1-Ma’ruza Mavzu: Multimedia tushunchasi. Multimedianing xususiyatlari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/46
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183444
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46
МАЪРУЗА (3)

Maruza. Mavzu:
Sinxron raqamli ierarxiya. 
Hozirgi kunda telekommunikatsiya tarmoqlarida pleziaxron raqamli 
ierarxiya (PDH) va sinxron raqamli ierarxiyaning (Synchronous Digital Hierarchy, 
SDH) multipleksorlash qurilmalari qo‘llanilmoqda. Birinchi bo‘lib mahalliy 
birlamchi tarmoqning raqamli uzatish tizimlari (RUT) yaratildi: IKM-30 va uning 
turlari. So‘ngra shahar va hududiy tarmoqlarda qo‘llaniladigan PDH-RUT IKM-
120, IKM-480, shuningdek tolali optik uzatish tizimlari ishlab chiqildi va 
qo‘llanildi. PDHda multipleksorlashni kamchiliklaridan biri raqamli oqimlarni 
ajratishni murakkabligi hisoblanadi. 140 Mbit/s raqamli oqimdan 2 Mbit/s tezlikli 
oqimni ajratib olish uchun u to‘liq demultipleksorlanishi kerak (2.11-rasm). SDH 
tizimlarida bu masalani bajarish oddiy.


2.11-rasm. PDH va SDH tizimlarida raqamli oqimlarni ajratish / birlashtirish 
jarayonlarini qiyoslash 
Bu yerda 2 Mbit/s tezlikli oqimni kiritish va chiqarish kirish/chiqishli 
multipleksor (add/drop multiplexer, ADM) yordamida amalga oshiriladi. 
ITU-T tavsiyasiga asosan SDH uzatish tizimining tezligi 155.52 Mbit/s. 
SDH RUT telekommunikatsiya tarmog‘i bo‘ylab signallarni transportlash uchun 
mo‘ljallangan, standartlashtirilgan axborot tuzilishining yig‘indisini tashkil etadi. 
Ulardan asosiysi N-tartibli STM-N sinxron transport modul hisoblanadi (2.2-
jadval).
 
2.2-jadval 


STM-N ning raqamli hajmi 
SDH sathlari 





STM turi 
STM-1 
STM-4 
STM-16 
STM-64 
STM-256 
B, Gbit/s 
0.155 
0.622 
2.5 
10 
40 
N
E1
63 
252 
1008 
4032 
16128 
N
ARK
1 890 
7 500 
30 000 
120 000 
480 000 
Izoh: B-uzatish tezligi; E1(N
E1
)-birlamchi raqamli oqimlar soni; N
ARK

asosiy raqamli kanallar soni. 
SDH RUTning asosiy afzalligi ishonchli, boshqariluvchi transport tarmoq 
hisoblanadi, ular quyidagilar hisobiga bajariladi: 
-
har bir segmentni nazorat qiluvchi segmentlashtirilgan aloqa liniyasi; 
-
qurilmalarni, qurilma bog‘lamalarini, liniyani zahiralash va liniyani
avtomatik zahira liniyaga o‘tkazish;
-
TMN boshqarish tarmog‘i yordamida transport tarmoqni qayta tuzish 
imkoni. 
SDHda tashkil qilinadigan liniyani zahiralashning keng tarqalgan 
usullaridan biri bu tarmoqni halqali topologiyasini qo‘llash hisoblanadi (2.12-
rasm). 
2.12-rasm. Bir yo‘nalishli halqa 


Halqa tuzilishida axborot asosiy va zahira yo‘nalishi orqali uzatiladi. 
Halqaning qaysidir uchastkasida avariya bo‘lsa, o‘sha uchastkadan aylanib o‘tish 
zahira yo‘l orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. SDH – bu zamonaviy 
axborot tarmog‘ining tuzilish qurilmasi – yashovchan, yuqori sifatli transport aloqa 
tarmog‘idir. 
SDH quyidagilarga imkon beradi: 
-
ko‘p sifatli raqamli kanallarni tashkil qiladi; 
-
regeneratorlarsiz liniya traktini qurish; 
-
kross-konnektorlar va kirish-chiqish multipleksorlarni qo‘llash 
hisobiga oson tuzilishli va tarmoqlangan raqamli tarmoqni yaratish; 
-
operativ nazorat va ulanish qurilmasi hisobiga foydalanuvchilarga 
ishonchli kanallar va traktlarni taqdim etadi, shuningdek ishonchli tarmoq tuzilishi; 
-
tarmoqni operativ boshqarishni amalga oshiradi; 
-
ATM texnologiyasini qo‘llab yuqori ishlab chiqaruvchi raqamli 
tarmoq qurish. 
8-

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin