1. Ma’ruza: “O‘zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyaSI


O‘zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi



Yüklə 193,71 Kb.
səhifə4/34
tarix18.12.2022
ölçüsü193,71 Kb.
#76208
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
O‘zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasimaxsus kursining predmeti – uning asosiy tamoyillarining jamiyat hayotida amal qilishi natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Fuqarolik jamiyati o‘quv kursi ijtimoiy fan sifatida – qonun ustuvorligi va inson manfaatlari ta’minlangan, demokratik tamoyillar amal qiladigan ijtimoiy-siyosiy muhitni o‘rganadi.
Yuqorida bayon qilingan fikr-mulohazalardan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:

  1. O‘zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasimaxsus kursi hozirgi zamon fuqarolik jamiyati ijtimoiy-siyosiy institutlarining o‘ziga xos xususiyatlari kishilarning ijtimoiy ehtiyojlari va manfaatlarini qondirib borishi bilan bog‘liq bo‘lgan muhim va dolzarb bo‘lgan muammolarni o‘rganadi.

  2. O‘zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasimaxsus kursi jamiyat hayotining turli soha va yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan fuqarolik jamiyati institutlari huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslari shakllanishining muhim sharti ekanligi bilan bog‘liq muammolarni tadqiq etadi.

  3. O‘zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasimaxsus kursi mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etishda davlat tashqilotlarining jamiyat hayotini boshqarib borishdagi funksiyalarini asta-sekin nodavlat organlarga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni, ular bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganadi.

3-savol. Maxsus kursni o‘qitishning vazifalari. Nazariy – metodologik asoslari.
Maxsus kursni o‘qitishning vazifalari – O‘zbekistonda so‘ngi yillarda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab quvatlash, davlat organlari va ular o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, hamda ushbu sohani tartibga soluvchi huquqiy ba’zani takomillashtirishning mazmun moxiyatini talabalarga tushintirib berish va zamonaviy demokratik talablarga, hamda halqaro standartlarga javob beradigan kadirlarni tayorlashdan iborat.
Maxsus kurs bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar ko‘yiladi. Talaba:
-O‘zbekistonda erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish jarayonlari to‘g‘risidagi bilimlarni egallashi va mustaqil fikrga ega bo‘lishi, faol fuqarolik pozitsiyasi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini chuqur anglashi va taxlil qila olishi;
-inson huquqlarini, uning qonuniy manfaatlarini va demokratik qadriyatlarni himoya qilishda chuqur ilmiy nazariy bilimga ega bo‘lishi va unda foydalana olishi;
-mamlakatni demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini qurishda huquqiy ongi va siyosiy madaniyatini yuqori bo‘lishi, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarga nisbatan o‘zining erkin fikrni bildira olishi;
-davlat va jamiyat boshqaruvida avvalo fuqarolik jamiyati institutlarining tarixiy rivojlanish bosqichlarini bilishi, ularning faoliyatiga o‘z munosabatlarini bildira olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur.
O‘zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasimaxsus kursining nazariy – metodologik asoslari. Har bir fan o‘zining ilmiy tushunchalariga, usullariga,uslubiyotiga va nazariy-metodologik asoslariga ega bo‘ladi.
O‘zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasimaxsus kursining ham boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar qatorida o‘zining muayyan usullari, uslubiyoti va nazariy-metodologik asoslariga ega. Ayniqsa, Vatanimiz tarixining eng yangi davriga taalluqli muhim voqealarni o‘rganishda aniq ilmiy-nazariy konsepsiyalarga, ta’limotlarga hamda metodologiyaga asoslangan holda o‘rganish talab etiladi. Aks holda, tarixiy jarayonlar, voqea-hodisalar noxolis, tarixiy haqiqatga zid talqin etilishi oqibatida ularning asl mohiyati buzib ko‘rsatilishi mumkin. Bu esa, millatimiz Vatanimizning dunyo hamjamiyatida tutgan mavqeiga putur yetkazishi mumkin.Fikrimizga misol sifatida, yaqin o‘tmishimizda, 73 yil hukmronlik qilgan Sho‘rolar tuzumi davrida millatimiz tarixi, hayoti va ning soxtalashtirilganligini keltirishimiz mumkin.
Ilmiy jihatdan puxta asoslangan nazariy konsepsiya nafaqat muayyan fanning rivojlanishiga, balki butun bir ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ham sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yoki aksincha, ilmiy jihatdan puxta asoslanmagan, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga zid keladigan har qanday sub’ektiv qarash, g‘oya hayotga joriy qilinsa, buning oqibati o‘sha xalq, millat va mamlakat, xattoki bashariyat uchun ham halokatli oqibatlarga olib kelishi aniq.
Insoniyat sivilizatsiyasi, muayyan xalq, millat va davlat o‘zining tarixiy rivojlanishi davomida o‘ziga xos tarixiy bosqichlarni bosib o‘tgan. Ularni o‘zaro bir-biridan farqlovchi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy jihatlardan o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlar, tendensiyalar,qonuniyatlar ajratib turadi. Bu qonuniyatlar - tarix qonuniyatlari deb ataladi. “Tarixni tahlil qilish uchun har bir voqea va jarayonga falsafiy qarash, ularni umumlashtirgan holda zarur xulosalar chiqara olish kerak. Shu bois tarixchi bo‘lish uchun falsafiy tafakkur qobiliyatiga ega bo‘lish darkor”.
O‘zbekistonning milliy mustaqillikka erishishida va bugungi kunda gullab yashnashi, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning ta’minlanishida, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksalib borishida Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoevning olib borayotgan ichki va tashqi siyosati muhim rol o‘ynamoqda. Qo‘shni davlat Qirg‘izistonda yaqin yillarda (2005-2010 yillar) sodir bo‘lgan mudhish siyosiy voqealar va unda davlat rahbarlarining yo‘l qo‘ygan siyosiy xatolari va buning oqibatida oddiy xalq boshiga og‘ir kulfatlar keltirilganligi kabi hayotiy misollar fikrimizga dalil bo‘la oladi.
Ilmiy jihatdan puxta asoslangan nazariy konsepsiya nafaqat muayyan fanning rivojlanishiga, balki butun bir ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ham sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yoki aksincha, ilmiy jihatdan puxta asoslanmagan, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga zid keladigan har qanday sub’ektiv qarash, g‘oya hayotga joriy qilinsa, buning oqibati o‘sha xalq, millat va mamlakat, xattoki bashariyat uchun ham halokatli oqibatlarga olib kelishi aniq.
Fikrimizga misol sifatida, o‘tgan asrning 20-yillarining oxirida Yevropada paydo bo‘lgan fashizm nomli buzg‘unchi g‘oyani keltirishimiz mumkin.
Bu g‘oya XX asrning 30-yillarida Germaniya ijtimoiy-siyosiy tuzumining asosiy konsepsiyasi sifatida amal qildi. Buning oqibatida o‘n milliondan ziyod nemislar va yer yuzidan 65 milliondan ortiq aholi ikkinchi jahon urushida qirilib ketdi. Yovuzlikka asoslangan bunday siyosiy tartibot nafaqat nemis xalqi, balki dunyo xalqlari boshiga ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan kulfatlar keltirdi.Yana bir misol: 73 yil davomida hukm surgan Sho‘rolar davlati har qanday milliy, diniy, umuminsoniy va xususiy mulkchilik bilan bog‘liq qadriyatlarga zid bo‘lgan qarashlarni, g‘oyalarni o‘zida ifodalagan ta’limotga asoslanganligi uchun ham tarixiy davr, vaqt sinovlariga dosh berolmay barbod bo‘ldi.
Fuqarolik jamiyati rivojlanishi masalalari bo‘yicha amaliy va fundamental tadqiqotlar o‘tkazish.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish.
"Fuqarolik jamiyati asoslari" fani bo‘yicha o‘quv dasturlari va qo‘llanmal



Yüklə 193,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin