1-mavzu: bilish falsafasi (gnoseologiya). Reja



Yüklə 274,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix29.12.2021
ölçüsü274,78 Kb.
#48747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-Mavzu ma'ruza matni

Mutlaq  haqiqat  –  borliqdagi  predmet-hodisalar  haqidagi  har  tomonlama  to‘liq,  aniq, 

mukammal,  kelgusida  tuzatilmaydigan,  to‘ldirilmaydigan  bilimlar.  U  cheksiz  nisbiy  haqiqatlar 

jami sifatida qaror topadi. Inson bilishi hech qachon mutlaq haqiqatga to‘liq ega bo‘lmaydi, balki 

unga cheksiz yaqinlashib boradi. 

 

Ilm-fan taraqqiyotida har bir yangi bosqich nisbiy haqiqatlar sifatida mutlaq haqiqatning 



mazmuniga yangi-yangi zarralar qo‘shib boradi.  

 

Haqiqat mavhum emas, balki u makon va zamon bilan bog‘liq aniq bilimlardir.  



 

Bilish  nazariyasining  nisbiy  va  mutlaq  haqiqatlar  dialektikasini  to‘g‘ri  hisobga  olmaslik 

dogmatizm va relyativizmga olib keladi.  

 

Dogmatizm  bilishda  bilimlarning  mutlaq  tomonlarini  bo‘rttirib,  ularning  nisbiy 

tomonlarini inkor etish, u yoki bu qoidani aniq sharoit, joy va vaqt bilan bog‘lanmagan holda har 

qanday sharoitda qo‘llash natijasi. 

 

Relyativizm  bilimlarning  nisbiy  tomonlarini  mutlaqlashtirib,  mutlaq  haqiqatni  butunlay 

inkor  qilish  tufayli  kelib  chiqadi.  U  agnostitsizm,  skeptitsizm  yoki  sub’ektivizmga  olib  boradi. 

Inson  bilishi  nisbiy  haqiqatdan  mutlaq  haqiqatga  tomon  rivojlanib  boradi.  U  nisbiy  va  mutlaq 

haqiqatlar birligidan iborat. 

 

Inson  qadimdan  o‘z  bilimlarining  haqiqatligi,  xatodan  farqini  ajratuvchi  mezonni 



topishga harakat qilib kelgan. Formal mantiq mezoniga ko‘ra, bilim haqiqat bo‘lishi uchun uni 

ifodalovchi  fikr  ikkinchi  fikrga  muvofiq  yoki  u  boshqa  bilimdan  zaruran  kelib  chiqishi  lozim. 

Ob’ektiv  idealistlar  haqiqatning  mezoni,  deb  mutlaq    g‘oyaning  o‘z-o‘ziga  mos  kelishini 

tushunadilar.  Sub’ektiv  idealistlar  esa,  sub’ektning  o‘zi  yoki  uning  tafakkuri,,  deyishadi. 

Materialistlar,  amaliy  faoliyatni  oladilar.  Ular  nazariyasida  amaliyot  inson  bilimlarining  to‘g‘ri 

yoki xatoligini aniqlovchi mezondir.  

XX asr nepozitivizm oqimi vakillari kogerensiya prinsipi bo‘yicha: haqiqatning mezoni –  

bilimning  o‘z-o‘ziga  mos  kelishini  tushunadilar.  Nepozitivizmning  boshqa  guruhi  vakillari 

verifikatsiya  prinsipini  ilgari  suradilar:  bilimlarni  hissiy  tajriba,  kuzatish,  eksperiment  yo‘llari 

bilan  tekshirish  mumkin.  Biroq  fanlarda  ba’zi    g‘oyalar  va  qarashlarning  haqiqatligini  hissiy 

tajribalar asosida tekshirib bo‘lmaydi.  

Pragmatizm  oqimi  vakillari  fikricha,  har  qanday  ish  va  bilimning  haqiqatlik  mezoni 

uning insonga keltiradigan foydasi bo‘lishi kerak.  

Ekzistensializm  falsafasi  vakillari  qarashlariga  ko‘ra,  haqiqatlik  mezoni  –  har  bir 

kishining o‘z ehtiyoji, maqsad va manfaatlaridir. Hech qachon ikki kishining ehtiyoji, intilishlari 

bir-biriga    to‘la  mos  kelmaydi.  Shuning  uchun  haqiqatning  barchaga  baravar  mezoni  bo‘lishi 

mumkin emas.  

 

Inson  bilimlarining  haqiqat  yoki  xatoligi  amaliy  faoliyatda  ma’lum  bo‘ladi.  Amaliyot 



bilimning  haqiqatligini  tasdiqlaydi  yoki  uning  cheklangan,  bir  tomonlama,  xato,  hatto,  g‘ayri 

ilmiyligini  aniqlab  beradi.  Ammo  amaliyot  ham  inson  bilimlarining  haqiqatlik  mezoni  sifatida 

mutlaq  emas.  Buning  boisi:  inson  bilimlarining  haqiqat  yoki  xatoligi  amaliyotda  tasdiqlanishi 

aslo  to‘liq  bo‘lmaydi.  Barcha  davrlarda  hali  haqiqat  yoki  xatoligi  to‘la  aniqlanmagan  ko‘p 

muammo va gipotezalar mavjud, ular kelgusi avlodlar tomonidan tuzatilib, to‘ldirilib, hal qilinib 

boriladi.  

 


Yüklə 274,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin