ta’lim sohasidagi
davlat boshqaruvi organlarini,
shuningdek ularning
tasarrufidagi tashkilotlarni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
7-modda. O‘zbekiston “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni.
O‘zbekiston Respublikasida Ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:
1. Maktabgacha ta’lim
va tarbiya;
2. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
3. Professional ta’lim;
4. Oliy ta’lim;
5. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
6. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
7. Maktabdan tashqari ta’lim.
8-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish
va tarbiyalashga,
ularni
intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy
jihatdan rivojlantirishga,
shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni
boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek
“Maktabgacha
ta’lim
va
tarbiya
to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston
Respublikasi
Qonuni
bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: