2-ma`ruza: TEXNIK IJODKORLIKNING TAVSIFI Reja: 2.1. Ilmiy tadqiqotning ta’rifi va tasniflari.
2..2. Ilmiy tadqiqotning strukturasi.
2.3. Ilmiy tadqiqot muammosining qo’yilishi.
2.4. Ilmiy ma’lumotlarni o’rganish va ishchi faraz.
2.1. Ilmiy tadqiqotning ta’rifi va tasniflari.
Har qanday ilmiy tekshirish ishining maqsadi tekshirilayotgan ob`ekt haqida yangi ma`lumot olish yoki mavjud ma`lumotlarni yanada chuqurlashtirishdan iborat.
Barcha ilmiy tekshirish ishlari quyidagilarga bo’linadi:
A) nazariy
B) nazariy-tajribaviy
V) tajribaviy (laboratoriya yoki sanoatda).
Tekshirishning oldiga qo’yilgan masalalarga ko’ra ITI quyidagilarga bo’linadi:
Nazariy-tajribaviy ishlar. Bu ishlar mashinadagi jarayonning mohiyatini ochib beradi.
Tajribaviy ishlar. Bu ishlar yangi ishlab chiqilgan mashinalarni o’rganish uchun o’tkaziladi.
Buyumlarning sifatini aniqlash va standartlar yaratish uchun o’tkazilgan ITI.
Tekshirish metodlarini yaratish uchun o’tkaziladigan ITI (priborlar, datchiklar yaratish va hokazo).
2..2. Ilmiy tadqiqotning strukturasi. Nazariy-tajribaviy ishlarning bosqichlari:
Mavzuni tanlash va asoslash.
Tayyorgarlik bosqichi
Texnologik jarayonning nazariy analizi
Dastlabki tajribani tayyorlab, o’tkazish
Asosiy tajribani o’tkazish
Nazariy va tajribaviy tekshirishlarning natijalari analizi
Hisobot yozish, fikr va mulohazalar.
B) Izlanish ishlarining bosqichlari:
Mavzuni tanlash va asoslash
Nazariya ishlab chiqarish
Stendni loyihalash va tayyorlash
Stendni sinab ko’rish va ayrim o’zgartirishlar kiritish
Dastlabki tajribani tayyorlash va o’tkazish
Asosiy tajribani o’tkazish
Tekshirish natijalari analizi
Hisobot yozish. Stendni tajribaviy namunasini tayyorlashga texnik topshiriq tayyorlash.
2.3. Ilmiy tadqiqot muammosining qo’yilishi.
Tekshiruvchining bilim darajasi
Ishni bajarish uchun sharoit (mablag’, ishchi kuchi va hokazo)
Aktualligi.
Tayyorgarlik bosqichida quyidagilar amalga oshiriladi:
Adabiyotlar bilan tanishish
Tekshirish ob`ekti bilan tanishish
Texnologik jarayonning fizikaviy asoslarini o’rganish
Tekshirish masalalarini aniqlab olish
Ishning metodik dasturini tuzish.
Metodik dasturning tarkibi
Mavzuning aniq nomi
Ishning maqsadini aniqlash
Ishni nima sababdan qilinishini aniqlash
Masalaning muayyan holatini aniqlash uchun materiallar va adabiyotlar bilan tanishish
Jarayonning ishchi modelini qurish
Mavzuni bosqichlar bo’yicha sxemasi
Rejalashtirish matritsasi, tajribani o’tkazish uslubi
Natijalarni ishlash metodikasi, xulosalar ko’rish
Ilmiy ishning iqtisodiy samaradorligini hisoblash uslubi
Metodik dastur har qanday ish uchun bir yilga tuziladi. ITI ishchi dasturi - bu ITI o’tkazishning rejasidir. Dasturga metodik dastur, ishning kalendar bo’yicha borishi, xarajatlar smetasi va iqtisodiy samaradorlik kiradi. ITI tugagach hisobot yoziladi. Hisobotning tarkibi quyidagilardan iborat:
Muqova
Bajaruvchilar ro’yxati
Referat
Mundarija
Kirish
Adabiyotlar sharhi
Tanlangan yo’nalishdagi ishni asoslash
Hisobotning asosiy qismi (bajarilgan ishlar va natijalar)
Muqaddima
Foydalanilgan ilmiy ishlar ro’yxati
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ilovalar
Qisqartmalar, simvollar va maxsus terminlar ro’yxati (mabodo zarur bo’lsa).