1-mashg’ulot mikroskopning


-rasm. Qora suvarakning kemiruvchi (A) va asalari (B) ning



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə68/75
tarix19.12.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#186228
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   75
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

72-rasm. Qora suvarakning kemiruvchi (A) va asalari (B) ning kemiruvchi-so'ruvchi og’iz organlari
I- ustki lab; 2-yuqoringi jag’; 3-pastki jag’ paypaslagichlari; 4,5-pastki jag'ning tashqi o'simtasi; 6,7-pastki jag’ning I va II bo’g’imi; 8-pastki labning birinchi bo’g’imi; 9-pastki labning ikkinchi bo’g’imi; 10-tilcha;
I I- pastki labning tashqi o'simtalari; 12-pastki lab paypaslagichlari.

Ichki o'simtalari chaynash, tashqi o’simtalari va jag’ paypaslagichlari esa tuyg’u vazifasini bajaradi. Pastki lab iyak osti va iyak qismlaridan iborat. Iyak qismi bir juftdan tashqi va ichki tilchalar va uch bo’g’imli paypaslagichlarga ega. Pastki lab tilchalari suyuq ovqatni yalashga xizmat qiladi hamda og’izni ostki tomonidan yopib turadi.


Kemiruvchi-so’ruvchi (kavshovchi-yalovchi) tipida tuzilgan og’iz apparati asalarilarda va barcha pardaqanotlilar turkumiga mansub bo’lgan hasharotlarda rivojlangan (72-B- rasm). Arilarning kemiruvchi-so’ruvchi og’iz organi ustki lab va ustki jagMaming tuzilishiga binoan kemimvchi tipdagi og’iz organiga juda o’xshash, ammo pastki jag’lar bilan pastki lab birga qo’shilib, gulshirasini so’rishga moslashgan. Ustki jag’lar oziqlanishga ishtirok etmaydi. Ular yordamida ishchi arilar gul changini yig'adi, mumdan katakchalar yasaydi, voyaga yetgan qurtlar esa katakchalar devorini teshadi.
So’ruvchi tipda tuzilgan og’iz apparati suyuq ovqat bilan
193



oziqlanadigan kapalaklarga (imagolarida) xos bo’lib, bunday og’iz apparatida ustki lab, ustki jag’lar va pastki lablar qisqargan, ya'ni rudiment holatda bo’ladi. Kapalakning og’iz apparati juda o’zgarib ketgan pastki jag’dan tuzilgan. Pastki jag’larning har biri uzun tarnovcha hosil qiladi. Ikkala jag’ning tamovchalari o’zaro qo’shilib, uzun xartumni, ya'ni berk nayni hosil qiladi. Kapalakning oziqlanishida xartum yoziladi va gul shirasini so’rish uchun shiraga botiriladi. Tinch holatda ulaming xartumlari spiral shaklda o’ralib turadi (73-rasm).
Sanchib - so’ruvchi og’iz apparati o’simlik shirasi, odam va hayvonlar qoni bilan oziqlanuvchi pashshalar, qandalalar, so’nalar, burgalar, bitlar va boshqa hasharotlarda uchraydi(74-rasm). Ularda yuqori va pastki jag’lar keskin uzayib o’zgarishi natijasida beshta sanchuvchi qilchaga aylangan. Pashshalaming ostki lablari uzun tamovchaga aylanib, uning ustunini xuddi shunga o’xshash ostki lab yopib olishi tufayli naysimon g'ilof hosil qilgan. Bu g'ilof ichida 5 ta o’tkir qillar joylashgan bo’lib, hasharot oziq so’rayotganida qillar g'ilofdan chiqariladi va o’simlik yoki
>hayvon tanasiga sanchiladi, suyuq ovqat esa g'ilof nayi orqali so’rib olinadi.

73-rasm. Kapaiakning soVuvchi og’iz organ.


A-kapalakning xartumli boshi, B-xartumning bir qismi: 1-mo’ylov asosi; 2-yuqoringi !ab; 3-pastki
* lab paypaslagichi;
4-pastki iab; 5-xartum; 6-ko’z; 7-o’ng va chap pastki jag'lar; 8- jag’larning birikish joyi; 9-xartum bo'shlig'i;
10-traxeyalar; 11-xartum muskuli.
194



74-rasm. Pashshaning sanchib-so’ruvchi og’iz organi
A-yozilgan holatda, B-qon so'rish vaqtida: 1-mo’ylov; 2-peshona qalqoni; 3-jag’paypaslagichi; 4-yuqori lab; 5-yuqoringi jag’; 6-pastki jag’; 7-xaIqum osti o'simtasi; 8-pastki lab.

Yalovchi tipdagi og’iz apparati chivinlarda bo’lib, ancha rivojlangan. Bu tipdagi og’iz apparat suyuq ozuqani yalab olishga moslashgan (75-rasm).


75-rasm. Chivinning yalovchi og’iz organi
1-pastkijag’ paypaslagichi;
■ — __ 2-yuqoringi lab; 3-gipofarinks;
4-filtrlovchi apparat naylari; 5-og’iz teshigi; 6-pastki lab yuzasi; 7-pastki lab.

Yalovchi og’iz organida faqat ostki lablar yaxshi rivojlanib, filtrlovchi apparatga ega bo’lgan plastinkasimon ikkita o’simtani hosil qilgan. Yuqori lab va gipofranks oltki


195














































labning old devori bilan birga naychani hosil qiladi. Ostki lab plastinkasi yordamida yalab va filtrlab o’tkazilgan suyuq ozuqa ana shu naychaga kelib tushadi. Ustki jagMar hamda* birinchi juft pastki jag’lar reduksiyalangan.
Ishning bajarilishi: fiksasiya qilingan yoki jonsizlantirilgan qo’ng’iz, chigirtka, suvarak, beshikter- vatarlar, kapalaklar, erbuqa (buzoqboshi) kabi hasharotlami idishlarga solib, ulaming tashqi tuzilishini atroflicha o’rganing. Xususan, dastlab hasharotlaming mo’ylovlarini ajratib olib, ulami taqqoslang, so’ngra hasharotlaming oyoqlarini, undan keyin esa ulaming qanotlari tuzilishi va xilma-xilligiga e'tibor qiling. Shunigdek, hasharotlar (suvarak, asalari, qandala, kapalak va chivin) ning og’iz organlarini alohida-alohida idishlarga solib, kuzating. Suvarak og’iz apparati mikropreparatini binokulyar va mikroskoplar yordamida tekshiring. Xuddi shunday ishlarni asalari, qandala, kapalak va chivinlar ustida ham amalga oshiring.
Topshiriqlarga javob bering va bilimingizni baholang
1. Quyidagi hasharotlardan qaysi birining og'iz apparati kemiruvchi tipda tuzilgan?
A. Suvarak, kapalak; B. Chigirtka, qo'ng'iz; S. Chigirtka, chivin; D. Ari, beshiktervatgich;
2. Quyidagi hashorotlaming qaysi birining og'iz apparati so'ruvchi tipda tuzilgan?
A. Qo'ng'iz va chigirtkalar; B. Suvarak va kapalak; S. Ka- palak va shiralar; D. Ari va chivin;
3. Quyidagi hasharotlardan qaysi birida qanotlar reduksiya- langan (bo'lmaydi)?
A. Shiralar, burgalar; B. Chivinlar, bitlar; S. Bit, burgalar;
D. Suvarak, chivinlar;
4. Hasharotlarda eng ko’p uchraydigan og’iz apparati turi?
A. Kemiruvchi; B. So’ruvchi; S.Sanchib-so’ruvchi; D.So’-
196



ruvchi-yalovchi;
5. Hasharotlar tanasining qaysi segmentlarida qanotlar joylashgan?
A. 2-3 ko’krak segmentlari; B. 1-3 ko’krak segmentlari; S. 1- 2 ko’krak segmentlari; D. 1 qorin segmenti;
6. Hasharotlar kam uchraydigan muhit?
A. Dengizlar; B. Chuchuk suv havzalari; S. Tuproq; D. Havo muhiti;
7. Qaysi hasharotlaming og’iz apparati sanchib-so’ruvchi tipda?
A. Qandalalar; B. Qo’ing’izlar; S. Kapalaklar; D. Suvaraklar;
8. Insectalaming ko’krak bo’g’inlarining soni nechta? A. 3-ta; B. 4-ta; S. 7-ta; D. 5-ta;
9. Quyidagi qaysi og’iz organi eng qadimiy, ya’ni birlamchi hisoblanadi?
A. So’ruvchi; B. Kemiruvchi; S. Sanchib-so’ruvchi;
D. Yalovchi;
10. Hasharotlarda qanotlar qaysi tana qoplag’ichlari orasida joylashgan?
A. Sklerit va tergit; B. Stemit va plevrit; S. Tergit va plevrit; D. Tergit va stemit;
11. Hasharotlarda oyoqlari qaysi tana qoplag’ichlari orasida joylashgan?
A. Sklerit va tergit; B. Sternit va plevrit; S. Tergit va plevrit; D. Tergit va stemit;
12. Hasharotlarda oyoqlar necha bo’g’imdan iborat va ularning to’g’ri ketma-ketligini aniqlang?
A. 4-bo’g’im: chanoq, panja, son, boldir, o’ynog’ich;
B. 3-bo’g’im: chanoq, son, o’ynog’ich, boldir, panja;
S. 5-bo’g’im: chanoq, son, boldir, o’ynog’ich, panja;
D. 5-bo’g’im: chanoq, o’ynog’ich, son, boldir, panja;

197




13. Qaysi hasharotlarda orqa qanotlar reduksiyalangan va nima vazifani bajaradi?
A. To’g’ri qanotlilar, himoya qilish; B. Ikki qanotlilar, ovoz chiqarish;
S. Parda qanotlilar, yig’ish; D. Qattiq qanotlilar, himoya qilish;
14. Qaysi hasharotlarda juft qanotlar deyarli bir xil kattalikda?
A. Qo’ng’izlar; B. Ninachilar; S. Kapalaklar; D. Qandalalar;
15. Qaysi hasharotlaming qanotlari butunlay yo’qolib kyetgan?
A. Qandalalar, buzoqboshi; B. Temirchak, chumoli; S. Bit- lar, qandalalar; D. Burgalar, bitlar;



Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin