2. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarning ishonchliligi fanini o‟qitishdan maqsad Fanni o‟qitishdan maqsad – ishonchlilik nazariyasi va diagnostikasi bo‘yicha chuqur bilim olish va uning asosida avtomatlashtirishning texnik vositalarini ekspluatatsiyasi bo‘yicha ilmiy tarzda asoslangan uslub va me‘yorlarni ishlab chiqish va ularni amalda samarali qo‘llash. Ishonchlilik avtomatlashtirish vositalarining butun ekspluatatsiya davri davomida talab qilingan sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qolishi xususiyatini bildiradi. Ishonchlilik to‘g‘risidagi fan oldindan aniqlash optimal konstruktiv yechimlarini topish, texnologik jarayonni holatini oldindan aytib berish, uni diagnostika qilish, og‘ir sharoitlarda uning ish qobiliyatini ta‘minlash kabi yangi masalalarni qo‘yadi. Bu fan ehtimollik nazariyasi, matematik statistika, fizikkimyoviy, mexanik, ishqalanish va yeyilish nazariyasi, mashinalar dinamikasi va 16 mustahkamligi, avtomatik boshqaruv va kibernetika, texnologik jarayonlar nazariyasi va diagnostikasi kabi fanlardan foydalanadi. Ishonchlilik to‘g‘risidagi fan mashinalar va turli texnik moslamalar sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi qonunlarini o‘rganadi va buning asosida ularning kerakli chidamlilik va buzilmasdan ishlashlik xossalarini ta‘minlaydigan usullarni ishlab chiqadi. Bu fan tizimlarning holatini oldindan aytib berish asosida va ishonchlilikning talab qilingan darajasini ta‘minlash maqsadida optimal yechimlarni qabul qilish nazariyasini ishlab chiqadi.
3. Ishonchlilikning asosiy atama va ta‟riflari. Ishonchlilik muammolari
Ishonchlilik – deb avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining ma‘lum ekspluatatsiya sharoitlarida o‘z vazifalarini normal bajarishini ta‘minlash xususiyatiga aytiladi.
Buzilish – deb avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari ishlash qobiliyatining to‘liq yoki qisman yo‘qotilishi tushuniladi. Bu shunday holatki, bunda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari o‘z vazifalarini me‘yoriy-texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan parametrlar talablari darajasida bajara olmaydi. Buzilmaslik xususiyati – avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining ma‘lum vaqt yoki ma‘lum miqdorda jihoz ishlab chiqarish davrida o‘zining ishlash qobiliyatini uzluksiz saqlash xususiyatidir. Buzilmasdan ishlash ehtimolligi – bu ma‘lum ekspluatatsiya sharoitlarida va belgilangan ish davomiyligi chegaralarida buzlishning sodir bo‘lmaslik ehtimolligidir. Uning qiymati tasodif kattalikdir, chunki unga juda ko‘p omillar ta‘sir qiladi (Operator yoki aparatchik ish sifati, TXK va JT sifati), shuning uchun uni baholashda ehtimollik tushunchasi ishlatiladi. Diagnoz qo‟yish – mexanizmning texnik holati to‘g‘risida xulosa chiqarish uning hozirgi vaqtda va navbatdagi TXK gacha bo‘lgan davrda ekspluatatsiya uchun yaroqliligini bilishdir. Demak, rejalashtirilgan diagnoz qo‘yilganda avtomatik boshqarish tizimi turg‘un ishlashi, resursini prognozlash elementlarini o‘z ichiga oladi. Oldindan aytib berish (texnik prognoz) – kelajakda bo‘ladigan texnik holatni va o‘tkaziladigan texnik ta‘sir yoki diagnoz davriyligini (masofasini) aytish. Texnik genetika – avvalgi vaqtdagi texnik holatni aniqlash (masalan, avariya oldi holati). Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ABT) deganda ma‘lum sohadagi kompyuterlar, sanoat kontrollerlari, dastgohlarni raqamli dasturiy boshqarish qurilmalari, sanoat robotlari, avtomatlashtirish qurilmalarini boshqarish qurilmalari va texnologik qurilmalar, birlashtiriladigan lokal hisoblash tarmoqlari va boshqaruvchi ma‘lumotlarni yig‘ishni ta‘minlovchi, qayta ishlovchi, saqlash va uzatish ma‘lumotlari tushuniladi. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimning ishonchliligi va xavfsizligi deganda uning jarayon tuzilishi uchun ta‘sir ko‘rsatadigan tasodifiy va ataylab o‘zgartirishlardan va ma‘lumotlarga hujum qilinishidan (dastur ishonchliligi), to‘xtash berishlardan ishlash qobiliyati buzilishidan (apparat ishonchliligi) himoyalanishi tushuniladi. Tasodifiy aralashuvlar: - Tabiiy ofatlar yoki elektr ta‘minotidan uzilish hollaridagi tezkor vaziyatlar; - Elektr sxemalaridagi to‘xtab qolish; - Dasturlashdagi xatoliklar; - Xizmat ko‘rsatuvchi ishchi-xodim ishidagi xatoliklar. Texnik tizim qurilmalarining ishonchliligi - uzluksiz ishlashi, ishlash qobiliyati, uzoq muddatlilik va saqlanuvchanlik bilan aniqlanadi. Uzluksizlik – bu tizimning qanchadir vaqt mobaynida majburiy to‘xtalishlar paytida ishlash qobiliyatini baholanishi (vaqt va birinchi to‘xtashgacha bo‘lgan ish hajmi). Ishlash qobiliyati deganda tizimning berilgan texnik hujjatli parametrlar bilan berilgan funksiya ishlashi asosida normal holatda ishlashi tushuniladi. Uzoq muddat – tizimning texnik xizmat ko‘rsatish va ta‘mirsiz uzoq muddatli ekspluatatsiyasiga aytiladi. Tizimning uzoq muddatliligi uning resursi (mumkin bo‘lgan holatgacha ishlashi) va ishlash muddati (mumkin bo‘lgan holatgacha elspluatatsiya qilinadigan kalendar davomiylikda) bilan aniqlanadi. Tizimning mumkin bo‘lgan holatgacha ekspluatatsiya qilina olinmasligi bir qator sabablar bilan aniqlanadi: - To‘xtash yuzaga keldi qayta tiklashni iloji yo‘q yoki maqsadsiz; - Xavfsizlik sababli; - Keyingi foydalanishlarda iqtisodiy samaradorlikning kichikligidan. Ta‟mirlashga moslik deganda tizimning sozlanishiga ixtisoslashgani, yuzaga kelgan to‘xtalishlarni bartaraf qilishi tushuniladi. Avtomatlashgan tizimlar (AT) ta‘mirlansa bo‘ladigan va ta‘mirlab bo‘lmaydigan turlarga bo‘linadi. Ta‘mirlanadigan tizimlar ta‘mirlangandan so‘ng keyingi ekspluatatsiyalarida maqsadli va tizimning ishlash effektivligi susayishi bilan aniqlanadigan xizmat qilish muddatiga ega bo‘ladi. Saqlanganlik deganda tizim parametlarini (uning tashkil qiluvchi elementlarni) ma‘lum bir shartlarda (harorat o‘zgarishida, namlik ta‘sir qilganda, vibratsiyada va boshqa) o‘zgarishsiz saqlanib qolinishi va saqlash, avtomatlashtirishirovka muddati xususiyatlari o‘zgarmasligiga aytiladi.