1-mavzu: bog‘LANISH VA bog‘lanish reaksiyalari. Kuch momenti. Reja: Bog‘lanish va bog‘lanish reaksiyalari


Kuchning nuqtaga nisbatan momenti



Yüklə 414,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix19.06.2023
ölçüsü414,22 Kb.
#132356
1   2   3   4   5   6   7   8
3. Kuchning nuqtaga nisbatan momenti. 
Jismning qo‘zg‘almas nuqta yoki o‘q atrofida aylanishi unga qo‘yilgan 
kuchning momentiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda jismga qo‘yilgan kuchning momenti 
hisoblanadigan nuqta moment markazi, kuchning bu nuqtaga nisbatan momenti – 
moment markaziga nisbatan kuch momenti deyiladi. 
Faraz qilaylik, shakl tekisligiga perpendikulyar o‘q atrofida aylana oladigan 
jismning A nuqtasiga 
𝐹⃗ kuch qo‘yilgan bo‘lsin. O‘qning shakl tekisligi bilan 
kesishgan nuqtasini O bilan belgilaymiz.
Jismning nuqtasiga qo‘yilgan 
𝐹⃗ kuchning O nuqtaga nisbatan momenti deb, 
mos ishora bilan olingan kuch moduli F ni kuch yelkasi d ga ko‘paytmasiga teng 
kattalikka aytiladi (1.9a-rasm). Bunda O nuqtadan 
𝐹⃗ kuchning ta’sir chizig‘iga 
tushirilgan perpendikulyarning uzunligi 
𝐹⃗ kuchning O nuqtaga nisbatan yelkasi 
deyiladi. 
Kuch momentining algebraik qiymati 
𝑀
0
(𝐹⃗) bilan belgilanadi va u quyidagi 
formula yordamida aniqlanadi:
M
o
(F
⃗⃗) = ±F · d .  
(1.1) 


Agar 
𝐹⃗ kuch jismni O nuqta atrofida soat strelkasi yo‘nalishida aylantirsa, kuch 
momenti musbat, aks holda, manfiy hisoblanadi (1.9a, 1.9b-rasmlar):
1.9a -rasm 
1.9b-rasm 
Kuchning nuqtaga nisbatan momenti quyidagi xossalarga ega: 
1. Kuchning miqdori va yo‘nalishini o‘zgartirmay, ta’sir chizig‘i bo‘ylab 
ixtiyoriy nuqtaga ko‘chirishdan, kuch yelkasi o‘zgarmay qolishi tufayli, kuch 
momenti o‘zgarmaydi. 
2. Kuchning ta’sir chizig‘i moment markazidan o‘tsa, uning shu nuqtaga 
nisbatan momenti, kuch yelkasi nolga teng bo‘lganligi uchun, nolga teng bo‘ladi. 
3. 1.10-rasmga ko‘ra, kuchning nuqtaga nisbatan momentining absolyut 
qiymati kuchning boshi va uchini moment markazi bilan tutashtirishdan hosil 
bo‘lgan OAB uchburchak yuzasining ikkilanganiga teng bo‘ladi. 
|M
o
(F
⃗⃗)| = 2S
∆OAB
= |𝐹 ∙ 𝑑| (1.2) 
1.10-rasm 
1.11-rasm 

Yüklə 414,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin