1-mavzu: bilish falsafasi (gnoseologiya). Reja


falsafiy,  badiiy-estetik



Yüklə 274,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix29.12.2021
ölçüsü274,78 Kb.
#48747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-Mavzu ma'ruza matni

falsafiy,  badiiy-estetik  bilish  kabi  turlarga  ajratish  mumkin.  Bilishning  bu  turlari  inson  bilish 

sohalarining turli tomonlarini tashkil qiladi. Falsafada muhim bir bo‘lim ajratilgan falsafiy bilish  

bilishning umumiy tabiati va mohiyati, sub’ektiv va ob’ektiv munosabati, bilishdan amaliyotning 

roli,  bilish  jarayonining  dialektik  xarakteri,  bilishda  haqiqat  muammosi  kabi  masalalar  bilan 

shug‘ullanadi.  

 

Inson  bilishi  dialektik  xarakterga  ega:  u  bilmaslikdan  bilishga,  aniq  bo‘lmagan,  qisman 



bilishdan  aniqroq,  to‘liqroq,  oddiydan  murakkab  ilmiy,  hissiydan  aqliy  bilishga,  jonli 

mushohadalardan abstrakt tafakkurga  tomon va aksincha boradigan jarayondir. Hissiy va aqliy 

bilish  yaxlit  inson  bilishining  bir-birlari  bilan  chambarchas  bog‘liq  ikki:  «quyi»  va  «yuqori» 

bosqichlaridir.  

 

Hissiy bilish – inson bilishining dastlabki bosqichi. Miyada predmet-hodisalarning tashqi 

tomon,  belgilari  aks  etib,  signal  va  hissiy  obrazlari  hosil  bo‘ladi.  U  his  qilish,  sezgi,  idrok  va 

tasavvur kabi shakllarda sodir bo‘ladi.  

 

His  qilish  –  kishi    o‘zi,  atrofdagi  narsa,  hodisa,  kishi  yoki  kishilarga  munosabatida 

o‘zining muayyan holatga kirishi.   

 

Sezgi  esa  inson  sezgi  a’zolariga  predmet-hodisalarning  bevosita  yoki  bilvosita  ta’siri 

natijasida yuzaga keladigan hissiy obrazlardir. Sezgi a’zolari: ko‘rish, ta’m, hid, teri va eshitish 

sezgisi.  

 

Idrok borliqdagi predmet-hodisalarni yaxlit holda, ularning hamma asosiy tashqi belgi va 

xususiyatlarini umumlashtirgan holda in’ikos ettiruvchi hissiy obrazidir.  

 

Tasavvur – ilgari idrok etilgan, ammo ayni vaqtda bevosita idrok etilmayotgan predmet-

hodisalarning  inson  miyasidagi  qayta  ishlanib,  tiklangan  hissiy  obrazdir.  Masalan, 



O‘zbekistonning  mavjud  imkoniyat,  shart-sharoitlaridan  uning  kelajakda  rivojlangan 

mamlakatlar safidan o‘rin olib, buyuk davlat bo‘lishini tasavvur qilish mumkin.  

 

Aqliy bilish  esa inson bilishning yuqori bosqichi, unda hissiy bilish orqali olingan fakt 

va  ma’lumotlar  tafakkurda  qayta  ishlash  natijasida,  borliqdagi  predmet-hodisalarning  fikriy 

belgi,  simvol  va  obrazlari  yaratiladi.  O‘zgacha  aytganda,  predmet-hodisalarning  mohiyati 

bilinadi. Aqliy bilishning tafakkur hosil qilgan shakllari: hukm, tushuncha, xulosa chiqarish.  

 

Hukm  –  borliqdagi  muayyan  predmet-hodisalar,  ular  o‘rtasidagi  bog‘lanish  va 

aloqadorliklar haqidagi tasdiq yoki inkor fikr. Inson o‘z tafakkurida bir yoki bir necha hukmlarni 

mantiqiy  o‘zaro  bog‘lab,  turli  usullar  asosida  eng  muhim  xususiyatlarini  ajratib  olib,  biror 

tushuncha hosil qiladi. 

 

Tushuncha  predmet-hodisalar  muhim,  zaruriy  belgi  va  xususiyatlarining    umumiy, 

abstrakt  va  konkret  fikriy  obrazidir.  Masalan,  «inson»  tushunchasi  hamma  kishilik  jamiyatiga 

xos,  mehnat  qiluvchi,  mehnat  qurollari  va  mehnat  vositalarini  yaratuvchi  hamda  moddiy  va 

ma’naviy  ne’matlarni  ishlab  chiquvchi:  ong,  tafakkur,  til  va  nutq  kabi  muhim,  zarur  belgi  va 

xususiyatlarga ega bioijtimoiy mavjudotning fikriy shaklidir.  

 


Yüklə 274,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin