1-Ma’ruza Mavzu: Multimedia tushunchasi. Multimedianing xususiyatlari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/46
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183444
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46
МАЪРУЗА (3)

Maruza. Mavzu:
To‘lqinli zichlashtirish texnologiyasi ( CWDM, DWDM, 
HWDM). 
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi tarmoqlarida G.652 tavsiyasiga 
mos keladigan optik tolalar va optik kuchaytirgichlarsiz regeneratsiyalash 
uchastkasi uzunligi 100...200 km gacha bo‘lgan STM-16 (2,5 Gbit/s) sathidagi 
sinxron multipleksorlar qo‘llaniladi. Optik tolaning o‘tkazish qobiliyatini nazariy 
chegarasi uchinchi shaffoflik darchasida, ya’ni 193 GHz chastota tartibida 
taxminan 3-10

ARKni tashkil etadi. STM-16 uchun ARK soni 3-10
5
teng.
Internet tarmoqlariga ulanuvchi kanallar hajmining oshishi o‘z navbatida 
foydalanuvchilarga multimedialardan foydalanish imkonini beradi. Bu esa 
tarmoqqa ulanuvchi operatorlarning sonini oshirishga majbur qiladi, natijada 
kanallar soni singari ularning uzatish tezliklari ham oshadi. Lekin ma’lumotlarni 
uzatish hajmining oshishi va mavjud bo‘lgan optik tolalar orqali o‘tkazuvchanlik 
qobiliyatining tez to‘lishi yana muammolarni yuzaga keltirdi.


Aloqa sohasida axborotlarni uzatish tezligini oshirish nuqtai nazaridan 
talablarning oshishi, shuningdek yangi regionlarni qamrab olish yangi optik tolali 
texnologiyalarni, ayniqsa WDM (WDM -Wavelength Division Multiplexing) 
to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratishga ega bo‘lgan multipleksorlash deb ataluvchi 
texnologiyani yaratilishiga olib keldi. Bitta optik tolada uzatilayotgan to‘lqin 
uzunliklari soniga bog‘liq holda
CWDM, DWDM va HDWDM texnologiyalari 
mavjud: 
- 200 GHz dan kam bo‘lmagan kanallarni chastotaviy ko‘chiruvchi СWDM 
(Coarse WDM)
tizimlari, ular 16 tadan ko‘p bo‘lmagan kanallarni multipleksorlash 
imkonini beradi; 
- 100 GHz dan kam bo‘lmagan kanallarni chastotaviy ko‘chiruvchi DWDM 
(
D
ense 
WDM
) tizimlari, ular 64 tadan ko‘p bo‘lmagan kanallarni multipleksorlash 
imkonini beradi; 
- 50 GHz dan kam bo‘lmagan kanallarni chastotaviy ko‘chiruvchi HDWDM 
tizimlari, ular 64 tadan ko‘p bo‘lgan kanallarni multipleksorlash imkonini beradi. 
WDM texnologiyasining afzalligi: 
- kanallarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini yuqoriligi; 
- ma’lumotlarni uzatish tezligining yuqoriligi; 
- bitta optik tola orqali trafiklarni ikki tomonlama uzatish imkonining 
mavjudligi; 
- tor oraliqli yarim o‘tkazgichli lezerlardan foydalanish imkoniga egaligi 
(spektr nurlanish kengligi 0.1 nm); 
-
keng polosali kuchaytirgichlardan va yaqin kanallarni ajratishda optik 
filtrlardan foydalanish imkoniyati; 
-
qo‘llaniladigan multipleksor va demultipleksorlarning narxini arzonligi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin