So‘zlarni turkumlash tamoyillari So‘z leksikologiyada ham, morfologiyada ham, sintaksisda ham asosiy birlik sanaladi. So‘z (leksema)larni turkumlarga tasniflash masalasi uzoq davrlardan: qadimgi sanskrit, misr, arab, yunon, rim tilshunoslari tomonidan ham ilgari surilib, asosiy ilmiy tortishuv maydoni bo‘lib kelgan.
Arab tilshunosligidan oziqlangan turkiy tilshunoslik so‘zlarni turkumlarga ilk M.Qoshg‘ariy tomonidan XI asrda ism, harakat, harfga ajratgan. Bu tasnif XX asrgacha davom etib – yashab keldi.
XX asrning birinchi choragidan boshlab so‘zlarni turkumlarga ajratish birmuncha konkretlashdi. Xususan, Fitratning «Sarf» asari (1930- yil)da ot va fe’ldan tashqari sifat, son, olmosh, ravish, undov so‘zlar, yordamchi so‘zlar tadqiqiga ham katta e’tibor berildi.
Tilshunoslik tarixida morfema haqidagi (I.A.Boduen de Kurtene tomonidan) nazariya paydo bo‘lguncha, ya’ni tilning markaziy birligi sifatida morfema e’tirof etilgunga qadar, mutaxassislar diqqati so‘zga qaratib kelindi. Boshqa barcha birliklar so‘z asosida (so‘zdan kichik birliklar va so‘zdan katta birliklar) belgilandi. So‘zlarni mustaqil va yordamchi so‘zlarga ajratish an’anasi ham ana shu «so‘zmarkaz»li qarashning natijasidir.
So‘zlarni semantik, morfologik va sintaktik belgisi asosida tasnif qilish eng maqbul hamda to‘g‘ri usul ekanligi barcha adabiyotlarda keng e’tirof etiladi7.
Keyingi paytlarda so‘zlarni turkumlashda ham talay yangicha tasniflarning guvohi bo‘lyapmiz.
Buxoro tilshunoslik vakillari so‘zlarni quyidagicha turkumlarga tasnif etadilar8
I. Mustaqil so‘zlar:
II.Yordamchi so‘zlar:
III.Oraliq so‘zlar:
1.Fe’l.
1.Ko‘makchi.
So‘z-gaplar:
2.Ot.
2.Bog‘lovchi.
1.Modallar.
3.Sifat.
3.Yuklama.
2.Undovlar.
4.Son.
3.Tasdiq/inkor so‘zlar.
5.Ravish.
4.Taklif/ishora so‘zlar.
6.Taqlid.
7.Olmosh.
Andijon tilshunoslik vakillari so‘zlarni quyidagicha turkumlarga tasnif etadilar.
I. Mustaqil so‘zlar:
II.Yordamchi so‘zlar:
III. So‘z-gaplar:
1.Fe’l.
1.Ko‘makchi.
1.Modallar.
2.Ot.
2.Bog‘lovchi.
2.Undovlar.
3.Sifat.
3.Yuklama.
3.Tasdiq/inkor so‘zlar.
4.Son.
4.Taqlidlar.
5.Ravish.
6.Olmosh.
Professor Shavkat Rahmatullayev so‘zlarni quyidagicha tasnif etadilar9.
Leksik birliklarning turkumlanishi:
Grammatik birliklarning turkumlanishi:
1.Ot leksemalar turkumi.
1.Bog‘lovchi.
2.Sifat leksemalar turkumi.
2.Yuklama.
3.Son leksemalar turkumi.
3.Modal.
4.Fe’l leksemalar turkumi.
4.Undov.
5.Ravish leksemalar turkumi.
6.Kesimlik leksemalari turkumi.
7.Olmosh turkumi.
8.Tasvir birliklar turkumi.
Mustaqil so‘z turkumlarining semantik munosabatlari
So‘zlarni semantik xususiyatiga ko‘ra quyidagicha tasniflab olish va ularni o‘zaro taqqoslash maqsadga muvofiqdir:
1. Mustaqil lug‘aviy ma’noli so‘zlar (fe’l, ot, sifat, son, ravish, taqlid).
2. Nomustaqil lug‘aviy ma’noli so‘zlar (olmosh va so‘z-gaplar).
3. Lug‘aviy ma’nosiz so‘zlar (ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama).
1. Mustaqil lug‘aviy ma’noli so‘zlar
2. Nomustaqil lug‘aviy ma’noli so‘zlar
3. Lug‘aviy ma’nosiz so‘zlar
1. Fe’l
1. Olmosh
1. Ko‘makchi
2. Ot
2. So‘z-gaplar
2. Bog‘lovchi
3. Sifat,
3. Yuklama
4. Son
5. Ravish
6. Taqlid
Fe’llar harakat ma’nosini bildiradi. Bormoq, olmoq –