1-mavzu: bilish falsafasi (gnoseologiya). Reja



Yüklə 274,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix29.12.2021
ölçüsü274,78 Kb.
#48747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-Mavzu ma'ruza matni

uchun o‘z-o‘zini bilishi kerak ekan, o‘z-o‘zini bilish o‘zi haqida axborot yig‘ishigina emas, balki 

ayni  paytda  emotsional  o‘zgarib  borib  nopok  xususiyatlardan  tozalanish,  shu  yo‘sinda  ichki 

dunyosini  boyitib    oliy  bilishga  o‘tiladi.  O‘z-o‘zini,  shuningdek,  tabiatni  bilish  –  bu  odamning 

o‘ziga, qobiliyatiga, niyatiga,  xatti-harakatiga va sharoitiga  bog‘liq. Bu – Allohni bilishning, 

oliy bilish yo‘lining bir qismidir. Ya’ni substratidir. Shu substratga tabiat bilimlaridan tashqari 

arifmetik  bilimlar,  huquq  bilimlari,  har  xil  ilmiy  munozaralar  kiradi”

6

.  Bizningcha  ham, 

bilimdonlik  ichki  dunyoning  pokligi  bo‘lib,  insonning  ichki  holati  tashqi  xatti-harakatiga  mos 

bo‘lgani ma’qul. 

Yangi  davr  (XVI  –  XVIII  asrlar)  Yevropa    falsafasida  ilm  bilim  sohalari  orasidagi 

farqlanish va tizimlarni osonlashtirish maqsadida insonning malakalari hamda sezgisiga muvofiq 

ravishda  turlarga  bo‘lingan  edi.    Unga  ko‘ra,  “tashqi  belgilari  ko‘rinib  turadigan,  zehn  orqali 

idrok  qilinadigan  makon”  materiyadir.  Olimlar    idrok  qilinadigan  makonni    “ilm”  deb  atashdi. 

Mantiq  amal  qiluvchi  soha  ikki  qismga  bo‘lindi:  1.  Matematika  va  aniq  fanlar.  2.  Ilohiyot 

(Teologiya).  

Bu  masalada  ilohiyot  va  axloq  faqat  aqlga  asoslangan  bo‘lib,  bunday  g‘oyalar  tizimi 

falsafa ilmida o‘z aksini topdi.  

 

6



 

Fayzullaev O. Falsafa va fanlar metodologiyasi / O‘zbekiston Respublikasi FA I. Mo‘minov nomidagi Falsafa va 

huquq instituti.  – T.: «Falsafa va huquq» nashriyoti, 2006. – B. 27.  



 

Ingliz  faylasuflaridan  F.Bekon  shunday  deydi:  inson  bilishi  sezgilardan  boshlanadi, 



bilishning manbai tajribadir, sezgilar orkali olingan dalillarni inson tafakkur yordamida qayta 

ishlab chiqadi. Uningcha, inson bilish jarayoni fan va amaliyot bilan bog‘liq. Fransuz faylasufi 

Dekartga  ko‘ra,  birdan  bir  to‘g‘ri  bilish  tafakkurdir.  Inson  bilishning  haqiqatliligi tajriba  emas, 

balki aql bilan aniqlanadi. Demak, u bilishda sezgi a’zolari faoliyatiga ishonmaydi.  

 

Fransuz  ma’rifatparvarlari:  Didro,  Golbax,  Gelvesiy,  Volter  va  Lametrilar  esa  sezgilar 



tafakkurning  asosi,  ular  inson  bilishining  quyi  boshlang‘ich  bosqichi,  tafakkur  esa  eng  yuqori, 

murakkab bosqichi ekanligini ta’kidlashadi.  

 

Nemis  klassik  falsafasi  namoyondasi  Gegel:  inson  bilishi  mutlaq  ruhning  inson 



qiyofasida o‘z-o‘zini anglashidir, deydi.  

L.Feyerbax  fikricha,  inson  bilishi  tabiatning  uning 

sezgilar va tafakkuridagi to‘g‘ri in’ikosi. Sezgilar bilish jarayonining boshlang‘ich bosqichi, ular 

insonni  tashqi  dunyo  bilan  bog‘laydi,  insonni  tabiat  bilan  tanishtiradi,  lekin  tabiatni 

tushuntirmaydi.  Inson  bilishining  yuqori  bosqichi  tafakkurning  asosiy  vazifasi    ma’lumotlarni 

to‘plash, qiyoslash, tahlil qilish, izohlash, umumlashtirish asosida xulosalar chiqarishdir.  

 

XVII  asrlarda,  dastlab  Sharq  falsafasi,  so‘ng  Yevropada  aqliy  bilishdan  farq  qiluvchi 



bevosita paykash, bevosita bilish shakli – «bilishning uchinchi xili»  intuitiv

7

 bilish yuzaga keldi. 



 

Metafizik  materialistlarga  ko‘ra,  bilish  dunyodagi  predmet-hodisalarning  inson 

miyasidagi  oddiy  in’ikosi,  hissiy  va  aqliy    bosqichlarni  bir-biridan  alohida  bilish  shakllari 

sifatida qaraydilar.  

 

Bilishning  dialektik-materialistik  nazariyasiga  ko‘ra,  insonning  dunyoni  va  o‘zini  bilish 



imkoniyati  va  darajasi,  ijtimoiy  sharoitga,  ishlab  chiqaruvchi  kuchlar  va  ularning  ehtiyojlariga, 

ishlab chiqarish munosabatlarining xarakteriga bog‘liqdir.  Bilishning falsafiy nazariyasiga ko‘ra, 

inson  bilishi  moddiy  va  ma’naviy  borliqning  uning  miyasidagi  muayyan  maqsadga  qaratilgan 

faol in’ikosidir.  

Shu  o‘rinda  aytish  joizki,  dinning  ibtidosi  biror  bir  manba  yoki  aqlning  manbai  kabi 

emas.  Aql  din  olib  kelgan  dalillarning  barchasini  tasdiqlaganida  edi,  dinning  asosiy  prinsiplari 

bilan aql bir-biriga zid kelmasdi. Shu ma’noda islom  falsafasi nuqtai-nazaridan ilmga umumiy 

ta’rif  berish  orqali  yuqoridagi  ixtiloflarga  barham  berishimiz  mushkul.  Masalan,  Azhar 

universiteti  shayxi  Abdulhalim  Mahmud:  “inson  uchun  foydali  har  bir  narsa  ma’rifatdandir” 

deydi. Ammo “foydalilik” nisbiy tushuncha ekanini yodga olsak, bu fikrni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi.  

“Ilm”  tushunchasini  sahro  sharoitida  badaviyning  hayot-mamotini  hal  qiluvchi  “yo‘l 

belgisi” ma’nosida etimologik tahlil qilgan ingliz tadqiqotchisi F. Rouzental

8

 va “e’tiqod va ilm” 



tushunchalarini 

lingvistik, 

madaniyatshunoslik 

jihatdan 

tadqiq 

etgan 


Ye.A.Frolova

9

 



ma’lumotlariga  ko‘ra,  islom    falsafasida  “ilm”  ga  doir  qator  ta’riflar  majmui  mavjud.  Mazkur 

tadqiqotlarga  tayanib,  ilmga  muayyan  bir  so‘z  bilan  ta’rif  berib  bo‘lmaydi,  deb  xulosa  qilish 

mumkin.  Boshqacha  aytganda,  yagona  ta’rifda  diniy  va  dunyoviy  ilmlar  mazmunini  ifodalash 

mushkul.  

 

Yuqoridagi ta’riflarni umumlashtirib, quyidagicha talqin qilish mumkin: Insonning bilish 



jarayoni va usullari sezgi, aql hamda qalbga bog‘liq. Bilim esa bilishning natijasidir. Modomiki, 

jarayon  turlicha  ekan,  uning  hosilasi  ham  turlichadir.  Bilim  –  muayyan  bir  narsaning  holi, 

xususiyati,  siri  haqidagi  qaysidir  darajada  miya  ilg‘ab  olgan  ma’lumot  bo‘lib,  ma’lum  bir  vaqt 

davomida  yaratilgan  in’ikosdir.  Uning  nazariylashgan  shaklini  ilm  deyish  mumkin.  Nazariya 

inson  fikrida  mujassamlashgan  amaliyot  bo‘lib,  uning  voqelikni  real  aks  ettirishi  kuzatish, 

tajriba, eksperiment, o‘zgartirish, yaratish (ya’ni amaliyotning shakllari) yordamida aniqlanadi. 

 

Inson bilishning SUB’EKTI. OB’EKTI esa borliq. Bilishning predmeti bilish ob’ektining 



sub’ekt  bilishiga  qaratilgan,  uning  bilish  faoliyati  doirasiga  kiradigan  tomon,  xususiyat  va 

munosabatlaridir.  

 

7

  Intuitsiya  (lot.:intueri-  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  o‘zb.:bevosita  bilish,  bevosita  payqash,  degani  )  -  mantiqiy 



muhokama qilmasdan, to‘satdan g‘ayri aqliy bilishni ifodalovchi tushuncha. 

8

 



Қаранг: Роузентал Ф. Торжество знания: концепция знания в  средневековом исламе. – М.: Наука, 1978. -

372 с. 


9

 Қаранг: Фролова Е. А. Проблема веры и знания в арабской  философии. – М.: Наука, 1983. -169 с. 




 

Bilishning sub’ekti, ob’ekti va predmeti bilish jarayonida doim o‘zgarib, eskilari o‘rnini 

yangilari  olib    boradi.  Insonning  bilish  jarayonida  sub’ekt  bilishi  zarur  bo‘lgan  ob’ektni  bilib 

olgach, bu ob’ekt sub’ektning bilish darajasidan chiqariladi,  u endi bilishning ob’ekti bo‘lmay 

qoladi. 

 

Insonning  yaxlit  tizimli  bilishi  «sub’ekt-predmet-ob’ekt»  munosabatlari  asosida  yuzaga 



keluvchi ijtimoiy tarixiy jarayondir.  

 

Bilishda  sub’ektning  faolligi  uning  muayyan  maqsadga  qaratilgan  amaliy-ijtimoiy 



faoliyatida namoyon bo‘ladi.  

 

Inson o‘z hayotining ilk davridan boshlab o‘ziga tirikchilik vositalari: oziq-ovqat, turar-



joy topish uchun mehnat qilishga majbur bo‘lgan. U mehnati jarayonida tabiat kuchlariga duch 

kelib, ularni asta-sekin o‘rganib, bilib borgan. Ishlab chiqarishni tashkil qilib, mehnat qurollarini 

yaratish, ular vositasida tabiatga ta’sir qilish, yer maydonlarini o‘lchash, turar-joylar qurish, o‘zi 

ishlab chiqargan mahsulotlarni hisoblash kabi ishlarni amalga oshira boradi. Natijada insonning 

bilish qobiliyati rivojlanib bordi.  

 

Demak,  ijtimoiy  amaliyot  inson  bilishning  asosi,  manbai,  harakatlantiruvchi  kuchi  va 



maqsadi hamdir. Inson bilishning darajasi doim jamiyat ishlab chiqarishi amaliyotining darajasi 

va  imkoniyatlari  bilan  belgilanadi.  Jamiyat  ehtiyojlarga  javob  berish  natijasida  yangi-yangi 

bilimlar paydo bo‘ladi, ularni ma’lum guruhlarga ajratib, sistemalashtirib borish tufayli har turli 

fanlar vujudga keladi.  

 


Yüklə 274,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin