Laboratoriya ishi № 1 Matematik mayatniklarningtebranishlarini o’rganish vaerkintushishtezlanishinianiqlash. (matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash.) 1. Ishning maqsadi: Og’irlik kuchi tezlanishini tajriba yo’li bilan aniqlash
2. Keraklia sboblar:matematik mayatnik, sekundomer, o’lchov chizg’ichi.
3. NAZARIY QISM Uzun, vaznsiz, cho`zilmaydigan ipga osilgan jism matematik mayatnik deyiladi. Matematik mayatnikning og`irlik markazi osilish nuqtasidan pastda yotadi. Mayatnik ipining massasi unga osilgan jism, masalan, metall sharcha massasidan juda ham kichik bo`lganligi sababli uni hisobga olmasa ham bo`ladi. Mayatnikning harakat qilmayotgan holati mayatninkning muvozanat vaziyati deyiladi (1- rasm a). Mayatnikni muvozanat vaziyatidan uncha katta bo`lmagan a burchakka og`dirib, uni qo`yib yuborsak u muvozanat vaziyati atrofida tebranma harakat qila boshlaydi
(1- chizma, b).
Mayatnikning bir marta to`liq tebranish uchun ketgan vaqtga tebranish davri deb ataladi va uni T bilan belgilanadi.
Agar biror t vaqt ichida mayatnik N marta tebransa to`liq bir marta tebranishi uchun ketgan vaqt, ya'ni tebranish davri quyidagicha hisoblanadi:
SI sistemasida tebranish davri sekundlarda o`lchanadi.
Matematik mayatnikning tebranish davri ipga osilgan yukning massasiga va tebranish amplitudasiga bog`liq emas. Matematik mayatnikning uzunligi deganda ipning osilish nuqtasidan sharcha markazigacha bo`lgan masofaga aytiladi. Matematik mayatnikning tebranish davri matematik mayatnik l uzunligining kvadrat ildiziga to`g`ri proporsional va gerkin tushish tezlanishining kvadrat ildiziga esa teskari proporsional bo`lib, u quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
(2) ifodaga ko`ra erkin tushish tezlanishi g ni aniqlash uchun quyidagi tenglikka ega bo`lamiz: