1-mavzu: bilish falsafasi (gnoseologiya). Reja



Yüklə 274,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix29.12.2021
ölçüsü274,78 Kb.
#48747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-Mavzu ma'ruza matni

Mantiqiy  bilish  insonning  predmet-hodisalarni  tafakkur  orqali  umumlashtirib, 

mavhumlashtirib va konkretlashtirib, fikrda bilishidir. 

 

Intuitiv    bilish  hech  bir  bevosita  hissiy  idroksiz  va  mantiqiy  muhokamasiz  biror  yangi 

tasavvur yoki fikrning birdaniga, kutilmaganda tug‘ilishidir.  

 

Intuitiv  bilish  odatda,  kishi  biror  narsa  yoki  hodisa  haqida  muayyan  tasavvur  va 



bilimlarga  ega,  uning  fikri  ma’lum  muammo  yoki  masalani  yechishga  yo‘naltirilgan  asnosida 

ro‘y beradi. Fanda uzoq davr intuitiv bilishning mexanizmi ma’lum bo‘lmay kelgani  sababli u 

haqida  har  xil  qarash,  yondashuvlar  paydo  bo‘ldi.  Ba’zilar  fikricha,  intuitiv  bilish  ilohiy,  faqat 

buyuk kishilarga xos.  

Boshqalar  esa,  intuitiv  bilish  faqat  ijodiy  jarayon,  ya’ni  ilmiy  kashfiyot,  ixtirolar  va 

badiiy  ijod  jarayoniga  xos,  deydilar.  Ular  nazdida,  intuitiv  bilish  ijodiy  jarayonda  eski  fikrdan 

yangi fikrga o‘tish, ya’ni sakrashdan iborat. Ayrim tadqiqotchilar fikricha, intuitiv bilish – badiiy 

ijod bilan bog‘liq, yangi g‘oyaning tug‘ilishi. Haqiqatan ham, tadqiqotchi yoki ijodkor fikri-zikri 

biror  narsa  bilan  qattiq  band  bo‘lgan  paytda,  uning  miyasiga  hech  kutilmaganda  yangi  bir  fikr 

yoki g‘oya to‘satdan kelib qolishi mumkin.  

Tadqiqotlarga ko‘ra, intuitiv bilishning paydo bo‘lishi inson miyasining ongsiz yoki ong 

osti faoliyati, hissiy va mantiqiy bilishlar bilan bog‘liqligi sababli uning bevosita sezish, bevosita 




his  qilish,  bevosita  idrok  qilish  kabi  shakllari  mavjud.  Ammo  intuitiv  bilish  kishining  oldingi 

tajriba, ko‘nikma, malaka va erishgan bilimlariga asoslangan holda yuzaga keladi. 

Intuitiv  bilish,  aslida  insonning  oddiy  kundalik  amaliy  bilish  faoliyatiga  ham  xos. 

Topishmoqlarga berilgan javoblar, shaxmat o‘yini, krossvord yechish misol bo‘ladi.  




Yüklə 274,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin