TCP/IP protokollar stekiga yangi protokollarni kiritilishi bilan bajarish mumkin.
Funksional talablar shu ma’noda absolyut zarur hisoblanmaydi, ya’ni taqsimlangan
multimediali ilovalar ilovaning o‘ziga zarur bo‘lgan funksiyalarni
kiritilishi bilan
yuqori unumdorlikda ishlashi mumkin.
1.2.1.
Real vaqt xarakteristikalari
Yuqoridagi bo‘limlarda ko‘rib chiqilganidek,
tovush va video kabi
multimedia komponentlari real vaqt rejimida uzatish bo‘yicha talablarni qo‘yadi.
Masalan, ular raqamlashtirilgan tezlikda qayta ishlanishi kerak. Uzatishdagi
istalgan kechikishda bu birdaniga aniqlanadi. Internet-telefoniyada inson 200 ms
dan ortiq bo‘lmagan kechikishlarga xotirjam munosabatda bo‘lishi mumkn.
Shunday qilib, real vaqtda multimediani uzatish paketlarning kechikishi va ularnig
kelish intervallariga qat’iy talablarni qo‘yadi.
1.2.2.
Yuqori o‘tkazish qobiliyatiga bo‘lgan talablar
Ravshanki, multimediali ilovalar ilgari keng
tarqalgan matnli ilovalarga
qaraganda tarmoqlarning sezilarli yuqori o‘tkazish qobiliyatini talab qiladi. Shu
bilan birga, multimediali oqimlar tarmoqning o‘ta yuklanishini nazorat qilish
mexanizmiga ega bo‘lmagan UDP protokolidan foydalanish bilan uzatiladi.
1.5-jadval
Multimediani turli elementlari uchun o‘tkazish qobiliyatiga
bo‘lgan talablar
Ovoz
Tanlash tezligi
Bitlar soni
Bitlardagi
tezlik
Telefon bo‘yicha ovoz
( 3,4 kHz gacha)
8000 m/s
12
96 Kbit/s
Keng polosali nutq
( 7 kHz gacha)
1600 m/s
14
224 Kbit/s
Ikki tomonlama keng
polosali nutq
(20 kHz gacha)
44,1 m/s
kanalga 16
Har ikkala
kanalga
1,412 Mbit/s
Tasvir
Piksellar
bit/piksel
Bitli tezlik
Rangli tasvir
512x512
24
6,3 Mbit/s
CCIR TV
720x576x30
24
300 Mbit/s
HDTV
1280x720x60
24
1.327 Gbit/s
1.5-jadvalda eng keng tarqalgan multimedia turlari uchun o‘tkazish
qobiliyatiga bo‘lgan talablar keltirilgan. Ma’lumotlarni yo‘qotishli va yo‘qotishsiz
siqish turlari mavjud. Ma’lumotlarni yo‘qotishli siqishda ma’lumotlardan ortiqcha
ma’lumotlarni o‘chirishdir, bu ko‘pincha buzilishlar
yoki shovqinlarni paydo
bo‘lishiga olib keladi. Ma’lumotlarni yo‘qotishsiz siqishda ma’lumotlar
yo‘qolmaydi va olinadigan ma’lumotlar uzatiladigan ma’lumotlar bilan bir xil
bo‘ladi. Odatda ma’lumotlarni yo‘qotishli siqish ma’lumotlarni yo‘qotishsiz
siqishga qaraganda katta siqish darajasini beradi.
Lekin ayrim ilovalarda
ma’lumotlarni yo‘qotilishiga ruxsat etilmaydi (masalan, tibbiyot telemetriyasini
uzatishda).
Dostları ilə paylaş: