligi aniqlansa uni yaxshilab o`qish kerak. Uni shunday o`qish kerakki, fikr uning ma`naviy qismiga yig`ilgan bo`lsin, uning tanqidiy taxlili quyidagi sxema bo`yicha bo`lsin.



Mavzu
(ko`rilayotgan
savollar)




Asosiy mazmunlari.
Yetaklovchi g`oya, faktorlar (formulalar, berilganlari uslubiyatlari xususiyati)




Natijalar
ularning yangiliklari

Ilgarigi tadqiqot materiallarini shunday sxema bilan konspekt qilish kerak. Uni keyinchalik quyidagicha tanqidiy taxlil qilinadi.


-tadqiqot qilinayotgan yo`nalishda bilimning erishilgan darajasi belgilanadi.
-shu soxada ajoyib g`oyalar, qiziqarli usullar aniqlanadi,
-keyingi tadqiqotning borishi mumkin bo`lgan turi belgilanadi.
Tanqidiy taxlil asoslangan va isbotlangan bo`lishi lozim. Tanqid oldindan olingan bo`lmasligi kerak. Ilgari qilinganlarning xammasi yomon deyish to`gri emas, muallif taklif qilayotganlarni so`zsiz qabul qilish xam mumkin emas.
Fikrlar o`zgacha bo`la boshlaganda bu fikrlarning mosligini rangli korrelyatsiya usulida matematik analizga kelish lozim va shu kabilar.
ILMIY-TEXNIKAVIY AXBOROTNI IZLASH.
Har qanday ilmiy tadqiqot muayyan ilmiy yo‘nalish bo‘yicha ilmiy texnikaviy axborotni izlashdan boshlanadi.Adabiyotni to‘plash va tahlil etish uchun ilmiy texnikaviy axborot manbalari bo‘lib, ular quyidagilar hisoblanadi:
kitoblar (darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, broshyuralar);
davriy matbuot (jurnallar, byulletenlar, institutlarning ilmiy ishlari, ilmiy to‘plamlar);
me`yoriy hujjatlar (standartlar, andozalar, texnikaviy shartlar, yo‘riqnomalar, me`yoriy jadvallar, muvaqqat ko‘rsatmalar va b.);
katalog va preyskurantlar;
patent hujjatlari;
ilmiy tadqiqotlar va tajribaviy konstruktorlik ishlari haqidagi hisobotlar;
axborot nashrlari (ITI to‘plamlari, analitik sharhlar, axborotli varaqalar, ekspress axborotlar, ko‘rgazmalarning prospektlari va b.);
xorijiy ilmiy-texnikaviy adabiyotlarning tarjimasi va asl nusxalari;
dissertatsiyalar, avtoreferatlar;
ilmiy-texnikaviy anjumanlar va ishlab chiqarish yig‘ilishlarining ilmiy-texnikaviy materiallari;
ikkilamchi hujjatlar (referativ sharhlar, bibliografik kataloglar, referativ jurnallar va b.).
Sanab o‘tilgan hujjatlar ulkan axborot oqimini hosil qiladi, uning sur`ati yildan yilga oshib boradi. Bunda yuqorilama va quyilama axborot oqimi bir-biridan farqlanadi.
Axborotning yuqorilama oqimi ijrochilardan (ITI, oliy o‘quv yurtlari, TKB va boshq.) qayd etuvchi idoralarga tomon yo‘naladi, quyilama oqim esa bibliografik sharhlar, referativ va boshqa ma`lumotlar ko‘rinishida ijrochilarga ularning talabiga ko‘ra yo‘naladi.
Axborot manbalarida yangi ilmiy va ilmiy-texnikaviy ma`lumotlarni keskin sur`atda o‘sib borishi munosabati bilan axborotning “eskirishi” kuzatiladi. Chet el tadqiqotchilarining ma`lumotlariga ko‘ra axborot qiymatini pastga tushib ketish jadalligi ya`ni “eskirishi” ro‘znomalar uchun kuniga 10%, jurnallar uchun oyiga 10% va kitoblar uchun yiliga 10%ni tashkil qilar ekan. Shu sababdan axborotlarning juda katta oqimida aniq mavzuning yangi, ilg‘or yechimlarini topish murakkab masala hisoblanadi.
Zarur axborotlarni izlash ijodiy jarayon bo‘lib, shundan uni avtomatlashtirish va shakllantirishning murakkabligi kelib chiqadi.
Axborotni izlash deganda tanlangan mavzu ustida tadqiqot olib borish maqsadida zarur xujjatlarni qidirish bo‘yicha xarakatlarning yig‘indisi tushiniladi. Bu jarayon qo‘lda, mexanik ravishda, mexanizatsiyalashtirilgan tarzda va avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshirilishi mumkin.
Axborotni qo‘lda qidirish oddiy bibliografik kartochkalar, kartotekalar va bosma ko‘rsatkichlar bo‘yicha olib boriladi. Mexanik ravishda axborot tashuvchilar bo‘lib perfokartalar xizmat qiladi. Mexanizatsiyalashtirilgan tarzda axborotni qidirishda xisob-perforatsiya mashinalari, avtomatlashtirilgan tarzda qidirishda esa EHM yordamga chiqadi.
Xozirgi zamon universal axborot manbai bo‘lib Internetning Global axborot tarmog‘i, ya`ni Internet xisoblanadi. Ushbu tarmoq tadqiqotchiga turli axborot resurslari uchun yo‘l ochib beradi va quyidagi savollarga javob topishga yordam beradi:
Avtomatlashtirilgan tartibda kerak bo‘lgan axborot ob`ektini qanday topish mumkin?
Uni qanday qilib o‘z kompyuteriga ko‘chirib o‘tkazish mumkin?
Uni qanday dasturli vositalar yordamida qabul qilinadigan qilish mumkin?
Bu xolda Internetdan foydalanuvchi tarmoqlararo shlyuzlarning mavjudligi tufayli boshqa tarmoqlarning axborot reserslariga kirish imkoniyatiga erishadi.
Internetning axborot resursi deb doimiy yangilanish xolatida mavjud bo‘lgan axborot texnologiyalari va ma`lumot bazalarining yig‘indisiga aytiladi.
Ushbu yig‘indiga quyidagilar kiradi:
FTR fayl arxivlarining tizimi
WWW ma`lumot bazalari
Gopher ma`lumot bazalari
WAIS m`lumot bazalari va boshqalar.
FTR fayl arxivlarining tizimi keyingi 10-15 yil davomida yig‘ilgan ma`lumotlarning kengaytirilgan omborini tashkil qiladi. Uning xizmatidan xar bir tadqiqotchi unga kerak bo‘lgan ma`lumotlardan nusxa olish yo‘li bilan foydalanishi mumkin.
World Wide Web (WWW) gipermatnli axborot tarmog‘i (Butun dunyo o‘rgamchi ini) ko‘pgina Internet axborot arxivlariga qulay yo‘l topib beradi.
Ushbu texnologiyaning ko‘pgina interfeyslari zarur materiallarni manipulyatorning tugmasini kerak so‘z yoki grafik tasvir soxasida bosib tanlash imkoniyatini yaratadi. WWWning boshqa qidiruv vositalaridan ijobiy farqi uning ko‘p funksionalligi hisoblanadi, bunda bir betning o‘zida bir vaqtning o‘zida matn va tasvirni ko‘rish, ovozni eshitish, animatsiyani kuzatish mumkin.
Gopher taqsimlangan axborot tizimi interfeysining asosida ierarxik katologlar g‘oyasi yotadi. U sodda va yetarli darajada ishonchli va ximoyalangan tizim hisoblanadi.
WAIS taqsimlangan axborotni izlash tizimining asosiga kalitli so‘zlardan foydalanib, mantiqiy savollarni berish orqali axborotni qidirish usuli kiritilgan. Bunda tadqiqotchi WAIS ning barcha serverlarini zarur xujjatlar bo‘yicha qarab chiqishi mumkin.
Axborotni samarali tarzda o‘zlashtirish ya`ni o‘rganish, eslab qolish va taxlil etish uchun bir qator shartlar bajarilishi zarur:
Maqsadni aniqlab olish. Ushbu psixologik omil fikrlashni faollashtiradi, o‘qilayotgan materialni aniq tushunishga va qabul qilishga yordam beradi.
Ilxomlanish, ruxlanish. Bu xolat ijodiy yondoshishning asosini tashkil qiladi, axborotni o‘zlashtirish samarasini oshiradi.
Diqqat e`tiborni bir joyga qaratish. Ushbu xolat ayniqsa yangi, qiyin va murakkab matnni o‘qish jarayonida asosiy shart hisoblanadi. Materialni to‘liq o‘zlashtirishi uchun uni qayta-qayta o‘qishga to‘g‘ri keladi.
To‘g‘ri ish rejimini yaratish. 1-2 soatli aqliy ishdan so‘ng 5-7 minutli tanaffus uyushtirish tavsiya etiladi, bunda jismoniy mashqlar, chuqur nafas olish markaziy asab sistemasini rag‘batlantirib, ishlash qobiliyatini oshiradi.
Ilmiy-texnik axborotni o‘zlashtirishda ma`lumotlar ko‘chirmalar, annotatsiyalar va matnlar shaklida yig‘iladi.
Ishchi faraz - kuzatilgan faktorning, jarayonining yoki xodisasining extimoliy, faraziy rivoji keltirib chiqaradigan tadqiqotchi tomonidan asoslanib aytilgan taxmin.
Ilmiy farazga shu narsalar xarakterliki, unda ma`lum bilimlar chegarasidan chikib ketadigan, yangi mazmunli xolatlar ifodalanadi, extimollik xarakterli yangi goyalar olga suriladi, ularning asosda ilmiy natijalar izlanishi paydo bo`ladi. Ilm- fanni rivojlantirish sifatida ilmiy farazning mazmuni va baxoliligi ana shundaydir.
Dastlab ilmiy fikr ichki xis va sezgi bilan olg`a suriladigan shaklda paydo bo`ladi. Taxmin qilishda ilmiy fantaziya katta axamiyat kashf etadi, fantaziyasiz, fikrlashsiz ilm-texnikada bironta xam yangi g`oya aytib bo`lmaydi.
Taxminni ilmniki qilish uchun uni ilmiy farazga aylantirish zarur, fantaziyani ilm o`rnatgan qat`iy ramkaga solish kerak. Demak aniq bir xodisa haqidagi xar qanday ixtiyoriy taxmin ilmiy faraz bo`la olmaydi. Faqatgina shunday taxminlar faraz bo`la olishi mumkin, birinchidan shu soxa aniqlangan ilmiy xulosa taxminlarining barchasiga teskari bo`lmasligi kerak va ikkinchidan aytilgan taxmin va muloxazalarning extimolligi asoslangan bo`lish kerak. Agar ilgari surilgan taxmin ilm bilan qattik o`rnatilgan xolatlarga teskari bo`lsa uni ilmiy faraz darajasiga ko`tarish mumkin emas.
Ishchi faraz tadqiqot qilinadigan xodisani rivojlantiruvchi, asosiy sharoitlarini, xarakatlantiruvchi kuchini aniqlaydi; bu ishchi faraz talab qiladiganlarning minimumi.
Ishchi faraz, tadqiqot qilinayotgan xodisaning rivoji extimolini tushuntirish to`liq yoki shunga yaqin extimol beradi; bu ishchi faraz berishi mumkin bo`lganining maksimumi. Ammo buni olg`a surilgan farazni nazariy va amaliy asoslangandan keyingina olish mumkin, ya`ni tadqiqot jarayonida. Asoslangan, tasdiqlangan va rivojlangan ishchi faraz ilmiy nazariyaga aylanadi. Aniq va yetarlicha to`liq ishlangan ishchi faraz keyingi ishlarni juda yengillashtiradi, chunki nazariy va amaliy tadqiqot usullariga o`lchanib o`rganilayotgan ob`ekt va xodisalarni xarakterlaydigan aniq parametrlarga qaratish imkonini beradi. Bundan tashqari to`g`ri boshqarilgan dastlabki analitik ishlangan faraz, ya`ni uning matematik ifodalanishi keyingi tajribaning asosiy xususiyatlarining detallarini to`liqroq va to`g`ri belgilaydi. Xamisha nazariy tajribadan oldin bo`lgani maqsadga muvofiq.

Yüklə 231,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin