1-mavzu: bilish falsafasi (gnoseologiya). Reja


Inson  bilishining  tabiati  va  mohiyati



Yüklə 274,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix29.12.2021
ölçüsü274,78 Kb.
#48747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-Mavzu ma'ruza matni

 

 

Inson  bilishining  tabiati  va  mohiyati.Insonning    dunyoga  munosabatlaridan  biri bilishdir. 

Inson  hayoti  davomida  faqat  tabiat  va  jamiyatnigina  bilib  qolmasdan,  balki  o‘zini,  o‘zining 

ruhiy-ma’naviy dunyosini ham bilib boradi. 

 

Bilishni  falsafa  va  boshqa  hamma  aniq  fanlar  o‘rganadi.  Aniq  fanlar  dunyoning  turli 



konkret tomon, qonuniyat va xususiyatlarini ochib beradi.  

 

Falsafa esa inson bilishining 



tabiati va mohiyatini 

tushuntiradi. Falsafada inson bilishining 

tabiati va mohiyati haqida har xil ta’limot, qarash va nazariyalar kelib chiqdi. 

 

Bir  guruh  faylasuflar  fikricha,  inson,  uning  ongidan  tashqari  dunyo  mavjud  emas,



 

Boshqa  bir  guruh  faylasuflar  esa  inson  dunyoni  to‘liq  bila  olmaydi,  deb,  inson  bilishini 

cheklaydi.  Skeptitsizm

1

  ta’limoti  vakillari  inson  bilishining  nisbiyligi,  uning  turli  sharoit  va 



vaziyatlar  bilan  bog‘liqligini  aytib,  isbot  talab  qilmaydigan  inson  bilimlarining  bo‘lishi 

mumkinligiga  shubhalanadilar.  Agnostitsizm

2

  vakillari    inson  dunyoni  bilishga  qodir  emas, 



degan  g‘oyani  ilgari  suradi.  Masalan,  ingliz  agnostik  faylasufi  D.Yum  ta’limotiga  ko‘ra,  bilish 

ob’ekti  ob’ektiv  borliq emas,  balki  sub’ektiv  sezgi  va idroklardir,  ular  chegarasidan  tashqarida 

nima borligini bilib bo‘lmaydi.  

G‘arb  falsafasi,  xususan,  nemis  mumtoz  falsafasi  vakili  I.Kant  bu  masalalarni  o‘zining 

transsendental bilimlar sohasidagi qarashlarida ifodalashga harakat qilib, ularni aprior masalalar, 

deb  ta’rif  va  tasnif  qilgan

3

.  U  inson  va  uning  ongidan  tashqarida  ob’ektiv  borliqning 



mavjudligini  e’tirof  qilib,  predmet-hodisalarni  «narsalar  biz  uchun»  va  «narsalar  o‘zida»  ga 

bo‘ladi.  Uningcha,  «narsalar  biz  uchun»(predmet  va  hodisalar,  tabiat)ni  inson  bila  oladi, 

«narsalar  o‘zida»(erkinlik,  o‘lmaslik,  g‘ayritabiiy  kuchlar,  Xudo)ni esa  hech  qachon  to‘liq  bila 

olmaydi. I.Kant bilish nazariyasida e’tiqodni mustahkamlash uchun aqlni tanqid qiladi. U inson 

aqlini nazariy va amaliyga bo‘ladi: amaliy aql cheklangan, inson tajriba va amaliyot yordamida 

har  qanday  bilimga  ega  bo‘lavermaydi.  Inson  bilishida  tajribasiga  bog‘liq  bo‘lmagan  aprior 

(lotincha aprior tajribadan oldin, azaldan) tug‘ma bilimlar bo‘ladi.  

 

I.Kantning  fikricha,  falsafiy  bilimlar  aprior  bilimlardan  iborat.  Ilmiy  bilimning 



ishonchliligi  va  haqiqatliligi  uning  eng  umumiyliligi  va  zaruriyligi  bilan  belgilanadi.  Xullas, 

Kant bilish nazariyasini ilk marta falsafiy muammo sifatida atroflicha tahlil qilgan faylasufdir.  

 


Yüklə 274,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin