1-mavzu: bilish falsafasi (gnoseologiya). Reja


Agnostitsizm, skeptitsizm



Yüklə 274,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix29.12.2021
ölçüsü274,78 Kb.
#48747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-Mavzu ma'ruza matni

Agnostitsizm, skeptitsizm bilan birikib, nigilizmga olib keladi.  

 

Ilm va fan yutuqlariga asoslangan faylasuflar, jumladan, qadimgi yunon faylasuflari esa 



insonning dunyo  va o‘zini bilishni hamisha e’tirof etib kelganlar. O‘rta  asr  Markaziy  Osiyo 

mutafakkirlari:  Forobiy,  Beruniy,  Ibn  Sino,  Ulug‘bek,  A.  Navoiy  qarashlaricha,  inson  tabiat, 

jamiyat va o‘zini bilishga qodir, inson bilishi sezgi va idroklardan boshlanib, tafakkurga, ma’lum 

 

1



 skeptitsizm - yunoncha: skeptoma - o‘zbekcha: shubhalanaman degani 

2

 agnostitsizm - yunoncha: «a» va «gnosis» - o‘zbekcha: bilishni inkor kilaman. 



3

 Skirbekk G., Gile N. Falsafa tarixi. Oliy o‘quv yurt. uchun o‘quv qo‘ll. – T.: Sharq, 2002.  – B. 420. 




narsalardan  noma’lum  narsalar  tomon  rivojlanib  boradi.  Inson  aqli  –  faol,  u  inson  bilishining 

asosiy qurolidir

4



 



Islom    falsafasining  uslubiy  yondashuvlarida  ko‘rsatilishicha,  ilmga  berilgan  ta’rif 

quyidagicha:  ilm  kuzatuv,  tajribalar,  xulosalar  asosida  vujudga  kelgan  qonun-qoidalar  va 

faoliyatlardan  iborat  jarayondir.  Shuningdek,  “metafizika,  axloq  kabi  o‘z  tarkibiga  qonunchilik 

bilan  jamiyat  tartib-tizimlarini  qamrab  olgan  sohalar  ham  borki,  bularning  bari  agar  aql 

(mantiq)ga asoslansa,  biz uni falsafa deymiz”, degan qarash shakllangan. Islom ta’limotiga oid 

ko‘pgina manbalarda falsafiy va tabiiy-ilmiy bilimlar tadqiq etilishining nazariy-uslubiy asoslari 

ilmning islomdagi doirasiga tayanilib amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, “ilm” so‘zining ma’nosini 

faqat  zamonaviy  ta’rifdan  kelib  chiqib    tushunish    to‘g‘ri  emas.  Chunki,  yuqoridagi  ta’rif 

materiyaga taalluqli bo‘lib, bu ta’rifdan borliq: osmon va yer hamda bular  orasidagi olam bilan 

chegaralaniladi,  degan  xulosa  kelib  chiqadi.  Mazkur  ta’rifni  falsafiy  jihatdan  olib  qaraydigan 

bo‘lsak, borliqning ortida nima bor? Borliqdan avval nima bor edi-yu, undan keyin nima keladi?  

degan masalalar ochiq qolganligiga iqror bo‘lamiz. Shuning uchun islom  falsafasida birorta olim 

yoki faylasuf na ilohiylik, na payg‘ambarlarga vahiy yuborilishini va g‘aybga tegishli narsalarni  

inkor etmagan.  

Olim  T.Karimov  fikricha,  “dunyoviylik”  tushunchasi  qadimgi  sharq  merosida  bayon 

qilingan  bo‘lsada,  Platon  asarlaridan  so‘ng    falsafada  bilish  ta’limotining  asosiy  tushunchasi 

sifatida konkret mazmunga ega bo‘lgan. 

Platon  ta’limotiga  ko‘ra,  dunyoning  mohiyati  dastavval    moddiy  bo‘lmagan  fikr  va 

g‘oyalar  tarzida  mavjud  bo‘lib,  aql  yordamida  bilib  olinadi.  Tub  mohiyatni  anglash  alohida 

qobiliyat  egalariga  xosdir.  Biroq  dunyoning  mohiyatini  narsa  va  hodisalarning  sifat  va 

xususiyatlarini  o‘rganish  asnosida  ham  bilib  olish  mumkinligi  inkor  etilmaydi,  ya’ni  tevarak-

atrofimizdagi  buyumlar  bilan  inson  bevosita  sezgi  a’zolari  orqali  o‘zaro  muloqotda  bo‘ladi. 

Lekin bu bilish jarayoni mashaqqatli bo‘lib, kishilardan mehnat va vaqt talab qiladi. U his qilish 

a’zolari  orqali  narsa  va  hodisalarning  belgilarini  qiyosiy  tahlil  qilish,  umumlashtirish  shaklida 

sodir bo‘lib, ularning o‘zgaruvchan xususiyati sababli, nisbiy xarakter kasb etadi. Aqlga nisbatan 

ikkinchi  darajali  hisoblangan      hissiy  bilishda  dunyoning  mohiyati  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  aks 

ettirilmaydi.  

Aristotel ta’limoti  ustozi  Platondan farqli ravishda, dunyoning mohiyati ana shu dunyoni  

tashkil etib turgan narsa va hodisalarni o‘rganish orqali oydinlashadi, degan qoidaga qurilgandir.  

Demak,  bu  ta’limotlardan  ko‘rinadiki,  dunyoning  mohiyatini  anglatuvchi,  g‘oyibdan 

alohida  kishilarga  (masalan,  payg‘ambarlarga)  tayyor  holda  berilishi  mumkin  bo‘lgan  va 

e’tiqodga  asoslangan  ya’ni  din  nuqtai  nazaridan  bevosita  ishonish  talab  qilinadigan  yoki  aqliy 

muhokama  qilinmaydigan  bilimlar  diniy  bilimlardir.    Dunyoviy  ilmlar  esa  mazkur  dunyoni 

tashkil  etuvchi  narsa,  hodisalarning  xossa  va  sifatlarini  o‘rganish  orqali  orttirilgan  bilimlar 

sababli hosil bo‘ladi.  

Ushbu  masalada  islom    falsafasi  vakillarining  yondashuvlari  quyidagicha:  Abu  Nasr 

Forobiy  fikricha,  “Ilm  qilish  uchun,  avvalo  tabiatni  bilish  kerak,  chunki  u  bizning  sezgi 

organlarimizga yaqin, so‘ngra falsafani bilishga o‘tish kerak”

5

. Ya’ni sezgi tasavvur etishga bir 



vositadir.  Bilish  tasavvurdan  boshlanib,  tasdiqda  tamom  bo‘lishini  nazarda  tutsak,  mantiqiy 

xulosalar  doim  hayot  sinovlarida  o‘z  tasdig‘ini  topishi  lozimligi  ayon  bo‘ladi.  Forobiyning 

izdoshi  Abu  Ali  ibn  Sino  ta’limoti  bo‘yicha,  “...sezgi  narsani  to‘la  bilolmaydi,  faqat  tafakkur 

to‘la  bilishi  mumkin.  Ko‘z  ko‘rganda  narsaning  rangidan  tashqari  uzunligi,  bo‘yi,  eni,  shakli, 

shuningdek,  harakatdami  yoki  jim  turibdimi,  hidi,  qattiq-yumshoqligi,  bularni  ham  bilib  oladi. 

Sezish  tez  o‘zgaruvchanlikni  payqaydi”.    Ya’ni  aksidensiyalar  sezgi  doirasida,  substansiyalar 

tafakkur  doirasida  bilinadi.  Abu  Rayhon  Beruniyning  yozishicha,  bilish  ikki  xil  yo‘nalishda 

 

4



  Masalan,  Abu  Nasr  Forobiy  akliy  bilishni  har  tomonlama  asoslab,  inson  tafakkuri  bilish  qobiliyatining 

cheksizligini,  uning  borliqni  bilishdagi rolini,  akl haqiqat  mezoni  ekanligini,  u  ilm  -  fan,  ma’rifat  orqali  rivojlanib 

borishini ta’kidlaydi.  

5

 



Fayzullaev O. Falsafa va fanlar metodologiyasi / O‘zbekiston Respublikasi FA I. Mo‘minov nomidagi Falsafa va 

huquq instituti.  – T.: «Falsafa va huquq» nashriyoti, 2006. – B. 37.  




bo‘ladi: 1) sezgi orqali hozirgi narsalarni bilish; 2) xotira orqali tarixni bilish. Olim O.Fayzullaev 

tadqiqotidan ma’lum bo‘ladiki, Sharq mutafakkirlari yigirmadan oshiq ilmiy tadqiqot usullarini 

kashf etganlar.  

Demak,  IX–XI  asr  Sharq  mutafakkirlari  dunyoviy  ilmlarni  boshqa  ilmlardan  ajratib 

olishda,  mantiq  talablariga  mos  kelishlik  va  tajribada  sinab  ko‘rish  yo‘li  bilan  haqiqatni 

aniqlashga  alohida  e’tibor  berganlar.  Shuning  uchun  dunyoviy  ilmlarga  qo‘yilgan  talablar 

ilmning zamonaviy ta’rifida o‘z ifodasini topdi.  

 

Tadqiqotchi  S.Oqilovning  yozishicha,  Abul  Mu’in  Nasafiyning  “Tabsiratul  adilla” 



asarida  “Ilmning  ta’rifi”,  “Haqiqat  va  ilmlar  isboti  haqida  so‘z”,  “Ma’rifat  (bilish)  omillari 

haqida”  fasllar  bor.  Nasafiy  moturidiya  maktabi  vakili  sifatida  ash’ariylar  va  mu’taziliylarning 

ilm va bilish haqidagi ta’riflarini tahlil etgan. 

 

Ash’ariya  va  moturidiya  olimlari  ahli  sunnaning  ajralmas  vakillari  bo‘lsa-da,  ular 



o‘rtasida kichik farqlar borligi ma’lum bo‘ladi. 

 

Mu’taziliy Abu Ali al-Jubboiy shunday deydi: “Ilm – bir narsa qanday bo‘lsa zarurat va 



dalil bilan, shunday, deb e’tiqod qilish”.  

 

Ash’ariy Abu Bakr al-Boqilloniyga ko‘ra: “ilm bir narsani qanday bo‘lsa, shunday deb 



tanimoq”dir. 

 

Ba’zi ash’ariylar: “Ilm – bir narsani qanday bo‘lsa, shunday idrok qilmoq”.  



 

Nasafiy  fikricha,  ilm  e’tiqod  emas.  Chunki  Alloh  alimdir  (hamma  narsani  biluvchi), 

mo‘taqid (e’tiqod qiluvchi) emas. Shuningdek, Alloh “Orif”  sifati bilan tanilmagani bois, “ilm” 

va  “ma’rifat”  tushunchalari  bir-biridan  farq  qiladi.  U  ba’zi  ash’ariylarning  “Ilm  biluvchini 

“Olim”  deb  atalishiga  vojib  qiluvchi  narsadir  va  ilm  shunday  sifatki,  unga  ega  bo‘lgan  zot 

olimdir”,  degan  fikriga  qo‘shilsa-da,  Abu  Mansur    Moturidiyning  quyidagi  ta’rifini  eng  to‘g‘ri 

deb topadi: “...ilm shunday bir sifatki, ilm egasi bo‘lgan zot unga tajalli qiladi (o‘sha sifat orqali 

namoyon bo‘ladi)”.  

Professor O.Fayzullaev “Falsafa va fanlar metodologiyasi” kitobida bahs yuritgan ilmiy 

bilishning  tasavvuf  uslubiga  ko‘ra,  “til  bilimi”dan  “qalb  bilimi”  ajratiladi.  Qalb  bilimi,  avvalo, 

qalbning o‘zini bilishdan boshlanadi. Qalbni bilish asosida “voris bilimi” yotadi. “Voris bilimi” 

dunyo  haqidagi  tushunchalardir”.  Buni  aql  –  miyadagi  bilim,  ilohiy  ilm esa,  qalbdan  joy  oladi, 

deb izohlash mumkin.  

Tasavvuf falsafasi vakillari insonning hissiy bilishi – tashqi bilishni, aqliy bilish – ichki 

bilishni tashkil  qilishi,  ularning  o‘zaro  bog‘liqligini  uqtirganlar.  Inson  dunyoni  va o‘zini  bilishi 

uchun  o‘qib  o‘rganish,  bilim  va  hunarlarni  egallash  jamiyatda  boshqa  kishilar  bilan  o‘zaro 

muloqotda  va  munosabatda  bo‘lish  orqali  kamolotga  erishmog‘i  lozim:  “Odam  Xudoni  bilish 


Yüklə 274,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin