1-mavzu : Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari mavzu opquv maqsadi : Tahlimiy



Yüklə 171,5 Kb.
səhifə2/15
tarix15.09.2023
ölçüsü171,5 Kb.
#143825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1 -.Yosh va pedagogik psixologiya docx

Yosh psixologiyasining predmeti – inson psixikasining Yosh jihatdan taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi xislatlarining ontogenezini oprganishdan iborat.
Yosh psixologiyasi opz navbatida bir qancha sohalarga boplinadi. Bular :
1.Bolalar psixologiyasi
2.Kichik maktab yoshidagi opquvchilar psixologiyasi.
3.Opsmir psixologiyasi.
4.Ilk opspirinlik yoshi psixologiyasi.
5.Katta yoshdagilar psixologiyasi.
6.Gerontopsixologiya ( qarilik) psixologiyasi.


Yosh psixologiyasining umumiy vazifalari sifatida quyidagilarni koprsatish mumkin:
1) psixik jarayonlarning, bilimlarni opzlashtirishning yosh imkoniyatlarini tadqiq qilish.
2) SHaxs rivojlanishining muhim omillarini oprganish.
3) psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini hamda bosqichlarini tadqiq etish.
4) Har bir yoshning psixologik va individual xususiyatlarini oprganadi.
Yosh psixologiyasining asoslarini bilmay turib, tahlim-tarbiyaning
hech qanday nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal qilib boplmaydi.
Tahlim-tarbiya jarayonini topgpri, ilmiy asosda tashkil qilish uchun tahlim jarayonining opziga xos psixologik qonuniyatlarini, yahni bilimlarni opzlashtirish jarayonini, kopnikma va malakalarni, faol, mustaqil hamda ijobiy tafakkur jarayonlarini tarkib toptirishni yaxshi bilish lozim bopladi. psixolog L.S. Vigotskiy koprsatib optganidek, ular mahlum hodisalarga nisbatan opzlarining kundalik hayotdagi oddiy tushunishlari bopladi. Bu esa ilmiy tushunchalarning tarkib topishiga mahlum darajada tahsir qiladi. Bundan keyin, tushunchalarni tarkib toptirishda hissiy negizga qay darajada tayanish lozimligini, qaysi paytda koprgazmalilikdan va yakka hodisalardan qutilib, mavhumlik hamda umumiylikka optish maqsadga muvofiqligini bilish kerak. Koprgazmali tayanchdan barvaqt voz kechish ham ana shu bosqichda sunhiy ravishda topxtab qolish ham bir xil xatodir. SHuning bilan birga koprib va eshitib idrok qilish xususiyatlarini hamda ularning opzaro munosabat xarakterini bilish kerak. Optilgan materiallarni qanday yopl bilan psixologik jihatdan samarali qilib mustahkamlash mumkin? Opquvchiga savolni qanday berish mumkin: umumiy qilibmi yoki qonkret shakldami? Bir xil savollarni beraverish topgprimi? Yordamchi savollarning roli qanday? (psixologiyada shu narsa mahlumki, javob beriladigan savolning ifodalanishiga ham bogpliq bopladi).
pedagogik psixologiyani bilish tarbiya ishlarida ham zarurdir. SHaxs tarkib topishi jarayonining psixologik qonuniyatlarini, jumladan, axloqiy odatlar va ishonch-ehtiqod tarkib topishining qonuniyatlarini bilmay turib, topgpri tarbiya berish mumkin emas.
Mahlum yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay turib, ularga maqsadga muvofiq ravishda tahlim va tarbiya berib boplmaydi. Bolaning har bir yoshi opz qiyinchiliklariga ega bopladi va opziga nisbatan maxsus munosabatda boplishni talab qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarga nisbatan psixologik jihatdan topgpri keladigan va yaroqli boplgan narsa, koppincha opsmirlarga nisbatan yaroqsiz va xato boplishi mumkin. Biroq opqituvchi, tarbiyachi shunchaki mahlum yoshdagi opquvchi bilan emas, balki qonkret bir opquvchi bilan, individual shaxs bilan ishlaydi. Opquvchining bilishi mutlaqo zarur boplgan individual farqlar bitta yosh doirasida nihoyat darajada katta bopladi. Tahlim va tarbiya jarayonida individual munosabatda boplishning sharti opquvchining psixologik xususiyatlarini har tomonlama va chuqur bilishdan iboratdir. Bu narsa opquvchining ruhiy dunyosidan xabardor bopla bilishni, psixologik jihatdan topgpri kuzatish tashkil qila bilishni va tabiiy eksperiment uyushtirishni bilishni taqozo qiladi.
Mana shu yuqorida koprsatilgan qonuniyatlarni hammasini bilish opz- opzicha hali tahlim-tarbiya ishlarida muvaffaqiyatning garovi bopla olmaydi. Lekin juda kopp xatolarning oldini olish imkonini beradi, chunki bu qonuniyatlar opqituvchini kopr-koprona harakat qilish zaruratidan qutqaradi. Demak, pedagogik psixologiyaning mohiyatini bilish har bir pedagog uchun tahlim-tarbiya jarayonini samarali amalga oshirish uchun zarur.

Yüklə 171,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin