1-Ma’ruza Mavzu: Multimedia tushunchasi. Multimedianing xususiyatlari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/46
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
МАЪРУЗА (3)

1.2.3.
 
 Xatoliklarga bo‘lgan talablar 
 
Yuqorida ta’kidlanganidek, turli multimedia turlarini tarmoq bo‘ylab 
uzatishda xatoliklarni bo‘lishiga turli talablar qo‘yiladi. Xatoliklar paketlarning 
shikastlanishida va yo‘qolishida vujudga keladi. Uzatishda xatoliklarga ruxsat 


etiladigan ilovalarning ko‘pchiligi xatoliklarni niqoblash texnikasini qo‘llaydi 
(error concealment techniques - FEC), u boshqa paketlardagi ma’lumotlar asosida 
yo‘qotilgan ma’lumotlarni qayta tiklash imkonini beradi.
1.2.4. Multikastni qo‘llash 
 
Multikastda bitta manba bir vaqtda bir necha multimediali ma’lumotlarni 
oluvchiga qo‘llaniladi. U eng ommaviy taqsimlangan multimediali ilovalarni 
qo‘llaydi. Masalan, bir necha qatnashuvchilar bilan videokonferensiya Internet-
telefoniyadagi eng keng qo‘llaniladigan xizmatlardan biri hisoblanadi. 
Multikastni ikki tomonlama ma’lumotlarni uzatishga qaraganda bir 
tomonlama ma’lumotlarni uzatishda ta’minlash oson. Masalan, Internet-radiodan 
foydalanishda multikast ma’lumotlarni jo‘natuvchiga balanddan, uni oluvchiga 
tarmoqli va daraxt tugunlarida mos zahiralangan paketlarni aloqa daraxtini yaratish 
bilan ta’minlanadi. Lekin ikki tomonlama kommunikatsiyada, masalan, Internet-
telefoniyada bir necha qatnashuvchilar uchun turli qatnashuvchilardan ovozli 
oqimlarni to‘g‘ri aralashtirish uchun qandaydir funksiyaga ega bo‘lish zarur. Aks 
holda har bir qatnashuvchini qolganlar bilan ko‘plab ikki tomonlama aloqa 
kanallarini qo‘llashga to‘g‘ri keladi, bu uzatish tarmog‘iga juda yuqori yuklamani 
berishi mumkin. 
1.2.5.
 
 Seanslarni boshqarish 
 
Seanslarni boshqarish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

Multimedia turining tavsifi. Bu ma’lumotlar multimedia (ovoz, video yoki 
ma’lumotlar), kodlash sxemalari, seansning boshlanishi va oxiri, xostlar 
ishlatadigan IP-adreslari va boshqalar kabi seansning parametrlarini ko‘rsatish 
uchun taqsimlangan multimediali ilovalar zarur. Ko‘pincha sessiyani uning 
boshlanishigacha tavsiflash muhim, chunki seans qatnashchilari multimediani 
qabul qilish bo‘yicha turli imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin. 



Seans haqida ogohlantirish. Qatnashuvchilarni bo‘lajak seans haqida 
ogohlantirishga imkon beradi. Masalan, Internetda turli kanallar bo‘yicha 
tarqaladigan yuzlab radiostansiyalar mavjud. Seans haqida ogohlantirish bunday 
radiostansiyalarga potensial tinglovchilar uchun tarqatish jadvali haqidagi 
ma’lumotlarni tarqatishga imkon beradi. 

Seansni identifikatsiyalash. Multimediali seans ko‘plab oqimlardan, shu 
jumladan uzluksiz (ovoz, video) va diskret (matn, tasvir) oqimlardan tashkil 
topgan. Masalan, jo‘natuvchi bitta kanal bo‘yicha ovoz va videoni ikkita turli 
oqimlar sifatida jo‘natishi mumkin, ular olinganida sinxronlashgan bo‘lishi kerak. 
Yoki aksincha, jo‘natuvchi ovoz va videoni birgalikda jo‘natishi, lekin qayta 
tiklashni oluvchilarning imkoniyatlariga bog‘liq ravishda sifat bo‘yicha bir necha 
darajalarga bo‘lish mumkin. 

Seansni boshqarish. Turli oqimlardagi ma’lumotlar ichki aloqalarga ega 
bo‘lishi mumkin va bu uni uzatishda hisobga olinishi kerak. Bu multimediani 
sinxronlashtirish deyiladi va vaqt belgilarini (time stamps) uzatiladigan paketlarga 
qo‘yib chiqilishi bilan erishilishi mumkin. Shu bilan birga, bunday oqimli 
multimediani oluvchilar oddiy videomagnitofonlarda bajariladigandek qayta 
eshittirishni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lishni istab qolishi mumkin 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin