1-Ma’ruza Mavzu: Multimedia tushunchasi. Multimedianing xususiyatlari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/46
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183444
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46
МАЪРУЗА (3)

1.2.6.
 
 Xavfsizlik 
Multimediani uzatish jarayonini muhokama etishda ko‘pincha xavfsizlik 
masalalari haqida unutib qo‘yiladi. Lekin real vaqt xizmatlaridan foydalanishning 
ortishi bilan xavfsizlik masalalari yetarlicha muhim bo‘lib qoladi. Bunday 
multimedia uchun xavfsizlik uchta jihatlar – yaxlitlik, asliga to‘g‘rilik, shifrlanish 
bilan ifodalanadi. Masalan, ommaviy uzatish ma’lumotlarni yaxlitligi va asliga 
to‘g‘riligini, xususiy uzatish esa shifrlanishini talab qiladi. Buning uchun turli 
kriptografik sxemalarni qo‘llash mumkin.
Yana bir muammo multimedia komponentlariga mualliflik huquqlarini 
saqlanishi hisoblanadi. Masalan, dastlabki to‘lov bo‘yicha filmlarning yetkazib 
berilishini ko‘rib chiqamiz. Olingan filmlardan tijorat maqsadlarida foydalanish 
imkoniyati mavjud. Multimediaga qo‘shimcha ma’lumotlarni qo‘shadigan 


zamonaviy raqamli texnologiyalar bunday buzishlarning oldini olishga yordam 
berishi mumkin. 
1.2.7.
 
 Mobillikni qo‘llash 
 
Simsiz va sotali tarmoqlardan yanada keng foydalanish multimedia 
ilovalarini mobillikka tortadi. Sotali tarmoqlar juda katta maydonlarni qamrab 
oladi va yuqori mobillik darajasini ta’minlaydi. IEEE 802.11x kabi simsiz 
tarmoqlar nisbatan uncha katta bo‘lmagan oraliqlarni qamrab oladi va cheklangan 
mobillik darajasiga ega. Lekin bunday tarmoqlar katta uzatish tezliklariga ega va 
foydalanuvchilarni ulash uchun qulayroq. 
Mobillik jihati multimediali tarmoqlarni o‘zgarishiga olib keladi. U mobil 
terminallarni marshrutlashtirish, simli va simsiz tarmoqlarning o‘zaro ta’sirlashishi 
va boshqa muammolarni ko‘taradi. 
3-
Maruza.
Mavzu:
Multimediali trafik klassifikatsiyasi 
Multimediali trafik. 
Multimediali trafik deganda insonning sezgi organlari 
qabul qilib oladigan turli xil axborotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarning raqamli 
oqimi (odatda tovushli va/yoki video axborot) tushuniladi. Ma’lumotlarning 
multimediali oqimlari uzoqlashtirilgan interaktiv xizmatlarni taqdim etish 
maqsadida 
telekommunikatsiya 
tarmoqlari 
bo‘yicha uzatiladi. Tarmoq 
foydalanuvchilariga taqdim etiladigan multimediya xizmatlarining bugungi kunda 
eng ko‘p tarqalganlari videotelefoniya, multimediali ma’lumotlarni yuqori tezlikda 
uzatish hisoblanadi. 
Taqdim etiladigan xizmatlarning turiga bog‘liq holda multimediali 
trafikning ikkita asosiy turi ajratiladi: 
1.
Foydalanuvchilar o‘rtasida haqiqiy vaqt miqyosida axborotni uzatish 
uchun multimediyali xizmatlarni taqdim etadigan haqiqiy vaqt trafigi. 


2.
Zamonaviy telekommunikatsiya tarmog‘ining an’anaviy taqsimlangan 
xizmatlari bilan tashkil etiladigan oddiy ma’lumotlar trafigi, jumladan, elektron 
pochta, fayllarni uzatish, virtual terminal, ma’lumotlar bazasiga uzoqlashtirilgan 
kirish va boshqalar. 
Haqiqiy vaqt trafigini qo‘llab-quvvatlovchi xizmatlarga misol sifatida 
quyidagilarni 
keltirish 
mumkin: 
IP-telefoniya, 
yuqori 
sifatli 
tovush, 
videotelefoniya, videokonferens aloqa, masofadan turib tibbiy xizmat ko‘rsatish 
(diagnostika, monitoring, maslahat), videomonitoring, keng eshittirishli video, 
raqamli televideniya, radio va televizion dasturlarni olib ko‘rsatish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin