70-rasm. Hasharot oyoqlarining turiari
1-yuguruvchi; 2-sakrovchi; 3-suzuvchi; 4-kovlovchi; 5-so’ruvchi;
6-changallovchi; 7-savatcha oyoq; t-chanoq, v-o’ynagich, b-son, g-boldir, I-panja.
Suvaraklar va qo’ng’izlaming oyog’i yugurishga moslashgan bo’lib, oyoqning panja qismi uzunroq va yassi ko’rinishda bo’ladi. Sakrashga moslashgan keyingi oyoqlari- da (chigirtkalar, burgalar) son uzun va yo’g'onlashgan bo’ladi. Suv muhitida yashaydigan hasharotlarning keyingi juft oyoqlari suzishga moslashgan. Ularning panja qismi, ba'zan esa boldir qismi ham yassilangan va tuklar bilan qoplangan bo’ladi. Ular hasharotlar suvda suzgan vaqtda ular eshkak vazifasini bajaradi. Bunday tuzilgan oyoqlar suv qo’ng’iz!arida uchraydi. Beshiktervatarlarning birinchi juft oyoqlari changallab tutishga moslashgan. Oyoqlardagi son va boldir qismlari ancha uzun bo’Iib, xitindan iborat mayda
«tishcha»lar bilan qurollangan. Tuproq orasida yashaydigan buzoqbosh, go’ngxo’r va po’stloqxo’r qo’ng’izlarning birinchi juft oyog’i kovlashga moslashgan. Bu oyoqlar kurakcha shaklda bo’lib, panjalari qisqargan.
Yig’uvchi yoki to’plovchi oyoqlar o’simliklarning gulchanglarini yig’ishga va tashishga moslashgandir. Bunday
190
hasharotlaming keyingi juft oyoqlarining boldir qismida tugmachalar bo’lmaydi. Lekin uning ikki yon tomonida uchi qayrilgan mayda tukchalar bo’lib, ular savatcha hosil qiladi va gulchanglarini yig'adi. Odam va sutemizuvchilarda parazitlik qiluvchi bitlarda bir bo’g’imdan iborat, uzun tirnoqchasi yordamida soch, jun gazmol ip tolalarini qisib ushlaydi va yopishib turadi. Hasharotlar oyoqlari bajaradigan vazifalariga ko’ra har xil shaklda bo’lsa-da, ammo ulaming barchasi 5 ta bo’g’imlardan, ya'ni chanoq, o’ynagich, son, boldir va panjalardan iborat.
Qanotlari. Hasharotlaming qanotlari ko’krak qismining yon tomonidagi tana qoplag’ichi burmasidan kelib chiqqan (71 -rasm).
71-rasm. Hasharotlar qanotining tuziiishi
A-qanotining tomirlanishi, B-qanotining kesmasi:
1- kostal tomir;
2- subkostal tomir; 3-radial tomir; 4-mediaI tomir;
E 5-kubital tomir; 6-anal tomir; 7-yugal tomir; 8-traxeya.
Hasharotlar qanotlarining tuzilishi, shakli va soniga ko’ra juda xilma-xil. Tuban tuzilishga ega bo’lgan qanotsiz hasharotlarda va ulaming yashash sharoitiga moslashishi jarayonida qanotlari qisqargan (reduksiyalangan) bo’lib, ayrim guruh hasharotlarda (bitlar, burgalar) qanotlar umuman boTmaydi. Ikki qanotlilar turkumiga mansub boTgan hasharotlarda (chivinlar, pashshalar) o’rta ko’krak qismida faqat bir juft qanoti boTadi. Ularning ikkinchi juft qanotlari vizillab tovush chiqaruvchi organga aylangan. Ayrim hasharotlarning birinchi juft qanotlari qalin xitindan ibornl
191
bo’lib, uning ostidagi pardasimon ikkinchi juft qanotlarini himoya qiladi. Ba'zi guruh hasharotlarning (kapalaklar) qanotlari tangachalar bilan qoplangan boMadi. Qanotlarda xitinli tomirlar bo’lib, uning ichidan traxeyalar va nerv tolalari o’tadi. Tomirlar kapalaklar uchun tayanch vazifasmi bajaradi. Qanotdagi tomirlaming soni va ulaming joylashishi hasharot turlarini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Qanotlar hasharotlaming harakat qilish organi hisoblanadi.
Og’iz apparatlari. Hasharotlarning og’iz apparatlari ovqatlaming turi va oziqlanish usuliga muvofiq turlicha tuzilgan. Qattiq narsalar bilan oziqlanadigan hasharotlar suvaraklar, qo’ng’izlar, ninachilar, chigirtkalar, kapalaklar lichinkalarining og’iz apparati kemimvchi tipda tuzilgan. Suvarakning kemiruvchi og’iz apparati quyidagicha tuzilgan bo’lib, bitta ustki lab, bir juft ustki jag’, bitta pastki lab va bir juft pastki jag’lardan iborat (72-A-rasm).
Xitin qoplag’ichdan hosil bo’!gan yagona ustki lab plastinkasimon shaklda boMib, og’izni yopib turadi. Labning ostida mayda tishchali bir juft ustki jagMar (mandibulalar) joylashgan. Ular boshning ikkinchi bo’g’im o’simtalaridan
' hosil boMgan va chaynashda ishtirok etadi. Uchinchi va
, to’rtinchi bosh bo’g’imlari o’simtalari ostki jag’lar (1-va 2- juft maksillalar) deyiladi. Birinchi juft ostki jag’lar og’izning ikki yonida joylashgan boMib, har qaysisi asosiy bo’g’im, ustuncha va uning ustida joylashgan tashqi va ichki o’simtalar ham besh bo’g’imli pastki jag’ paypaslagich- laridan tashkil topgan.
192
Dostları ilə paylaş: |