1-mavzu: bog‘LANISH VA bog‘lanish reaksiyalari. Kuch momenti. Reja: Bog‘lanish va bog‘lanish reaksiyalari



Yüklə 414,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix19.06.2023
ölçüsü414,22 Kb.
#132356
1   2   3   4   5   6   7   8
 
 
4. Juft kuch. Juft kuch momenti.
Juft kuch deb miqdor jihatdan teng, bir to‘g‘ri chiziqda yotmaydigan, parallel 
va qarama – qarshi yo‘nalgan ikki kuchdan iborat sistemaga aytiladi. Juft kuch 
(𝐹⃗
1
, 𝐹⃗
2
) bilan belgilanadi (1.11-rasm). 


Juft kuchni tashkil etgan kuchlar orasidagi eng qisqa masofa juft kuch yelkasi 
deyiladi va u d bilan belgilanadi. Juft kuch yotgan tekislik juft kuch tekisligi deyiladi. 
Juft kuchni tashkil etuvchi kuchlar teng ta’sir etuvchiga ega emas. Juft kuchni 
bitta kuch bilan almashtirib bo‘lmaydi. Shu sababli, faqat juft kuch ta’sirida bo‘lgan 
jism ilgarilanma harakat qila olmaydi! Juft kuch statikaning mustaqil elementi 
hisoblanadi! 
Juft kuch momenti. Juft kuch ta’sirida jism juft tekisligida aylanma harakatda 
bo‘lishi mumkin. Juft kuchning aylantirish effekti: 
1. 
Juft kuchni tashkil etuvchi kuchlarning moduli 
|𝐹⃗
1
|, |𝐹⃗
2
| va juft 
yelkasining uzunligi ga; 
2. 
Juft kuch tekisligining egallagan holatiga; 
3. 
Juft kuch ta’siridagi jismning aylanish yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. 
Juft kuchning aylantirish effektini aniqlash va baholash uchun juft kuch momenti 
tushunchasi kiritiladi. Juft kuchning momenti deb, mos ishora bilan olingan juft 
kuchni tashkil qilgan kuchlardan birining miqdorini juft kuch yelkasining uzunligiga 
ko‘paytmasiga teng bo‘lgan kattalikka aytiladi. Juft kuch momenti M bilan 
belgilanadi: 
. 

 
 
(1.3) 
Juft kuch jismni soat milining aylanishiga teskari yo’nalishda aylantirishga 
intilsa, uning momenti musbat, aks holda – manfiy hisoblanadi (1.12-rasm). Shartli 
ravishda juft kuchlar yoysimon strelkalar orqali tasvirlanadi. Bunda juft kuch 
momentining kattaligi M orqali, uning ishorasi esa strelka yo‘nalishi orqali 
ifodalanadi. 
1.12-rasm 



Yüklə 414,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin