Nazorat savollari Tovush impulsi haqida ma’lumot bering?
Insonning eshitish chegaralari qancha?
Mikrofon va karnay ishlash prinsipini tushuntiring?
4-MASHG’ULOT Laboratoriya ishi № 4
LINZALARNING FOKUS MASOFASINI ANIQLASH. Ishning maqsadi: Linzalar mavzusiga oid olingan nazariy bilimlarni amalda mustaxkamlash.
Kerakliasboblar: optik taglik, yig’uvchi linzalar to’plami, chizg’ich, yorug’lik manbai(buyum), ekran.
I . NAZARIY QISM
1 - rasm 2-rasm Linzalar barcha optik asboblarning asosiy qismi hisoblanadi. Linza deb ikki tomoni sferik sirt bilan chegaralangan shaffof moddaga aytiladi. Ikki tomoni qavariq linzani ko’raylik (1-rasm). Uning egrilik radiuslari R1 va R2, egrilik markazlari S1 va S2 bo’lsin. Linzaning chegaralovchi sferik sirtlarning markazlari orqali o’tuvchi to’g’ri chiziq linzaning bosh optik o’qi deyiladi (2-rasm). Linzaning o’rta qismiga joylashgan O nuqtani uning optik markazi deyiladi. Optik markazdan o’tgan barcha to’g’ri chiziqlar linzaning optik o’qlari deyiladi. Optik markazdan bosh fokusgaсha bo’lgan masofa OF linzaning fokus masofasi deyiladi.
Bosh fokus masofa F linzaning egrilik radiuslari va uning sindirish ko’rsatkichi bilan
(1)
formula orqali bog’langan. Bu erda 1/F = D - linzaning optik kuchi deyiladi va dioptriyada o’lchanadi (Fokus masofasi 1 m bo’lgan linzaning optik kuchi
1 dioptriya bo’ladi).
Qavariq linzalarning bosh fokus masofasini aniqlashda turlicha usullardan foydalaniladi.
I usul: Fokus masofasini an’anaviy usul bilan aniqlash.
Agar linza bilan buyum orasidagi masofani d va, linza bilan tasvir orasidagi masofani ƒ bilan belgilasak (3-rasm ) linzaning fokus masofasi:
(2)
yoki (3)