Maruza. Mavzu:
Multimediali aloqa tarmoqlarida qo‘llaniladigan
texnologiyalar. Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanish etalon modeli.
Aloqa bu tarmoq va aloqa xizmati yig‘indisini o‘zida namoyish etadi (2.1-
rasm). Telekommunikatsiya xizmati – bu xizmatlardan foydalanuvchilarni
ta’minlovchi vositalar majmuasidir. Ikkilamchi tarmoqlar telekommunikatsiya
xizmatlarida signallarni kommutatsiyalash, transportlashni ta’minlaydi. Birlamchi
tarmoqlar ikkilamchi tarmoqlarni ta’minlaydi. Mos keluvchi xizmatni tarkibiy
qismi foydalanuvchilarda joylashgan oxirgi qurilma hisoblanadi.
2.1-rasm. Aloqa arxitekturasi:
1-telekommunikatsiyaning birlamchi
tarmog‘i;
2-telekommunikatsiyaning ikkilamchi
tarmoqlari;
3-telekommunikatsiya vazifalari;
4- telekommunikatsiya xizmatlari.
2.2-rasm. OTO‘B uchun
standartlar ishlab chiqish strukturasi
Xizmat namunasi sifatida telefon aloqasini keltirish mumkin. U telefon
aloqa, ma’lumotlar uzatish va boshqa xizmatlarni taqdim qiladi. Telefon tarmog‘i
bo‘yicha ma’lumotlar uzatish (telefon xizmatini qo‘llab) telefon kanallari bo‘ylab
ma’lumotlar uzatish xizmati sifatida ko‘riladi. Telefondan foydalanuvchi o‘zining
kompyuterini modem yordamida telefon tarmog‘iga ulashi mumkin. Ma’lumotlar
uzatish xizmati sifatida biz ma’lumotlar uzatish uchun mahsus yaratilgan aloqa
tizimini tushunamiz, ya’ni qurilma va dasturiy vositalar majmui, qayta ishlash
usullari, taqsimlash va ma’lumotlar uzatish. Shu vaqtning o‘zida ma’lumotlar
uzatish xizmati telefon aloqa xizmatini ham taqdim etishi mumkin.
OTO’B etalon modeli
OTO’B xizmatlari
OTO’B protokollari
Telekommunikatsiyaning barcha xizmatlarida axborot almashish avvaldan
belgilangan aniq qoidalar bo‘yicha amalga oshishi kerak. Bu qoidalar (standartlar)
elektr aloqaning bir nechta xalqaro tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi. 1978
yilda standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotda SC16 komiteti tashkil etildi.
Uning vazifasi - ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanishi uchun xalqaro tavsiyalar
ishlab chiqarishdir.
Ochiq tizim deb – ochiq tizimlar talablarini qondiruvchi, turli tizimlar bilan
o‘zaro ta’sirlashishi mumkin bo‘lgan tizim tushuniladi. Agar tizim ochiq
tizimlarning o‘zaro bog‘lanish (OTO‘B) etalon modeliga mos kelsa, u ochiq tizim
hisoblanadi.
OTO‘B etalon modeli – standartlar tuzilishining umumiy strukturasi. U
alohida standartlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish prinsipini aniqlaydi va OTO‘B
uchun talab etiladigan ko‘pgina standartlarni bir vaqtda ishlab chiqish imkonini
ta’minlash uchun asos hisoblanadi. Biroq OTO‘B standarti faqatgina etalon
modelni aniqlabgina qolmay, balki etalon modelni qondiruvchi aniq xizmatlar
to‘plamini, shuningdek xizmatlarni ta’minlovchi protokollar to‘plamini aniqlashi
zarur. Bunda protokol deb, bir-biri bilan ishlovchi sathlarni o‘zaro ta’sirlashish
qoidalarini va jarayonlarini aniqlaydigan xujjat tushuniladi.
1983 yilda etalon model sifatida yetti sathli model tasdiqlangan (2.3-rasm).
Bunda ochiq tizimlarga taalluqli barcha jarayonlar o‘zaro bog‘langan sathlarga
bo‘linadi. Yetti sathli modelda (1-3) quyi sath protokollari axborot uzatishga,
yuqori sath (5-7) protokollari axborotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan. Transport
sath protokollari ba’zida alohida ajratiladi, u axborot uzatish bilan bevosita bog‘liq
emas. Biroq bu sath o‘zining vazifalari bo‘yicha quyi sathlarga yaqin bo‘lgani
uchun quyi sathga tegishlidir.
Barcha yettita sathning vazifasi amaliy jarayonlarni ishonchli o‘zaro ta’sirini
ta’minlashdir. Bunda amaliy jarayonlar sifatida foydalanuvchilarning ehtiyoji
uchun axborotlarni berish, kiritish, saqlash va qayta ishlash jarayonlari tushuniladi.
Har bir sath o‘zining vazifasini bajaradi. Biroq sathlarning xavfsizligi uchun ular
bir-birining ishini tekshiradi.
2.3-rasm. OTO‘B etalon modelining tuzilishi
Amaliy sath
(application)
– tarmoqda uzatiladigan axborot manbalari va
foydalanuvchilari hisoblanuvchi amaliy jarayonlar va tarmoq terminallarini
boshqaradi. Bu sathning vazifasi foydalanuvchining dasturini ishga tushirish,
ularni bajarishni, ma’lumotlarni kiritish-chiqarishni, terminallarni boshqarish va
tarmoqni ma’muriy boshqarishdir. Bu sathda foydalanuvchilarga turli xizmatlarni
taqdim etish ta’minlanadi. Bu sathda ma’lumotlar uzatish infratuzilmasini sozlash
hisoblanuvchi texnologiyalar ishlaydi: elektron pochta, tele va videokonferensiya,
resurslarga ulanish, internetda ishlash va b.q.
Taqdim etish sathi
(presentation)
– tarmoqda uzatiladigan ma’lumotlarni
amaliy jarayonlar uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishga o‘zgartirish va izohlash.
Ma’lumotlarni moslashtirilgan formatda va tuzilishda taqdim etish, turli tillardan
izohlash dasturi, translyatsiyalash, ma’lumotlarni shifrlashni ta’minlaydi.
Seans sathi
(session)
– amaliy jarayonlar orasidagi aloqa seanslarini
o‘tkazish va tashkil qilish (tarmoq abonentlari orasidagi seanslarni ta’minlash,
ma’lumotlar uzatish rejimini va navbatini boshqarish: simpleks, yarimdupleks,
dupleks). Bu sathning ko‘pgina funksiyalari, ulanishni o‘rnatish va amaliyotda
ma’lumotlar almashish tartibini ta’minlash transport sathda amalga oshiriladi,
shuning uchun seansli sath protokollarini qo‘llash chegaralanishga ega.
Transport sathi
(transport)
– ma’lumotlarni segmentlashtirishni boshqarish
(segment – transport sathni ma’lumotlar bloki) va manbadan foydalanuvchiga
(abonentlar orasidagi logik kanalni o‘rnatish va axborotni boshqarishni
almashtirish, ma’lumotlar uzatish sifatini ta’minlash) ma’lumotlarni ikki
tomonlama uzatish. Bu sathda tarmoq sathga taqdim etiladigan xizmatlar
qo‘llanilishi optimallashtiriladi, ya’ni kam xarajatlarda maksimal o‘tkazish
qobiliyati ta’minlanadi. Transport sath protokollari juda keng rivojlangan va
amaliyotda jadal qo‘llaniladi. Bu sathda uzatilayotgan axborotning ishonchliligini
nazoratiga katta ahamiyat berilgan.
Tarmoq sathi
(network)
– tarmoqda ma’lumotlar uzatishni logik kanalini
boshqarish (ma’lumotlarni marshrutlash va adreslash, kommutatsiyalash: kanallar,
xabarlar,
paketlar
va
multipleksorlash).
Bu
sathda
tarmoqning
bosh
telekommunikatsiya vazifasi – foydalanuvchilarning aloqasini ta’minlash amalga
oshiriladi. Tarmoqning har bir foydalanuvchisi albatta bu sathning protokollarini
qo‘llaydi va tarmoq sathi protokollari qo‘llaniladigan o‘zining yagona tarmoq
adresiga ega. Bu sathda ma’lumotlarni strukturalash bajariladi – ma’lumotlarni
paketlarga joylashtirish va paketlarga tarmoq adreslarini berish (paket–tarmoq
sathini ma’lumotlar bloki).
Kanal sathi
(data-link)
– tarmoq sathi ob’ektlari orasida ma’lumotlar
uzatishni fizik kanalini boshqarish va shakllantirish, fizik ulanishlarni shaffofligini
ta’minlash, uzatishdagi xatoliklarni to‘g‘rilash va nazorat qilish. Bu sathning
protokollari ko‘p sonli va o‘zining funksional imkoniyatlari bilan bir-biridan
farqlanadi. Bu sathda ko‘p kanalga ulanish protokollari mavjud. Boshqarish kadrlar
sathida bajariladi (kadr–kanal sathidagi ma’lumotlar bloki).
Fizik sath
(physical)
– tarmoqni fizik kanal bilan ulanishini uzish va ushlab
turish, o‘rnatish. Boshqarish raqamli bitlar sathida (impulslar, uning amplitudasi,
formasi) va analog (uzluksiz signalni fazasi, amplitudasi va chastotasi) sathda
bajariladi. Sathlar orasida uzatiladigan axborot bloklari standart formatga ega:
sarlavha, xizmat axboroti, ma’lumotlar va oxir. Har bir sath axborot blokini quyida
turuvchi sathga uzatishda, uni o‘zining sarlavhasi bilan ta’minlaydi. Yuqori
turuvchi sathni sarlavhasi quyi turuvchi uzatiluvchi ma’lumotlar singari qabul
qilinadi.
6-
Dostları ilə paylaş: |