1-mavzu: 5-6 sinflarda matematika o‘qitishning maqsadi, vazifasi va mazmuni shu sinflarda matematika o‘qitishning metodik xususiyatlari Maktabda o‘quvchilarga matematikani o‘qitishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlar



Yüklə 56 Kb.
səhifə1/7
tarix14.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#177316
  1   2   3   4   5   6   7
1-seminar(3-kurs) (1)


1-mavzu: 5-6 sinflarda matematika o‘qitishning maqsadi, vazifasi va mazmuni. shu sinflarda matematika o‘qitishning metodik xususiyatlari


Maktabda o‘quvchilarga matematikani o‘qitishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlar:
- o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, matematik tushuncha va munosabatlarni ular tomonidan ongli o‘zlashtirilishiga hamda hayotga tatbiq eta olishiga erishish;
- o‘quvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni shakllantirib borish natijasida ularning aql-zakovat rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning qulay yo‘llarini topa olishlariga ko‘maklashish;
- insoniyat kamoloti, hayotning rivoji, texnika va texnologiyaning takomillashib borishi asosida fanlarning o‘qitilishiga bo‘lgan talablarni hisobga olgan holda maktab matematika kursini ularning zamonaviy rivoji bilan uyg‘unlashtirish;
-matematika rivojiga qomusiy olimlarimiz qo‘shgan ulkan hissalaridan o‘quvchilarni xabardor qilish va ularda vatanparvarlik, milliy g‘ururni tarkib toptirish hamda rivojlantirish;
- jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini his qilgan holda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida matematika to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirish;
- o‘quvchilarda ko‘nikmalarni shakllantirish, mustaqil fao­liyatlarini rivojlantirish orqali o‘quv jarayonini demokratiyalashtirish, gumanitarlashtirishga erishish.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematika ta’limining vazifalari:

  • son haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish va hisoblashning inson hayotidagi hisoblashning amaliy ko‘nikmalarini va hisoblash madaniyatini shakllantirish;

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematika fani mazmunining majburiy minimumi
Son va hisoblashlar

  • Natural sonlar va nol. Natural sonlar ustida arifmetik amallar. Arifmetik amallar bo‘ysunadigan qonunlar. Sonning bo‘luvchilari va karralilari. Bo‘linish belgilari. Tub va murakkab sonlar. Sonni tub ko‘paytuvchilarga ajratish. EKUB va EKUK. Qoldiqli bo‘lish.

  • Oddiy kasrlar. Kasrning asosiy xossasi. Kasrlarni qisqartirish. Kasrlarni taqqoslash. Kasrlarni umumiy maxrajga keltirish. Oddiy kasrlar ustida arifmetik amallar. O‘zaro teskari sonlar. O‘rta arifmetik qiymat.

  • Nisbat va proporsiyalar. Proporsiyaning asosiy xossasi. To‘g‘ri va teskari proporsional miqdorlar.

  • O‘nli kasrlar. O‘nli kasrlarni taqqoslash. O‘nli kasrlar ustida arifmetik amallar. Oddiy kasrni o‘nli kasrga aylantirish. Davriy kasrlar haqida tushuncha.

  • Prosentlar. Prosentga doir asosiy masalalar. Matnli masalalar. Matnli masalalarni arifmetik amallarni qo‘llagan holda echish.

  • Musbat va manfiy sonlar. Qarama-qarshi sonlar. Sonning moduli. Butun sonlar, ularni taqqoslash. Butun sonlar ustida arifmetik amallar, ularning qonunlari.

5 – sinf Matematika

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin